Bank faoliyatining huquqiy asoslari
Reja:
1.bank va bank faoliyati tushunchasi
2.O’zbekiston Respublikasi bank tizimi
3. O’z. Res. Markaziy bankining bank tizimini boshqarish bo’yicha vakolatlari.
Bank-tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradigan yuridik shaxs.
Yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish va qabul qilingan mablag’larni tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish
To’lovlarni amalga oshirish.
Bank tizimi har qanday davlat moliya tizimining eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. U iqtisodiy o’sishni ta’minlash,inflatsiya va to’lov balansini tartibga solish kabi joriy va strategik vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi. Jahon amaliyotida moliya-kredit muassasalari tomonidan o’z mijozlariga ko’rsatadigan hizmatlari kredit tizimining 3 muhim elementi ajratiladi.
Markaziy bank(emissiya banki)
Tijorat banklari
Ixtisoslashtirilgan moliya muassasalari(sug’urta jamg’arma va boshqa muassasalar)
Markaziy bank o’zining huquqiy maqomi bo’yicha bank tizizmini davlat tomonidan boshqarish organi hisoblanadi.bu maqom O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida belgilab berilgan. Unda Markaziy bank mamlakatimiz bank tizimini boshqaradi deb yozilgan.
Markaziy bank o’z vakolatlari doirasida monitor siyosat va valutani tartibga solish sohasidagi siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi samarali tizimni tashkil etadi va ta’minlaydi.
BANK TURLARI
XUSUSIY BANK- jismoniy shaxslar ulushi ustav kapitalining 50% dank am bo’lmagan ulushini tashkil etib uning qolgan qismi nodavlat yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan bankdir.
SHU’BA BANK-ustav kapitali to’liq norizident-bank tomonidan to’lanadigan bankdir. Bizning yurtimizda bunday banklarni ochish faqatgina, ish faoliyatida bekami ko’st obro’ qozongan norizident banklarga ruhsat beriladi.
Banklar Markaziy Bankdan ro’yhatdan o’tkazilgandan keyingina bank operatsiyalarini amalga oshirishi va yuridik shaxs maqomini olishi mumkin.. banklarni ro’yhatdan o’tkazish va litsenziyalsh huquqi asoslari Banklar va bank faoliyati to’grisidagi qonunning 5,10 va 13- moddalarida tartibga solinib ular Marzkaziy bankning maxsusus hujjatida yozib qo’yilgan.
Markaziy bankning nazorat funksiyalarini amalga oshirish bo’yicha vakolatlari:
Bank operatsiyalarini amalga oshirish,buxgalteriya hisobi va bank statistic hisobini yuritish,yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo’lgan qoidalar
Moliya operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish ,yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo’lgan qoidalar
Banklar kredit usuhmalari, lombardlardan hisobot olish tekshirish ular faoliyati to’g’risida ma’lumot olish
Do'stlaringiz bilan baham: |