O’zbekiston va AQSH o’rtasida tog’-kon, samolyotsozlik. mashinasozlik va transport infratuzilmasi, iqtisodiyotning texnologik bazasini rivojlantirish, AQSH kompaniyalarnning axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasidagi tajribasidan foydalanish, marketing, injiniring, lizing, investitsiya xizmatlari, logistika, xalqaro yuk tashish sohasi, iqtisodiyotnint turli tarmoqlari uchun menejer va mutaxassislar tayyorlash, malakasini oshirish bo’yicha ko’plab loyihalarni amalga oshirishda iqtisodiy hamkorlik katta istiqbollarga ega.

Oʻzbekiston—Amerika munosabatlari
OʻzR bilan AQSH oʻrtasidagi ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy munosabatlar bir nechta hukumatlararo shartnoma va bitim asosida tartibga solib turiladi. Hamjihatlik haqidagi memorandum, Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish haqidagi shartnoma, Savdo bitami, Maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonot, Konsullik munosabatlariga oid qoʻshma axborot asosiy hujjatlardir.
1999 y.da Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi tovar aylanmasi 282 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston AQShdan bugʻdoy, xalq isteʼmol mollari, asbob-uskunalar sotib oladi. Eksport asosan paxta tolasidan iborat. AQShdagi turli firma va kompaniyalarning Oʻzbekiston bilan muvaffaqiyatli hamkorligi, delegatsiyalar almashu-vi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga imkon beradi.

Oʻzbekistonda bir qancha OʻzbekistonAmerika qoʻshma loyihalarini amalga oshirishga kirishildi. Ular orasida eng yiriklari "Nyumont-Mayning" kompaniyasi tomonidan Zarafshon sh.da oltin ruda konidan foydalanish, "Interneshnl Telset, Ink." kompaniyasi tomonidan Toshkent sh.da kabel televideniyesi tarmogini yaratish va boshqarish loyihalaridir.
Amerikaning firma va kompaniyalaridan "Barents grupp" kimyo sanoati sohasida, "Kellog" Koʻqdumaloq koni uchun kompressor st-yasi qurish, "AIG", "Emsi-Ay" turli sohalarda oʻzbekistonlik sheriklari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |