Xamkorlikning yangi sifatidagi strategik sheriklikka asoslangan uchinchi bosqichi 11-sentyabr voqealaridan keyin boshlandi. O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi halqaro terrorizmga, narkobiznesga qarshi kurash, mintaqada barqarorlikni ta’minlash bo’yicha manfaatlarning mushtarakligi natijasida uzoq yillar davomida Afg’onistonga o’rnashib olgan terrorizmni yo’qotish imkoniyati paydo bo’ldi. Ushbu manfaatlarning mos kelishi ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqdi.

Respublikada AQSH investorlari ishtirokida tashkil etilgan 5000 dan ortiq korxona, jumladan, 4500 dan ortiq qo’shma korxonalar va 260 ga yaqin to’liq AQSH sarmoyasiga asoslangan korxonalar foliyat ko’rsatmoqda. Mazkur korxonalar faoliyati sanoatning tog’-kon, kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat va mashinasozlik kabi sohalarini qamrab oladi. Misol tariqasida "Jeneral Motors", "Keiz korporeyshn", "Koka-Kola", "Teksako", "Beiker Xyuz", "Dyunevent", "Prokter end Gembl", "Ey-Ay-Dji" kabi yirik kompaniyalarni keltirish mumkin. Xususan, 2011 yilda "Jeneral Motors" kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobillarning kuchlanish agregatlarini ishlab chiqaradigan korxonaning foydalanishga topshirilishi mamlakat ichki ehtiyojlarini to’liq ta’minlash yoki mahalliy avtomobillarni mahalliylashish darajasini oshirish bilan birgalikda avtomobil dvigatellarni tashqi bozorlarga eksport qilish imkonini ham yaratadi.

Do'stlaringiz bilan baham: |