To'g'ri burchakli dimetrik proyeksiya dimetrik o'qlarining xolati
Reja:
Aylananing dimetrik proyeksiyasini yasash
Dimetriya proyeksiyadagi soyalar
OZ o'q odatda vertikal yo'nalishda olinadi, OX o'q gorizont chizig'iga nisbatan 7° 10' ni, OY o'q esa 41°25' ni tashkil qiladi.
120-shakl.
To'g'ri burchakli dimetriyada o'zgarish koeffisentlari OX va OZ o'qlari bo'yicha bir xil, ya'ni m=k=0,94 OY o'q bo'yicha esa ikki marta qisqa ya'ni n=0,47 bo' ladi.
Amalda keltirilgan o' zgarish koeffisentlarinibelgilab olamiz: m=k=l ,0 va n=O,5.
1-masala.
Berilgan geometrik jismning ortogonal proyeksiyasi yordamida proyeksiyasi yasalsin:
Quyidagi shaklda prizmaning dimetrik proyeksiyasi qurishi ko'rsatilgan.
Aylananing dimetrik proyeksiyasini yasash
1) Aylananinmg V tekislikdagi dimetrik proyeksiyasini yasash quyidagi shaklda ko'rsatilgan. (AB) ┴ OY
AB - ovalning katta o'qi = 1,06 D
CD - ovalning kichik o'qi = 0,94 D 122- shakl
Aylananing H tekislikdagi dimetrik proyeksiyasini yasash quyidagi shaklda ko'rsatilgan.
( AB) ┴ OZ
AB=l,06D
CD=0,35D
123-shakl
119
.
Aylananing W tekislikdagi dimetrik proyeksiyasini yasash yo'li quyidagi shaklda ko'rsatilgan. 124-shakl
AB┴OX 124-shakl. AB=l,06D CD=0,35D
Dimetriya proyeksiyadagi soyalar
Aksonometrik proyeksiyalarda soyalar yaqqollikni oshirish maqsadida bajariladi. Nurlarning yo'nalishi aksonometriya turi bo'yicha yasalgan kubning diogonaliga parallel qilib olinadi. Shaklda bitta uchi koordinata boshida, uchta yog'i proyeksiyalar tekisligida joylashgan kubning dimetriyasi bajarilgan. Kubning oldingi chap yuqori uchi A bilan, o'ng orqa pastki D uchini birlashtiruvchi Sa diogonalini o'tkazamiz. Bu diogonalning vo'nalishi dimetrik proyeksiyalarda soyalar yasash uchun nurlar yo'nalishini aniqlaydi. Soyalar yasashda Sa diogonalning chizmada ko'rsatilgan S gorizontal, S\frontal va S profil yordamchi proyeksiyalaridan ham foydalaniladi. Chizmalarda soyalar yasashda chizma qog'ozining biror bo'sh joyida nurlar yo'nalishini aniqlatuvchi Sa to'g'ri chiziq va uning ba'zi yoki hamma proyeksiyalari ko'rsatiladi.
1-masala. Berilgan prizmaning soyalari dimetriya proyeksiyada beshinchi oktantda yasalsin.
125-shaklda yasash yo'li ko'rsatilgan. 125-shakl .
2-masala. Gorizontal tekislikda yotgan yarim aylanadan frontal proyeksiyalar tekisligiga (V) tushgan soya yasalsin: Yasash yo’li quyidagicha
s hakl
.
3-masala. Berilgan kompozisiyaning soyalari yasalsin. Bu quyidagicha bajariladi.
shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |