Amaliy mashg‘ulot
Gimnastika atamalari haqida asosiy ma’lumotlar
Gimnastika atamashunosligi о‘quvchilar tomonidan mashqlarni egallash bilan bir vaqtda о‘rganiladi.
Gimnastika atamashunosligi – mashqlarni, umumiy tushunchalarni, snaryadlar va inventarlarning nomlarini qisqacha belgilash uchun qо‘llaniladigan maxsus belgilar (atamalar) tizimi, gimnastikada atamashunoslikning roli juda katta. U о‘qituvchi (murabbiy) va о‘quvchilar orasidagi muloqotni yengillashtiradi, mashqlarni о‘rgatish va yozib borishda qisqacha belgilashga yordam beradi.
Gimnastikada sо‘zlarning о‘zaklaridan atamalar sifatida keng foydalaniladi: osilish, tayanch, о‘tirish, max va b.q. Statik holatlar tayanch shartilan kelib chiqqan holda belgilanadi: turishlar – boshda, yelkada, kurakda, qо‘llarda; tayanish – qо‘llarda va b.q.
Shuningdek, butun tana va uning alohida qismlarining fazodagi holatidan kelib chiqib: sodda osilishlar – osilish engashgan holda, osilish orqaga engashgan holda, osilish burchakli; aralash osilishlar – osilish о‘tirgan holda, osilish turgan holda, osilish yotgan holda (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |