Reja An’anaviy ta’lim. Integrativ faoliyat haqida tushuncha Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalashning nazariy asoslari Hozirgi integratsiyaning zamonaviy muammolari



Download 41,41 Kb.
bet6/7
Sana09.02.2022
Hajmi41,41 Kb.
#438840
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-мавзу

Turli muammolar asosida
Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) muammolar asosida tatbiq etishga o‘rinishlar ko‘p uchraydi. Bunda tabiiy, ilmiy bilimlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo‘llaniladi. Bu sinfdagi integrativ kurslar (asosan, ekologiya bilan bog‘liq kurslar) maktablar ish faoliyatida keng tarqalgan.
Muammolar bo‘yicha to‘zilgan integrativ kurslar rivojlanishiga global ta’limning rivojlanishi ham to‘rtki bo‘ldi. Bu yo‘nalishning tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mamlakatlarning va millatlarning ekonomika, fan, siyosat, ma’naviyatining o‘zviy bog‘liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli ta’sir ko‘rsatadi, degan tasdiqlashni asos qilib olishgan.
Tabiiy fanlar asosini o‘rganishda o‘quvchilar kitob bilan ishlash, kuzatishlar olib borish, tajribalar o‘tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish kabi turli o‘quv-ta’lim ish faoliyati bilan to‘qnashadi. O‘quvchilarni faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiqdek ko‘rinadi. U o‘qitish jarayonining har bir vaqtida foydali bo‘lishi mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda. mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy fanlarni o‘zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek o‘quvchilari chet ellik tengdoshlarga nisbatan ko‘p ma’lumot o‘zlashtirishsa ham, uni tatbiq qilishda sezilarli darajada orqada qolishadi. Ko‘pchilik bunga sabab asosiy ko‘nikmalarning moslashtirilmaganida deb biladi. Balki, o‘zoq vaqt davomida an’anaviy maktabda integrativ darslarga e’tibor berilmaganidadir? Bu yerda bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning asosiy sinflari sanab o‘tildi. Lekin o‘quv fanlarini integratsiyasi jarayonida qator kamchiliklar ham bo‘lishi mumkin.
Birinchidan, aytib o‘tilgan tabiiy integrativ kurslarni tuzish yo‘llari ko‘pincha bir-birini takrorlaydi va birga qo‘llaniladi, bu bilan yangi asoslar yaratilib, ularni tartibga keltirish, ilmiy asos yaratish qiyinlashadi.
Ikkinchidan, integrativ kurslar fanlararo aloqaning o‘rnini bosa ol­maydi. Bizning fikrimizcha, ular bu aloqaning tashkil etuvchilaridan biri.
Uchinchidan, tabiiy ilmiy ta’limning qulay tuzilishi shundaki, integrativ kurslar o‘quv rejasining o‘zgaruvchan qismiga kirib, uning regional tashkil etuvchisi hisoblanadi.
To‘rtinchidan, to‘liq o‘quv-metodik qo‘llanmalarning yo‘qligi integrativ kurslarning o‘quv jarayoniga tatbiq etilishida qiyinchiliklar tug‘diradi. Ularning mualliflari dastur to‘zib, umumiy metodik ko‘rsatmalar tuzishgandan so‘ng to‘xtab qolishadi.
Beshinchidan, integrativ kurslar uchun o‘qituvchilarni rejali va maqsadga muvofiq tayyorlash tizimi hali takomillashgani yo‘q.
So‘nggi o‘n yilliklar ichida ta’lim falsafasi shunday ilmiy yo‘nalishga aylandiki, u insonning ta’lim olish jarayonida yaxlit intellektual rivojlanishi borasidagi savolga javob taklif etmoqda. Ta’lim olayotgan yosh insonning rivojlanish sharoitidagi qarama-qarshilikni amaliyotdagi pedagoglar aniqlashgan. Fan o‘qitishdagi integratsiya bo‘yicha ularning taklifi tashqi birikish harakteriga ega, aslida esa fanlarni integratsiyalashni chuqur metodologiya asosida o‘tkazish zarur. Yangi rivojlanayotgan fan mazmunida turli falsafiy oqimlarda paydo bo‘lgan g‘oya va metodlar birlashuvi ehtimoli bor. Ta’lim falsafasi tomo­nidan nafaqat tabiiy moslashuv, balki kontinental moslashuv ham o‘zlashtirilmoqda.5
Olimlardan T.Kun va V.S.Styopin bu boradagi ishlari natijasida falsafa, tabiat va madaniyat haqidagi fanlarni birlashtirdi. Shunday qilib, fizika modellariga zamonaviy inson ongi murojaat etuvchi ilg‘or fanga aylandi. XX asr o‘rtalarida ilg‘or fanlar orasida kibernetika yuqori o‘rin egalladi. Kibernetikada o‘zlashtirilgan prinsiplar o‘z qo‘llanishini anorganiq olamdagi hodisalarni tushuntirishda biologiya, texnikadan topdi. Noklassik fizikadagi N.Bornning qo‘shimchalilik prinsipi avval olimlar tomonidan umumiy tabiat qonuniyatlarini ifodalovchi falsafiy prinsip, deb aniqlangan edi. Bu esa kelgusida boshqa fanlar rivojlanishiga asos soldi. Qonuniyatlar majmuasi shakllanish vaqtiga kelib, fan ko‘p qirrali bo‘la boshlaydi, inson tasviri ko‘proq gavdalanadi. Integratsiya jarayonini kuchaytirishga, insoniyat tajribasini tartiblashtiruvchi madaniyat toifalarini izlashga zaruriyat tug‘iladi. Zamonaviy falsafa taqdim etgan integratsiyaning poydevor tarkibiy elementlariga dunyoqarash omillari kiradi. Ular ma’noni anglash, tushunish va insonning dunyoni ko‘rish usulini belgilaydi. Ta’lim falsafasi dunyoni ma’naviy o‘zlashtiradi.
Adabiyot, madaniyat faoliyat yo‘nalishlari kabi ma’naviy ishlab chiqarish va bir necha qobiliyatlarni aniqlab berishdek murakkab jarayonlarni amalga oshiradi. Farq shundaki, ta’lim falsafasida bu hodisa yetuklik darajada. metodologik jihozlangan tartibda ro‘y beradi. Kundalik fikrlash, ma’na­viy anglash falsafiy madaniyat – qobiliyatlarning birlamchi shaklida paydo bo‘ladi. Tahliliy ishlar mobaynida universal toifalar mazmuni murakkablashadi. Bu asosda yetarli murakkab va o‘ziga xos falsafiy g‘oya komplekslari rivojlanadi. Bola anglash dunyosi orqali falsafa maydonida turib qoidalar ob’ektiga aylanadi. Tabiat, jamiyat, inson o‘zining real dunyosi ma’naviy tahlili uchun ideal ob’ektlar bilan ishlash zaruriyati shunga olib keladiki, bu ob’ekt fikrlash metodlariga bog‘liq bo‘ladi. Universal (ko‘p xossali) toifalar anglash jarayonida moddiy ta’sirlanishga uchraydi.
Hozirgi vaqtda pedagogik amaliyotda fanlararo bog‘lanish asosida ta’lim jarayoni integratsiya yo‘llarida izlanishlar davom etmoqda. Olib borilayotgan ishning foydaliligini tan olgan holda uning harakterini belgilab o‘tamiz. Bunday tarbiyaviy ish katta samaraga ega. Mazmun va ta’lim maqsadi integratsiyasi bo‘yicha masalani faqat ta’lim falsafasi asosida yechish mumkin. Metodologik apparat asosidagi ta’lim falsafasi boshida fanning ideal shakllari, universal toifalar turishi kerak.
Integratsiya rusum ham, navbatdagi kompaniya ham emas. U shunday an’analar aksiki, ular bugun inson faoliyatining barcha sohalarini ta’riflab beradi. Bu faoliyat kengliklari o‘zgardi, davriing dolzarb muammolari tug‘ildi. Zamonaviy tabiatshunoslik odamzod faoliyatining barcha turlarini o‘z ichiga olgan bu fanlarning metodologiyasini yangiliklar bilan bog‘lash kerak. Fanni anglash jarayonida ijtimoiy-insonparvarlik, tabiiy-ilmiy, texnik bilim metodologiyalari o‘zaro bog‘lanishda ko‘rinadi. Aynan integratsiya asosida tabiiy fanlar bioolam ko‘rsatmalaridagi, inson faoliyatini o‘rganishdagi, davriing dolzarb muammolarini yechishda ko‘rinadi. Xullas, bu tafovut munosabatlar o‘zgarishida va barcha maktab talablarining umum-madaniy bilimlarida namoyon bo‘ladi. Integratsiya tabiiy-ilmiy ta’lim mazmuni insonparvarlashuvining asosiy mexanizmi bo‘lib chiqadi. Hozirgi kunda tabiiy-ilmiy ta’lim ahamiyatini baholab xulosalash mumkinki, u tabiiy-ilmiy haqqoniylik va insonparvar ideallar birga bo‘lishiga da’vat etadi. Integratsion yondashuv qo‘llanishi tabiat­shunoslik va tevarak-atrof bilan tanishuv kursida ko‘rsatilgan.



Download 41,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish