4-ma’ruza.
ASTRONOMIYADAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI
TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH METODIKASI
.
Reja:
1.
Astronomiyadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning turlari.
2.
Astronomiyadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning shakllari.
3.
Astronomiyadan to'garak, konferensiya, kechalar o’tkazish metodikasi haqida.
Sinfdan tashqari ishlar - o‘quv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi,
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri.
Sinfdan tashqari ishlari. o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va
ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlariga
o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli
xil mashg‘ulotlar tizimi kiradi. Bunday mashg‘ulotlar pedagogic jamoa, sinf rahbari,
yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning o‘z- o‘zini boshqarish tashkilotlari
tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. O‘quvchilarning Sinfdan tashqari
ishlarini tashkil etishda o‘quvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar,
yosh sayyoxlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi.
Sinfdan tashqari ishlarining asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab
klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar o‘tkazish, viktorina va
ko‘rgazmalar uyushtirish, tabiat qo‘yniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga
chiqish), to‘garak ishlari (o‘quvchilarning turli to‘garaklar, sport seksiyalari,
ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (o‘quvchilarning sinfdan tashqari
o‘qishi, kolleksiya to‘plashi, texnika, musiqa, tasviriy san’at, chizmachilik va sh.k.
bilan mustaqil shug‘ullanishi)ni ko‘rsatish mumkin.
Astronomiyaga qiziquvchi maktab o‘quvchilari uchun to‘garaklarni
alohida sinflar uchun tashqil qilinadi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun
to‘garagda mashg‘ulotlar qiziqarli tarzda bayon etiladigan, elementar astronomik
tushunchalar haqidagi suhbati tarzida o‘tkaziladi. Kuzatishlar sistemali xarakterda
bo‘lib, ular uchun kerakli asbob uskunalar tayyorlanadi.
Yuqori sinflar to‘garagida esa o‘quvchilarning mustaqil ishlari elementar
nazariyani o‘rganish amaliy mashg‘ulotlar bilan birgalikda olib boriladi.Maktabda
fizika - astronomiya va geografiya o‘qitishda ular to‘g‘risidagi o‘zaro bog‘lanishni
yanada rivojlantirish uchun fizika^astronomiya yoki geografik - astronomik to‘garaklar
tuzish mumkin.
Har bir to‘garak mashg‘ulotini ha^ada bir marta 1-2 soat davomida o‘tkazish
tavsiya etiladi.Davomat va mashg‘ulotlar mazmuni hisobga olib boriladigan jurnal
tashqil qilish, devoriy gazeta chiqarish yaxshi natijalar beradi. To‘garagning asosiy
vazifasi astronomiya bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni o‘rganishdan iborat bo‘ladi.
O‘quvchilar yulduzlar osmoni, osmon sferasining sutkalik aylanishi, yulduzlar osmoni
ko‘rinishining yillik o‘zgarishi bilan tanishadi.
Sutka davomida yoritgichlar balandligining o‘zgarishini, yil fasllari davomida
Quyoshning tush paytidagi balandligining o‘zgarishini kuzatish bu hodisalarning
mohiyatini tushunib olishga imkon yaratadi. Oyning yulduzlar tekisligida ko‘chishini,
uning fazalarning o‘zgarishini, shuningdek, planetalarning yulduzlar orasida siljishini
ko‘rish uchun kuzatishlar qilinadi.
O‘qituvchi yulduzlar osmonining mazmunini bayon etgan va ularni kuzatish
uchun sodda ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan bir qancha kitoblarni qanday keta-ketlikda
o‘rganish rejasini ishlab chiqadi va o‘quvchilarga Ma’lum qiladi. To‘garak
mashg‘ulotlaridagi suhbatlarga o‘qituvchi astronomiya tarixining elementlari,yulduz
to‘dalari va planetalar nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan afsonalarni kiritadi.
Birinchi yarim yillikda to‘garak mashg‘ulotlaridagi barcha suhbatlarni
o‘qituvining o‘zi olib boradi, keyinchalik esa o‘quvchilarni jalb etish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Bu o‘quvchilar faoliyatining sezirlarli faollashishiga olib keladi.
Yuqori sinflar to‘garagida mashg‘ulotlarning mazmuni murakkablashadi. Bu
yerda Oy va planetalar harakati qonunlari, tutilishlarning sabablari, Quyosh sistemasi
jismlarining fizik tabiati bilan tanishtirish mumkin. Osmon sferasi elementlarini
o‘rganish yulduzlar osmonining surilma kartasidan tushungan holda foydalanish va
astronomiyaning ayrim amaliy qo‘llanishlarini ko‘rib chiqish imkonini beradi.
O‘quvchilarga maktab ustaxonasida to‘garak uchun kerakli bo‘lgan asboblar,
modellar, asboblarni konstruktsiya qilish va tayyorlashni topshirish mumkin.
Kuzatishlar asta-sekin yulduzlar osmoni bilan chuqurroq tanishish xarakteriga ega
bo‘ladi: qo‘shaloq yulduzlar, yulduz to‘dalari, tumanliklar kuzatiladi. Quyoshning
aylanishini va Quyosh aktivligining o‘zgarishini ko‘rish uchun sistemali ravishda
Quyosh dog‘larini kuzatish tashqil qilinadi.
Oyni kuzatish davomida o‘quvchilar Oy sirtining sxematik kartalaridan
foydalanishadi, diqqatga sazovor obhktlarni o‘rganib, ularning chizmalarini chizadilar.
Teleskop yordamida olingan planetalar ko‘rinishining chizmalari bilan birgalikda
materialni bayon qilish amalga oshiriladi. Barcha kuzatish natijalari umumlashtiriladi
va o‘quvchilar, davriy ravishda, o‘z kuzatish materiallari bo‘yicha to‘garak
mashg‘ulotlarida ma’lumot berib boradilar.
Ilmiy - ommabop adabiyot bilan ishlash va davriy matbuot materiallaridan
sistemali ravishda foydalanishga alohida ehtibor beriladi. O‘quvchilarga alohida
mavzular bo‘yicha referatlar tayyorlashni topshirish kerak. O‘qituvchinig suhbatlari
bilan birgalikda mashg‘ulotlarning asosiy mavzulari bo‘yicha o‘quvchilarning
ma’ruzalari tinglandi.
Astronomiya to‘garagining ishi chuqqurlashtirilgan dastur asosida olib boriladi.
U o‘z ichiga, tadqiqotlarning zamonaviy vosita va metodlarini, kosmik fazo va osmon
jismlarining fizik tabiati hamda Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi haqidagi ilmiy
tasavvurlarni o‘rganishini oladi. Modellarning konstruktsiya qilish va tayyorlashda
asosiy ehtiborni ko‘chma qurilmalar kameralar va osmonni rasmga oluvchi qurilmalar
teleskoplar uchun fotoqurilmalarga qaratiladi.
Yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan kuzatishlarni har bir
o‘quvchining qiziqishini hisobga olgan xolda aniq tematik bo‘yicha tashqil etish kerak.
To‘garak ahzolarining bir qismiga Quyoshni, boshqalariga o‘zgaruvchan yulduzlarni,
uchinchi qismiga esa meteorlarni, to‘rtinchi bir bo‘lagiga planetalarni muntazam
kuzatib borishlari topshiriladi. Bunda ularning diqqatini kuzatish natijalarini qayta
ishlash usulariga tartibga solish va mazmunini ochishga qaratish juda muhim.
Agar kuzatishlarning natijalari grafik tarzda katta formatdagi qog‘ozda
tasvirlansa, ular to‘garak mashg‘ulotlarida hamda astronomiya darslarida yaxshi
ko‘rgazmali qo‘llanma sifatida xizmat qilish mumkin. Yuqori sinf o‘quvchilari uchun
mo‘ljallangan to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi shunday qurilishi
kerakki, oqibatda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni mustaqil izlash
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak. Bunga erishilgandan so‘ng ular yuqori
ko‘rsatgichlar bilan ishlay boshlaydilar.
O‘quvchilarning o‘zlari o‘qigan adabiyotlari asosida tayyorlagan ma’ruzalari
biror bir muammoga bag‘ishlangan maqola materiallari bo‘yicha o‘tkazilgan
diskussiyalar juda foydalidir. Yuqori sinf o‘quvchilari to‘garakning ijtimoiy foydali
roli ularning quyi bo‘g‘ini astronomik to‘garaklari mashg‘ulotlariga raxbarlik qilish
paytida namoyon bo‘ladi. Bunday paytda o‘qituvchi ehtiborini yuqori sinf o‘quvchilari
bilan ish olib borishga qaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yuqori sinf o‘quvchilari,
uning ko‘rsatmalari asosida kichik va o‘rta yoshdagi o‘quvchilari to‘garaklarida
mashg‘ulotlar olib boradilar. So‘zsiz, to‘garak ishlarini olib borishning boshqa
shakllari ham mavjud jumladan faqat ikki bosqichni o‘rta yoshdagi o‘quvchilar uchun
va yuqori sinf o‘quvchilari uchun to‘garaklar tuzish mumkin. Bunday holda kichik
yoshdagi o‘quvchilar to‘garak ishining butun mazmuni o‘rta yoshdagi o‘quvchilar
to‘garakning mazmunidan joy oladi.
