Bahoning minimal chegarasini ishlab chiqarish chiqimlari aniqlab beradi. Ularning puldagi ifodasini mahsulot tannarxi deb atash qabul qilingan.
Foyda bahoning majburiy elmenti hisoblanadi. XYuS foyda hisobidan dividentlarni to'laydi, ishlab chiqarishni kengaytiradi va modemizatsiya qiladi, kadrlarni tayyorlashni amalga oshiradi, ijtimoiy sohaga mablag‘larni ajratadi. Foyda bahoning muhim elementi hisoblanib, XYuSning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli uning hajmi (miqdori)ga bevosita bog'liq.
Savdo ustamasi
Savdo ustamasi savdo tashkilotlarining mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog’liq bo'lgan xarajatlarini (muomala xarajatlarini) va ularning foydasini qamrab oladi.
Hozirgi paytda savdo ustamalari markazlashtirilgan tarzda tasdiq-lanmaydi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan alohida tovarlar bo'yicha ularning yuqori chegarasi mintaqaning mahalliy ma’muriyati tomonidan belgilanadi.
Baholarni aniqlashning turli-tuman konsepsiyalari mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
sof qiymat asosida baholarni aniqlash (muallifi G.S.Strumilin);
baholarni o'rtalash tirilgan qiymat asosida aniqlash(D.D.Kondratov);
takror ishlab chiqarish baholari (V.S.Nemchinov);
ob’ektiv asoslangan tarzda baholash (L.S.Kantorovich);
oxirgi xarajatlarning baholari (S.S.Shatalin) • va boshqalar.
Baholarni qimmatli shakllantirish baholarni shunday o‘rnatilishini taqoza etadiki, unga ko'ra bu narsa XYuSning yuqori foyda olishini «baho/xarajatlar» qulay (foydali) nisbatiga erishish hisobidan ta’minlamog'i kerak.
Buning uchun, eng avvalo, tovar uchun sotib oluvchi qanday bahoni to'lashga tayyor ekanligini bilmoq lozim. Albatta, turli holatlarning ta’siri mavjud bo'lganligi uchun uni aniqlash ancha murakkab hisoblanadi.
Real xo'jalik amaliyotida baholarni shakllantirishning yuqorida ko'rib o'tilgan xususiyatlarini inobatga oluvchi yoki olmaydigan baholar strategiyasining butun bir tizimi mavjud. Quyida ularning eng muhimlarini keltirib o'tamiz.
Yuqori baholar strategiyasi
(«qaymog‘ini ajratib olish») dastlab tovarlarni ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha yuqori baholarda sotilishini va keyin esa, ularning pasaytirilishini ko’zda tutadi. Bu patent bilan himoyalangan, yangi tovarlarga tegishlidir. Bunday strategiya joriy talab darajasining yuqoriligi, tovarning yuqori bahosini iste’molchi tomonidan tovar sifatining yuqoriligi tarzda e’tirof etilgan va shunga o'xshash boshqa sharoitlarda mumkin. Past baholar strategiyasi
yoki bozorga «yorib kirish» strategiyasi ham mavjud. Bunday strategiya talabni rag'batlantirish maqsadida amalga oshiriladi. U ishlab chiqarish katta hajmda va talab yuqori elastik bo'lgan bozorlarda samarali bo'lib, unda sotib oluvchilar baholarning pasayishiga keskin munosabat bildiradilar va talabni oshiradilar. XYuS yoppasiga (ommaviy) ishlab chiqarish hisobidan baholarning past darajasini ushlab turadi
Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi
xilma-xil bozorlar, ulaming segmentlari va sotib oluvchilari uchun baholaming o'rtacha darajasiga nisbatan turli tuman chegirma va ustamalarni qo'llash evaziga amalga oshiriladi.
Imtiyozli baholar strategiyasi
imtiyozli baholami taklif qilishdan XYuS manfaatdor bo'lgan sotib oluvchilar bilan ishlashga qaratilgan.
Yaxlitlanmagan baholar strategiyasida
sotib oluvchi tovarni, masalan, 1000 so'mda emas, balki 999,9 so'mda sotib oladi. Bu holda sotib oluvchi bunday baholarni past yoki baholarni o’rnatishning puxta va aniq hisob-kitoblariga asoslanganligining isboti sifatida e’tirof etadi
Aniq baho o‘zida ma’lum bir elementlarni mujassam etadi. Ularning ahamiyati absolyut ifodalanishda bahoning tarkibi, birlikning qismi yoki foizlarda ifodalangan baho tarkibidagi har bir elementning salmog'i esa bahoning tarkibiy tuzilmasi deb ataladi
Baholaming namunaviy tarkibiy tuzilmasi quyida keltirilgan:
Raqobatning erkinlik darajasi va baholami shakllantirishga (bular bozorlar tipini klassifikatsiya qilishda asosiy me’zon sifatida maydonga chiqadi) bog'liq ravishda bozorlar quyidagi to'rt asosiy tiplarga ajratiladi:
• erkin (sof, yoki takomillashgan) raqobat. U baholarni aniqlashda erkin musobaqalashishning mavjudligi bilan xarakterlanadi; • monopolistik raqobat. Bunda to'liq almashtirilishi mumkin bo'lm agan xilma-xil tovarlar guruhini ishlab chiqaruvchi XYuSlarning musobaqalashishi amalga oshiriladi;
• oligopolistik raqobat. Bu ko'p bo'lmagan ishlab chiqaruvchilar raqobat bozoridan iborat; • monopolistik bozor. Bunday bozor tovarlaming bahosini o'rnatishda bir xo'jalik sub’ekti hukmronlik qiladigan bozordir.