Biosferaning tuzilishi
Reja:
1. Biosfera haqida tushuncha.
2. Tirik organizmlar biosferaning asosiy qismi.
3. Tirik organizmlarning xilma-xilligi va ularning Er sharida tarqalishi, quruqlik va okean biomassalari.
4. Biosferada moddalarning davriyaylanishi va energiyaning o‘zgarishi.
5. Biosfera evolyusiyasi.
Mashg‘ulotning maqsadi: Biosfera haqida tushuncha. Biosfera haqida zamon ilmiy qarashlarining shakillanishida V.I. Vyernadiskiyning ro’li biosfera qatlamlari. Tirik va biokos moddalar. Biosferada moddalar aylanishi haqida tushuncha berish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: Hayotning yuqori chegarasi sayyorani ultrabinafsha nurlanishdan ximoya qiladigan «ozon qatlami»(22 km) dan o‘tqaziladi va biosferaning umumiy qalinligi 33-35 km deb belgilanadi. 1875 yilda bu tushunchani birinchi bor avstriyalik geolog olim E.Zyuss ishlatdi. Yerning alohida qobiqlarigeosferalarini o‘rganayotganida hayot tarqalgan qobiqni u «biosfera» deb ajratdi. Biosfera haqidagi ta’limotning asoschisi rus olimi, akademik V.I.Vyernadskiy(18631945) hisoblanadi. V.I.Vyernadskiy birinchi bo‘lib Yer sayyorasi evolyusiyasida tirik organizmlarning ro’li va ahamiyatini ochib bergan, biosferani biogeoximik o‘rganishni boshlagan. Biosferada atmosferaning quyi qismi, gidrosferani va litosferani yuqori qatlamlarini o‘z ichiga oladi. Yer sharining tashqi qattiq qobig‘i litosfera deb ataladi.
Gidrosfera yerning suvli suyuq qobig‘i daryo, okean, dengiz va 5 km gacha chuqurlikda bo‘lgan yer osti suvlari kiradi. Lito va gidrosfera ustida 100 km balandlikkacha atmosfera davom etadi. Atmosfera yer kurrasini o‘rab olgan havo qatlami. Atmosferaning o‘rta hisobi 15 km balandlikkacha bo‘lgan pastki qatlami troposfera deyiladi. Troposfera ustida balandligi 10km ga etadigan stratosfera bor. Stratosferada 20-22 km balandlikda yerkin O 2 quyosh nuri ta’sirida ozonga aylanadi
(O2–O3). Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar yig‘indisini V.I.Vernadskiy «tirik modda» deb ataydi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha biota deb ham nomlanadi.
V.I.Vyernadskiy bo‘yicha biosferaning quyidagi tarkibiy qismlari ajratiladi: tirik modda(biota)-barcha tirik organizmlarning yig‘indisi; o‘lik modda- hosil bo‘lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan tog‘ jinslari, suv, minerallar va boshqalar; biogen moddalar-organizmlar hayot faoliyati mahsuli sifatida hosil bo‘lgan ko‘mir, torf, neft, gaz va boshqalar; oraliq modda-biogen moddalarning noobiogen kelib chiqqan mineral jinslar bilan aralashmalari-tuproq, slanetslar va boshqalar. Biosfyerdagi tirik moddalarning umumiy massasi biomassa deyiladi. Biosfera biomassasining asosiy qismi-98,6%i quruqlikdagi o‘simliklarga to‘g‘ri keladi va yalpi biomassaning kimyoviy tarkibini belgilaydi. Dunyo okeanining biomassasi biosfera biomassasining 0,57%ini tashkil qiladi, lekin mahsuldorligi katta. Biosfera biomassi (quruq modda hisobida) 1,4 trln.tonnaga teng kelsa, uning yillik mahsuldorligi o‘n marta kamdir(Akimova, 1998).
Planetamizni uchta geologik qobiq: g’azsimon atmosfera, suyuq gidrosfera va qattiq jinslardan tashkil topgan litosfera o’rab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |