6-MAVZU: Xoʼjalik yurituvchi subyektlarning baho siyosati va baholarni shakllantirish asoslari REJA: 1. Baholarni shakllantirishning ob’yektiv asoslari 2. Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi 3. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda baholarni shakllantirish omillari
“Baho” tushunchasi ostida, odatda yagona sintetik kategoriyaga birlashtirilgan turli-tuman iqtisodiy holatlarning yig’indisi nazarda tutiladi.
Mohiyat jihatidan baho qiymatning puldagi ifodasidir. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tovarning individual qiymati uning ijtimoiy qiymatiga aylanadiki, uning o’lchami (miqdori, darajasi) mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari bilan aniqlanadi
Bozor qiymati, ijtimoiy qiymatdan farqli o’laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan emas, balki uning realizatsiya qilish shartlari bilan ham belgilanadi.
Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o’zaro yaxlitligidan iborat.
Tovarning iste’mol qiymatini tovarning qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida xarakterlash qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan foydaning olinishi uchun amalga oshiriladi.
Demak, past iste’mol qiymatiga ega bo’lgan tovarlar past qiymatga ega bo’ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi.
Shuning uchun ham, bahoni aniqlashda faqat tegishli ne’matni ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali namoyon bo’ladigan uning iste’mol qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan baho bozor mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, degan xulosa kelib chiqadi.
Baholarni quyidagi belgilarga ko’ra klassifikatsiya qilish mumkin: - aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo’yicha;
- o’rnatilishiga qarab;
- vaqt omiliga ko’ra;
- baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq;
- bozor turiga bog’liq ravishda;
- hududiy bozorlarga bog’liqligini nazarda tutib;
- bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo’yicha;
- yetkazib berish va sotish shartlariga ko’ra;
- qo’llanilish tartibiga muvofiq.
Davlat xaridlari uchun (закупочная цена
Smeta - bu rasmiy hujjat bo'lib, uning asosida kapital qo'yilmalar miqdori aniqlanadi, moliyaviy resurslar ajratiladi.
h
Do'stlaringiz bilan baham: |