militsiya tarzida berilgan.
Yangi imlo qoidasining 63-bandida «yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalarning ajratib yozilishi” qayd etilgan. «Dolzarb lug‘at»da bu qoidaga ham rioya etilmaydi. Buni guldan-gulga, kundan-kunga, og’izdan-og’izga so‘zlarining yozilishida ham kuzatish mumkin.
Ushbu lug‘atda ъ belgisi qo‘llangan so‘zlarning yangicha imlosi yuzasidan ham ayrim nomutanosibliklar ko‘zga tashlanadi.
Ming shukrki, orzu va armonlarimiz ushaladigan kunlarga ham yetib keldik. O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari xalqimiz hayotida tub burilish yasab, til borasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Zero, oxirgi yillarda til siyosati borasida bajarilgan ishlar o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini tubdan oshirishga xizmat qilayotganini har kuni, har soniyada ko‘rib, bilib turibmiz. Endi “Bu ishlarni qilish zarur”, deb emas, balki “Bu ishlar bajarildi”, “Bu g‘oya amaliyotga tatbiq etildi”, deb eʼtirof etyapmiz.
Joriy o‘zbek lotin alifbosi 25 yildan ortiqroq vaqt davomida amaliy jihatdan o‘zini to‘liq oqlamadi, yaʼni mazkur harflar yozilishi, qo‘llanishi jihatidan barcha ehtiyojlarimizni to‘laqonli qondira olishini namoyon etolmadi. Shunga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda bir necha harfni boshqacha shaklda yozish taklifi bildirildi. Tabiiyki, 26 yil avval qabul qilingan alifbo o‘sha davr talablariga javob bergan. Hayot esa o‘zgarmoqda. Uning shiddati, globallashuv jarayonlari imlo va yozuv masalasiga ham o‘z taʼsirini o‘tkazmoqda, albatta. Shu jihatdan imlo qoidalari va yozuv ham davr, vaqt, madaniyatlararo kommunikatsiya, global axborot tarmoqlari talablari nuqtayi nazaridan isloh qilinishi hamda o‘zgartirilishi tabiiy. Shunga ko‘ra, 2016-yilda — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil qilingan dastlabki oylarda O‘zbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifboni isloh etish va imlo qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘ish hamda umumlashtirish uchun respublikadagi taniqli tilshunos olim, yozuvchi, o‘qituvchilar, kompyuter mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi. Joriy alifbo va imlodagi isloh etilishi zarur bo‘lgan o‘rinlar turli yig‘inlarda ilmiy-amaliy tahlildan o‘tkazib borildi. Respublikadagi umumiy o‘rta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari bilan joriy alifbo va imlo muammolari tahlili yuzasidan davra suhbatlari, amaliy seminarlar tashkil qilindi. Amaliyotdagi insonlarning fikri o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga o‘zbek tilining alifbosi va joriy imlosini takomillashtirish yuzasidan yuborilgan murojaatlar tahlil qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tili alifbosi va joriy imlo qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar yig‘ish uchun maxsus guruhlar tashkil etildi. Guruhlarda bildirilayotgan fikrlar tahlil qilindi. Ishchi guruh o‘zbek tili alifbosi va joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha barcha taklif hamda xulosalarni umumlashtirib, hamkor tashkilotlar bilan muhokama qilgach,Vazirlar Mahkamasiga topshirdi.
Bu alifboning o‘ziga xos yutug‘i, birinchidan, alifbo tartibi ixchamlashdi, lotin tilidan meros qolgan harflardan 24 tasi (
Do'stlaringiz bilan baham: |