Astronomik to‘garaklardagi mashg‘ulotlardan tashqari ilmiy tekshirish
institutlari astronomik va geofizik observatoriyalar xalq observatoriyalari
planetariylarga ekskursiyalar uyushtirish juda foydalidir. Bunday ekskursiyalarni shu
tashqilotlarning mutaxassislari tomonidan o‘qituvchi bilan ekskursiyaning o‘quv
tarbiyaviy vazifalari haqida oldindan suhbatlashib olingandan so‘ng o‘tkazilgan
mahqul. Ekskursiyalar uzoq davom etmay o‘quvchilarni tushunadigan ortiqcha
detallardan holi informatsiya bilan tanishtiradigan darajada bo‘lishi lozim.
Astronomiya to‘garagining tematikasi masalasi eng muhim hisoblanadi.
Ko‘pincha o‘qituvchilar to‘garak uchun osmon koordinatalari, kalenderlar, teleskoplar,
optik asboblar va boshqalarni tanlashadi. Astronomiya o‘qituvchisi rahbarlik qiladigan
to‘garak ishi o‘quvchilarning to‘garakdagi ishini astronomiyani o‘qitish bilan to‘laroq
bog‘lash imkoniyati bo‘lishi uchun ko‘proq astronomiya va astrofizik asboblar
tematikasi bo‘yicha olib boriladi. Astronomiya to‘garagini tashqil etish bilan o‘qituvchi
o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish va rejalashtirilayotgan to‘garak
faoliyatini ular bilan birga qo‘shib olib borishi kerak. To‘garaklar tematikasining
zamonaviyligi katta ahamiyatga ega. Ma’lumki o‘quvchilarni teleskoplar,
radioteleskoplar, Ulug‘bek rasadxonasi, O‘zbekistonda astronomiya va boshqa
masalalar qiziqtiradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan to‘garak ishlari quyosh haqida
umumiy ma’lumotlar, quyosh energiyasining manbai, planetalar va ularning
yo‘ldoshlari kabi mavzular ayniqsa o‘quvchilarni qiziqtiradi.
To‘garak tematikasining mazmunida “Quyosh sistemasining tuzilishi”, —
Quyosh - eng yaqin yulduz”, “Yulduzlar” mavzularining masalalarini ko‘rib chiqaylik.
Quyida ko‘rib chiqiladigan alohida to‘garaklar bo‘yicha rejalashtirish varianti
darslikda keltirilgan ketma - ketlikdan bir oz chetga chiqsada, biroq materialni bayon
etishning umumiy yo‘nalishini taklif qiladi. U Quyosh sistemasining tuzilishi g‘aqidagi
tushunchalarning rivojlanishini olimlarning alohida kashfiyotlari natijasi sifatida emas,
balki olamni bilishning qiyin va murakkab yo‘li fanning umumiy rivojlanish
jarayonining bir qismi ekanini ko‘rsatish imkonini beradi. Umum ta’lim maktablari
to‘garak tematikasining mazmunini ishlab chiqish.
1-
to‘garak dars. Planetalarning konfiguratsiyasi va sinodik aylanish davrlari.
Planetalar va sunhiy osmon jismlarining harakat qonunulari. To‘garak darsning
maqsadi: plnetalarning ko‘rinma joylashishining davriyligi va ularning orbital
harakatining asosiy qonunlari (Kepler qonunlari)ni tushuntirish; bu qonunlarning
sunhiy osmon jismlari harakatiga tadbiqini ko‘rsatish. Ko‘rsatmali qo‘llanmalar:
“Quyosh sistemasi” va “Kosmik uchishlar (sunhiy yo‘ldoshlar) diapozitivlari yoki
filmlardan kadrlar; ichki va tashqi plenatalarning konfiguratsiyalari va fazalari:
“Maktab astronomik kalendari”, plenatalar sistemasining modeli.
Materialni bayon qilish rejasi:
1.Ichki va tashqi planetalarning asosiy konfiguratsiyalari, ularning
konfiguratsiyalari farqlari va ko‘rinish shartlari.
1.
Konfiguratsiyalarning
aylanish davrlari. Planetalarning yulduz va
sinodik aylanish davrlari.
2.
Kepler
qonunlari, ularning kashf qilinishi va ahamiyati.
3.
Planetalarning
Quyoshga nisbatan egallagan Ma’lum vaziyatlariga
ularning konfiguratsiyalari deyiladi.
Planetalarning konfiguratsiyasi bilan tanishishni planetalar, Yer va Quyoshning
o‘zaro turlicha joylashishlarini o‘zida aks qilgan katta hajmdagi ko‘rsatmali qurollarni
namoyish qilishdan boshlanadi. O‘quvchilarning diqqatini konfiguratsiyalarning
xarakterli belgilariga jalb qilgan holda, ularning nomlari, Quyosh va planetalarning
osmondagi vaziyatlarigagina bog‘liq bo‘lib, fazoviy o‘rinlariga bog‘liq bo‘lmasligi
tushuntiriladi. Planetalarning ko‘rinish shartlarini yulduzlar osmonining surilma
xaritasidan foydalanib namoyish qilinadi.
2.
Planetaning ketma-ket kelgan ikkita bir nomli konfiguratsiyalari orasida
o‘tgan vaqt sayyoraning sinodik aylanish davri (S), uning o‘z orbitasi bo‘ylab Quyosh
atrofida to‘la bir marta aylanib chiqish uchun ketgan vaqt siderik aylanish davri (T)
deyiladi. Planetalar konfiguratsiyalari qaytarilish davrining uning aylanish davri bilan
mos tushmasligini, ichki planetalardan birini tasvirlovchi kichik shar yordamida
namoyish qilinadi.
3.
Keplergacha osmon jismlarining harakati “aniq egri chiziq”- aylana
bo‘ylab ro‘y beradi, hisoblanar edi. U birinchi bo‘lib, Marsning o‘rnini kuzatish
materiallaridan foydalanib, hamda planetani Quyosh atrofida aylanadi deb hisoblab,
Kepler uning orbitasini tuzishga erishdi. Keplerning birinchi va ikkinchi qonunlari
1608-1609 yillarda e’lon qilindi. Planetalar harakatining uchinchi qonunini esa Kepler
10 yildan keyingina e’lon qildi.
Keplerning birinchi qonuni. Planetalar Quyosh atrofida elliptik orbitalar bo‘ylab
harakat qiladi. Bu ellipslarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan fokusda Quyosh
joylashgan.
Keplerning ikkinchi qonuni. Planetalarning radius - vektorlari teng vaqt
oraliqlarida teng yuzlar chizadi. Keplerning uchinchi qonuni. Planetalarning siderik
aylanish davrlari kvadratlarining nisbati ular orbitalarining katta yarim o‘qlari
kublarining nisbati kabidir.Keplerning umulashgan uchinchi qonuni kosmik
jismlarning massalarini aniqlash imkonini beradi. Kepler, planetalarning harakatlanish
sabablarini tushuntirmasdan, faqat ularning qanday harakatlanishinigina tushuntirgan
edi. Planetalarning harakat qonuniyatlarini XVII asrning ikkinchi yarmida Nyuton
kashf etdi.
2-
to‘garak dars. Butun olam tortishish qonuni va undan kelib chiqadigan
natijalar To‘garak darsning maqsadi: butun olam tortishish qonunining bir qator
astronomik muammolarni hal qilishdagi ahamiyatini tushuntirish. Ko‘rsatmali
89
qo‘llanmalar: diapozitivlar yoki diafilmlardan lavhalar, planetalar harakatidagi
ko‘tarilishlar, chetlanishlar sxemasi, Neptunning kashf qilinish davrida Uran va neptun
planetalarining o‘z orbitalaridagi holatlari.
Materialni bayon qilish rejasi:
1 .Nyuton tomonidan butun olam tortishish qonunining kashf qilinishi va uni
tekshirish.
2.
CHekinishli va chekinishsiz harakatlar. Neptun va Plutonning kashf
etilishi.
3.
Ko‘tarilish va pasayishlar, ularni tushuntirish va uning Yer - Oy
sistemasi evolyutsiyasidagi roli.
1.Ingliz olimi I. Nyuton Yerdagi og‘irlik kuchi olamdagi barcha jismlar orasida
o‘zaro ta’sir etuvchi tortishish kuchining bir ko‘rinishi degan xulosaga keldi. Yer
yuzidagi og‘irlik kuchining tezlanishi 9,8 m/s ga teng. Agar og‘irlik kuchi masofa
kvadratiga teskari proportsional ravishda o‘zgarsa, Yerdan taxminan 60 Yer radiusiga
teng masofada joylashgan Oy, 60 = 3600 marta kam, markazga intilma tezlanishni his
etishi kerak, yahni
Do'stlaringiz bilan baham: |