Tirik organizmlar yerning ustki qatlamida, asosan 3-5 metrda joylashadi, ayrim o‘simliklaming ildizlari 35-40 metr chuqurlikkacha kirib boradi. V.I.Vernadskiy ta’limotining muhimligi shundaki, u biosferaning paydo bo‘lishi va rivojlanishini asoslab bera oldi. Hozirgi biosfera birdan paydo bo‘lmagan, balki u biogeokimyoviy va biologik omillarning uzoq evolyutsiya ta’siridagi o‘zaro bog‘liqligi natijasida paydo bo‘lgan. Tirik organizmlar faqatgina biosfera paydo bo'lishi orqali hosil bo’ldi va o‘zgardi.Fotosintezlanuvchi avtotroflarning bakteriyalar va ko‘k yashil suv o‘tlari (prokariotlar), keyin haqiqiy suv o'tlari va ko‘p hujayrali o‘simliklar (eukariotlar) biz yashab turgan biosferaning shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu organizmlarning biosferadagi hayot faoliyati erkin kislorodning hosil bo‘lishi va to‘planishiga olib keldi, kislorod mavjudligi evolyutsiyaning asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi. V.I.Vernadskiy ta’limotining muhimligi shundaki, u biosferaning paydo bo‘lishi va rivojlanishini asoslab bera oldi. Hozirgi biosfera birdan paydo bo‘lmagan, balki u biogeokimyoviy va biologik omillarning uzoq evolyutsiya ta’siridagi o‘zaro bog‘liqligi natijasida paydo bo‘lgan. Tirik organizmlar faqatgina biosfera paydo bo'lishi orqali hosil bo’ldi va o‘zgardi.Fotosintezlanuvchi avtotroflarning bakteriyalar va ko‘k yashil suv o‘tlari (prokariotlar), keyin haqiqiy suv o'tlari va ko‘p hujayrali o‘simliklar (eukariotlar) biz yashab turgan biosferaning shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu organizmlarning biosferadagi hayot faoliyati erkin kislorodning hosil bo‘lishi va to‘planishiga olib keldi, kislorod mavjudligi evolyutsiyaning asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi. Noosfera V.I.Vernadskiy noosfera ta’limotida tabiiy va jamiyatshunoslik fanlari sintezini tushunib, asoslab berishga harakat qildi va insonning tashqi muhitga ta’sirini o‘rganishda uning ahamiyatini ko‘rsatib o‘tdi.Olimning fikricha, noosfera - biosferaning yuqori darajasi, ammo sifat jihatidan boshqa bo’lib, bunda tabiat ham, inson ham mutlaq yangilangan holda bo’ladi. Noosfera strukturasini quyidagilarga bo’lish mumkin: • insoniyat; • jamiyat tizimlari; • fan bilimlarining birlashuvi; • texnika va texnologiyaning biosferada bir bo’lishi. Vernadskiyning noosfera ta’limotining mohiyati shuki, insoniyat planetaning evolyutsiyasi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgardir. Agarda odam o‘zi yashagan muhitni avaylab yashasa, hayot yana davom etadi, aks holda, o‘zining yashashi uchun noqulay holga keltirsa, insoniyat halok bo’ladi. Ana shulardan kelib chiqib, insonlar o‘z talablarini biosferaning imkoniyati bilan o’lchab borishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |