"Ommaviy madaniyat" tushunchasi.
“Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. ya’ni kommunistik mafkura va ahloq normalaridan voz kechilgandan so‘ng, jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va ahloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo‘lishi kerak”.(Islom Karimov)
Jamiyat hayotining barcha sohalari globallashib borar ekan, u albatta madaniyat sohasida
birinchilar qatorida o‘zini namoyon qiladi. Shunday hodisalardan biri "ommaviy madaniyat" hisoblanadi.
Ommaviy madaniyatning paydo bo‘lishi va rivojlana boshlashi XIX asr oxiri va XX asr
boshlariga to‘g‘ri keladi. “Ommaviy madaniyat” an’anaviy madaniyatning ma’lum yo‘nalishi sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o‘zgarishi, hayot taqozasi asosida yuz berdi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‘p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo‘ldi. Ma’naviy boyliklarni industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim darajasi o‘sishi bilan birga uning ma’naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi.Tadqiqotchilar ommaviy madaniyatning dastlabki shakli XIX asrning 30yillarida adabiyotda paydo bo‘lgan va ommalashib ketgan sarguzasht janrini ko‘rsatishadi. Asr oxirida haftalik ommaviy axborot vositalari ana shunday asarlarni tinimsiz chop eta boshladilar. Vaqt o‘tishi bilan ushbu jarayonga “Yurak matbuoti” yoki “Qalb industriyasi” deb nom berdilar. Asr oxirida Amerika Qo‘shma Shtatlarida ommaviy madaniyatning komiks shakli paydo bo‘la boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, borabora kattalar hayotining ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog‘i, “Ommaviy madaniyat” ning keskin rivoji XX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va xujumkorlik bilan tarqala boshladi.
An’anaviy madaniyatda bo‘lganidek, ommaviy madaniyatning ham universal xarakteristikasi hamon mavjud emas. Buni shunday tushuntirish mumkin. Gap shundaki,
“Ommaviy madaniyat” ilmiy-falsafiy kategoriya sifatida o‘ziga yakdil uchta tushunchani
qamraydi.
Birinchidan, “madaniyat” – alohida xarakterdagi mahsulot.
Ikkinchidan, “ommaviylik” – mahsulotni tarqatish me`yori.
Uchinchidan, “madaniyat” – ma’naviy boylik.
" Ommaviy madaniyat" nima? Bu savolga har bir xalq o‘zining manfaatlari va
qadriyatlaridan kelib chiqqan holda javob beradilar. Umuman olganda "ommaviy madaniyat" bizning qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan madaniyatlar qatoriga kiradi. Bu_xususda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev: "Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama_qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi xavf_xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshqa ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi", _ degan edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda biz uchun ommaviy madaniyat bu bir guruh boylikka o‘ch odamlar tomonidan zamonaviy axborot-texnologiyalarining imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda axloqiy buzuqlik, zo‘rovonlik, o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish,"men "ni ulug‘lash kabilarni aks ettiruvchi har xil o‘ta sayoz madaniyat asarlarini moddiy va ma’naviy hayot maydonlariga tashlab, ko‘ngilocharlik bahonasida tijoratga asoslangan iste’molchilikni yo‘lga qo‘yib xalqlarni o‘z milliy qadriyatlariga asoslangan madaniyatidan judo qilish evaziga katta daromad topishga qaratilgan aksilmadaniyatdir.
«Ommaviy madaniyat»ning belgilari: axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm,
egotsentrizm va boshqalar kiradi.
Axloqiy buzuqlik. Bu eng tuban insoniy faoliyat bo‘lib, u asta-sekin «erkin muxabbat»dan
«bir jinsli insonlar o‘rtasida nikoh tuzish»gacha bo‘lgan bosqichlarga ko‘tariladi. U yoshlarni ma’naviy jihatdan aynitib, minglab yillardan buyon ardoqlanib kelayotgan muqaddas muhabbat an’anasi o‘rniga zinokorlikni taqdim qiladi.
Zo‘ravonlik. Bu illat mazmunini insonning inson, millatning millat, davlatning davlat
ustidan o‘z hukmronligini o‘tkazish tashkil qiladi. Zo‘ravonlik shaxs huquqini paymol qilib, uning ongida hayvoniylik his-tuyg‘ularini va xususiyatlarini tarkib toptiradi.
Individualizm. Bu g‘oyaga ko‘ra shaxs o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaatlaridan ustun
qo‘yadi. Individualizm jamoaviylikning jiddiy ko‘rinishi bo‘lib, u shaxsni jamiyatdan ayro
yashashga, qo‘ni-qo‘shnichilik, mahalla-ko‘ychilik va jamoaviylikka qarshi ruhda voyaga
yetkazadi. Bu illatga mubtalo bo‘lgan kishi o‘z manfaatlarini o‘zgalarnikidan ustun qo‘yadi, faqat o‘zi uchun yashash odatini o‘zlashtiradi.
Egotsentrizm. Bu g‘oya inson «men»ligini ustuvor qo‘yishdan iboratdir. Unga ko‘ra,
inson har bir narsaga o‘zining «men»lik nuqtai nazaridan qaraydi. Buning eng tashvishli jihati_shundaki, unday odam o‘zini doimo haq deb biladi, o‘zgalarga nisbatan bepisand qarash, o‘z xatti-harakatlarini mutlaqo to‘g‘ri deb bilish_egotsentrizmning eng asosiy belgisidir.
Madomiki, ushbu madaniyat milliy qadriyatlarimiz ildiziga bolta urayotgan ekan, unga
qarshi kurashishimiz zarurdir.
Bu esa quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llashni taqozo etadi:
-Kontrabanda yo‘li bilan yurtimizga kirib kelayotgan shahvoniy filmlar, turli pornografiyalar
vositasida axloqiy buzuqlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni mamlakat ichkarisiga kiritmaslik.
_Pinhona ish yuritayotgan fohishaxonalarning faoliyatiga chek ko‘yish tadbirlarini kuchaytirish.
-Qudratli davlatlarning qudratsiz davlatlar ustidan zo‘ravonligini madh qiluvchi har qanday
mahsulotlarni (kiyim kechaklar, videofilmlar va shunga o‘xshash narsalar)ning kirib
kelishiga, ayniqsa ularni yoshlarning ma’naviy iste’mol qilishlariga yo‘l ko‘ymaslik ishlarini
uzluksiz tarzda tashkil etish.
Inson o‘zi uchun emas, o‘zini o‘zi ulug‘lab emas, balki jamiyat manfaati, yurt tinchligi, uning
ozodligi va obodligi, shu yurtda erkin va farovon hayot kechirish uchun yashashligini
g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish ishlarini izchil davom ettirish
kabilar tashkil etadi.
XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmida sobiq sho‘rolar mamlakatida boshlangan istiqlolga
intilish harakatlari sho‘rolar davridagi mudroqlikka chek qo‘ydi. Kommunistik senzura hamma
vaqt yoqtirmay tanqid qilib kelgan “ommaviy madaniyat” ommaviy axborot vositasida
hayotimizga faol kirib keldi hamda aholi o‘rtasida yashindek yoyila bordi. Bunga katta
yoshdagilarning ma’lum darajada qarshilik ko‘rsatgani, qabul qilolmagani, an’anaviy madaniy qadriyatlar ular ongu_shuuriga ancha chuqur o‘rnashgani ko‘zga tashlanib turdi. Lekin yoshlarning katta qismi, ayniqsa, talaba yoshlar sho‘ro davri madaniy qadriyatlariga tanqidiy ko‘z bilan qaradilar. Yangi zamon “ommaviy madaniyat” mahsulotlarining kutilgan xaridoriga aylandilar. Ular uchun bu mahsulotlarning o‘zimizniki yoki xorijniki ekanligi unchalik ham ahamiyatli emas edi va hamon shu jarayon davom etmoqda. “Jahon to‘ri” deb nom olgan internet tizimi orqali“ommaviy madaniyat” mahsulotlari hech qanday to‘siqsiz mamlakatimizg kirib kelmoqda va ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng tarqalmoqda.
Ma’lumki, o‘smirlar, yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, tengqurlariga havasmand,
modaparast, xorij standartlarini oson qabul qilishga ruju qo‘ygan bo‘ladi. Ulardagi ana shu ijtimoiy_psixologik holat kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga tanqidiy yondashuvnicheklab qo‘ymoqda. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida muayyan fikr_mulohazasi bo‘lmaga yoshlar hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni matbuot orqali qabul qilishga oshiqmoqda. “Ommaviy madaniyat” tashqi ko‘rinishi, oson o‘zlashtirilishi bilan ularni qiziqtirmoqda. Turfa g‘oya va ramzlar zamonaviy modalar ommaviy madaniyat mahsulotlari yoshlardan chuqur fikr_mulohaza yuritishni talab etmay, har xil hayot tashvishlaridan, turmush muammolaridan “xalos” etadi, jasadni va ruhni dam oldirish, ularni o‘qishga, bilim olishga emas, balki o‘ynab_quvnab, “yashab olish”ga chaqiradi. Aslida “ommaviy madaniyat”ning, uni tarqatayotganlarning ham asl maqsadlari shundan iborat. Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va “ommaviy madaniyat” mualliflari aynan ana shu auditoriyani nazarda tutayotganini e’tiborga olsak, vazifalarimiz mas’uliyati aniq ayon bo‘ladi.
Yoshlarning badiiy ehtiyojlarini qondirish, ular o‘rtasida “ommaviy madaniyat”
mahsulotlarining tarqalmasligi uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotir, albatta ularningsan’atga, adabiyotga va boshqa ma’naviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganib borish hozir izchil olib borilmoqda.
“Ommaviy madaniyat”ning hayotimizga bostirib kelishida dastlab ommaviy axborot
vositalari asosiy rolni o‘ynadi. Bugunga kelib esa, reklama uning ajralmas yo‘ldoshiga aylanib
qoldi. Bozor qonuniyatlari “ommaviy madaniyat” mahsulotlarini keng tarqatishdan manfaatdorbo‘lib maydonga chiqmoqda. Zamonaviy audio_videotexnikalar, ovoz yozish va kuchaytirgich asboblarining yuzlab turlari “ommaviy madaniyat” mahsulotlari reklamasi bilan kun ko‘rmoqdalar. U sanoat asosiga ko‘chirilgach, o‘rtacha, bo‘sh “ommaviy madaniyat” mahsulotlarini ko‘paytirish va sotish bo‘yicha qudratli tizim yaratildi. Istagan do‘kondan dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‘shiq, klip audiovideotasmasini topish mumkin. San’atga, “ommaviy madaniyat”ga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘ladigan, yengil_yelpi ijod bilan elga tanilgan san’atkorlar armiyasi paydo bo‘ldi. O‘zlari shoir, o‘zlari kompozitor bo‘lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‘lmagan juda ko‘plab guruhlar paydo bo‘ldi va ular o‘z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. Yoshlar esa ana shunday siyqasi chiqqan,lekin ma’lum ma’noda “o‘z auditoriyasini topgan”, “san’atkor”lar armiyasi bilan yuzma-yuz turibdilar. Reklama – yaratuvchi kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani aks ettiruvchidir.
Ba’zan kliplarda chiroyli qizlar va yigitlar nima deyotganligini o‘zlari ham
tushunishmaydi. Kuchli musiqa sadosi ostida nimalardir deyishadi, mashinalarga o‘tirib qayerlargadir borishadi. “Ommaviy madaniyat” mahsuli bo‘lgan bunday “asarlar” millat
mentalitetini pasaytirishga xizmat qilayotgani sir emas. Reklama nima deydi? Birorta shirinichimlikni iste’mol qilib cheksiz rohat va farog‘at olish mumkin. Biror narsaga erishish uchun jon kuydirish, ter to‘kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni sotib olish kerak va uni iste’mol qilish kerak,yoki yozib olingan fonogrammaga mos qilib, labni qimirlatib turaverish kerak, tamom vassalom. Endi o‘sib, jamiyatga kirib kelayotgan yoshlarga, o‘smirlarga ham OAVlar shunday ta’lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‘z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta’sir etmoqda.
Demak, “Ommaviy madaniyat”ning ana shunday siyqalanib, jo‘nlashib borishi hammamizniogohlikka chorlashi lozim.
“Ommaviy madaniyat” o‘z g‘irdobiga yoshlarni tartib olmasdan oldin, ularni milliy urf-odatlar, tarixiy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya ishlarni jadallashtirishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |