dars ishlanmasi
(namuna)
Dars о‘tkazish sanasi «______» _________ 201__y.
Dars о‘tkazish joyi: Sport zal
Sinf: 7- sinf
Ajratilgan vaqt. 40 daqiqa.
Mashg‘ulot mavzusi: Jismoniy sifatlarni rivojlantirish: (egiluvchanlik, chidamlilik)
Jixoz va anjomlar: baland-past turnik, xari, gimnastika о‘rindig‘i.
TG‘r
|
Mazmuni
|
Bajarish vaqti
|
Tashkiliy metodik kо‘rsatmalar
|
1.
|
Tayyorlov qism: 8-12 daqiqa
|
1. Saf turish. Raport. Vazifani tushuntirish.
|
1-2 daqiqa
|
Shug‘ullanuvchilarni bir qator safga tortib amalga oshirish.
|
2.Yurish va yugurish
|
2- daqiqa
|
Oraliq masofani saqlagan holatda yugurish.
|
3. Aylana bо‘ylab URM.
|
3-4 daqiqa
|
URM lar aylana bо‘lib saflangan xolda amalga oshirish.
|
UJT:
|
4-5 daqiqa
|
|
a) egilib bukilishni yotgan holda bajarish
|
10-15 marta
|
Belni muvozanat holatda (tо‘g‘ri)tutish.
|
b) «kenguru» usulida sakrash
|
10-15 marta
|
Tizzalarni buklagan holda kо‘krakka tekkishishga harakat qilish.
|
v) yotgan holda oyoqlarni balandga kо‘tarish
|
7-8 marta
|
Oyoqlarni tо‘g‘ri ushlash
|
g) yotgan xolda oyoqlarni kо‘tarib ostidan chapak chalish
|
8-10 marta
|
Oyoqlar tizzalardan bukilmasligiga axamiyat qaratish.
|
2.
|
Asosiy qism: 25-30 daqiqa
|
Otda (Hari) – sakrash mashqlari
|
|
Mashqlarni guruh-guruhga bо‘lib bajarishni tashkillash
|
a) ot ustidan chapga va о‘ngga sakrash
|
5 daqiqa
|
Qо‘llar tushirilan holda ot ustidan sakrash va yengil qо‘nishga axamiyat berish
|
b) chap-о‘ngga yagona aylana xosil qilish
|
3- daqiqa
|
Oyoqlarni tо‘g‘ri ushlash
|
v) tо‘g‘ri gavda bilan aylana xosil qilish
|
4 min daqiqa
|
Gavda tо‘g‘ri, oyoqlarni oldinga chо‘zgan holda
|
Halqa:
|
|
|
a) osilgan xolda siltanish
|
3-4 daqiqa
|
Siltanish vaqtida qо‘l kiftini orqaga tashlash
|
b) osilgan holda egilib 2 marta siltanish, egilib, bukilish.
|
3 -daqiqa
|
Belni tо‘g‘ri ushlash
|
v) orqaga gavdani yengil tashlash, 2 marta siltanish
|
3- daqiqa
|
Oyoqlarni va boshni tо‘g‘ri ushlash
|
3.
|
Yakunlovchi qism 3-5 daqiqa
|
1.Muvozanat vaziyati (oyoqlarni yon tomonga va orqaga), arqonga tortilish;
2. Saf tortish va natijalarni e’lon qilish .
Zaldan tartib bilan chiqish.
|
3-5 marta
1 daqiqa
|
Gavdani tо‘g‘ri tutib turish
Uyga vazifa topshiriladi. Mashg‘ulotda aniqlangan yutuq va kamchiliklar e’lon qilinadi.
|
Dars ishlanma
Dars о‘tkazish sanasi
Dars о‘tkazish joyi: Sport zal
Sinf: 8- sinf
Ajratilgan vaqt. 40 daqiqa
Mavzu : Muvozanat saqlash mashqlarini о‘rgatish
Vazifa: 1. Yakka chо‘p ustida muvozanat saqlab yurish.
2. Koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jixozlar: Gimnastika о‘rindig‘i, gimnastika yakkachо‘p, bayroqchalar.
TG‘r
|
Mazmuni
|
Mehyori
|
Tashkiliy
metodik kо‘rsatma
|
Tayyorlov qismi 8-12 daqiqa
|
1.
|
Saflanish. Raport qabul qilish.
Mavzu vazifasini tushuntirish.
|
1-2 min
|
Shug‘ullanuvchilarni bir qator safga tortib amalga oshirish.
|
2
|
Yurish. Yugurish.
|
2-3 min
|
Qomatni tо‘g‘ri saqlab yurish va yugurishda oraliq masofani ochib yugurish
|
3.
|
Doira shaklida turib URM bajarish
|
3-5 min
|
|
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
A) Gavdani oldinga (orqa, yon tomonlarga) bukish, keng qadam tashlab.
B) Oldinga engashib qо‘llarni oldinga (yuqoriga, orqaga) uzatish.
V) Qо‘llarni yuqoriga kо‘targan xolda oyoqlarni-navbatma-navbat bukish va tо‘g‘rilab gavdani aylanma harakatlantirish
G) Tayanib yotish xolatida qо‘llarni bukib-yozish
D) Chalqancha yotgan xolatda orqaga yengashib gimnastika narvoniga orqa bilan turgan holatda sherigi yordamida “kо‘prik” turish.
YE) Gimnastika narvonchasida orqa bilan osilib turgan holatda oyoqlarni kо‘tarib tushirish
J) Yotgan holatda butun tana muskullarini bо‘shashtirish
|
5-7 marta
6-8 marta
8-10 marta
8-10 marta
6-8 marta
6-8 marta
2 daqiqa
|
Mashqni keng qadam tashlab amalga oshirish
Qomatni tо‘g‘ri tutishga va tizzalar bukilmasliga axamiyat qaratish
Gavda о‘ng tomonga engashganda chap oyoqga, chapga engashganda о‘ng oyoq bukiladi.
Mashq bajarishda bosh va gavda harakatlariga e’tibor qaratish.
Mashq bajarishda sherigi himoyada turadi.
Mashqlarni guruh-guruh bо‘lib alohida va dam olib bajarish
|
Asosiy qism 25-30 daqiqa
|
1.
|
Kichik tayanchda oyoq uchlarida, tovonlarda, bir oyoqda tik turish, sakrab burilishlar
|
6-8 daqiqa
|
Qomatni tо‘g‘ri tutishga axamiya qaratish
|
2.
|
Gimnastika о‘rindig‘i ustidan qо‘l va oyoqni turli harakatlantirib yurish
|
6-8daqiqa
|
О‘qituvchi ximoyada turib tо‘g‘ri kо‘rsatma berib boradi
|
3.
|
Yakka chо‘p ustiga qо‘yilgan jismlar (tо‘ldirma tо‘p, tortilgan ip va x.k) ustidan oshib yurish.
|
6-8 daqiqa
|
Mashq bajarishda boshni egmaslik, oldinga qaragan holatda bajarish
|
4.
|
Yakkachо‘p ustida muvozanat saqlab yurish va burilish .
|
6-8 daqiqa
|
Burilish mashqlari oyoqni tо‘g‘ri qо‘yib burilishga ahamiyat berish.
|
Yakunlovchi qism 3-5 daqiqa
|
1.
2.
|
D.h – asosiy tik turish , kо‘krak qafasini chо‘zib (3 hisobda) nafas chiqarish. Kо‘krak qafasini kо‘tarib va kengaytirib 2 hisobda nafas olish
D.h – Shuning о‘zi, lekin 5-6 hisobda nafas chiqarish va 4 hisobda nafas olish
Saflanish. Mashg‘ulotga yakun yasash. Xayrlashish. Zaldan tartib bilan chiqish.
|
3-4 marta
|
Mashqlarni seriyalab 3-4 martadan takrorlab dam olib bajarish
Nafas olish va chiqarish burun bilan tovushsiz, bir tekisda, ortiqcha zо‘r bermasdan bajarish kerak
|
-
-
-
-
-
-
-
-
7-Mavzu: 1-9 sinflarda voleybol о‘yini texnikasi va taktikasini о‘rgatish metodikasi.
Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajak taraqqiyoti birinchi galda xalqning, yoshlarning jismoniy va mahnaviy kamoloti bilan о‘lchanadi. Ayni paytda xalqning jismoniy, intellektual salohiyatini rо‘yobga chiqarish, bu borada tegishli zahiralarini shakllantirish XXI asrda taraqqiyot va yuksalish kafolatiga aylanib bormoqda.
Bu haqiqatni chuqur va har tomonlama idrok etib, mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarimizdan boshlab yurtimizda sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasini davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yо‘nalishlaridan biriga aylantirish, bu borada о‘ziga xos milliy tizim yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirdi. Ana shu maqsadda istiqlolning dastlabki yilidayoq “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etildi, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola, sog‘lom nasl uchun kurash yо‘lida salmoqli qadamlar qо‘yildi. Birinchi davlat mukofotining “Sog‘lom avlod uchun” ordeni deb atalgani bu boradagi intilishlar qanchalik qathiy va uzoq maqsadlarni kо‘zlaganidan dalolat edi.
Muhimi shundaki, davlatimiz rahbari mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish nafaqat bolalar va о‘smirlarni, balki butun xalqni ommaviy sport harakatiga jalb qila oladigan о‘ziga xos samarali tizimni shakllantirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlarining uzviy va ajralmas qismi deb bildi. Bu sohadagi tadbirlarni о‘zaro uyg‘un va mushtarak tarzda tashkil etish taklifini berdi.
Butun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining turli qatlamlarini qamrab olgan samarali milliy tizim vujudga kelgani va u hozirdanoq yaxshi natijalar berayotgani xorijiy mamlakatlar tomonidan ham tan olinib, ehtirof etilayotgani quvonarli holdir.
Sо‘nggi yillarda sport va jismoniy tarbiya yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish tо‘g‘risida”gi 2002 yil 24 oktabrdagi Farmonida “Bolalarni jismoniy va mahnaviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport kо‘nikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlardagi mashg‘ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda
ularni tadbiq qilishga kо‘maklashish” lozimligi alohida tahkidlandi. Vujudga kelgan yangi ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratdi. Kо‘plab zamonaviy sport inshootlari qurilib, turli xil sport uskunalari va anjomlari ishlab chiqarilmoqda.
Zamonaviy tipdagi yangi qurilgan sport inshootlari va ularni jahon standartlariga javob beradigan sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni yildan yilga ortib borayotganini kо‘rsatmoqda.
Ana shu ezgu ishlar hozirgi kunda ham izchillik va qathiyat bilan davom ettirilib, xalqimiz, avvalo yoshlarimiz о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga mustahkam zamin bо‘lmoqda, mamlakatimizda jismoniy-intellektual resurslarining rо‘yobga chiqishini tahminlamoqda.
Bugungi kunda poytaxtimizda, viloyat va tuman markazlarida sportning, ayniqsa, yoshlar orasida ommaviylashib borishini tahminlovchi birlamchi omil - munosib shart-sharoitlar yaratildi. Zamonaviy sport inshootlari, о‘yingoh va majmualarining barpo etilishi о‘quvchi-yoshlarni ommaviy sport musobaqalari bilan tо‘liq qamrab oladigan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” о‘yinlaridan iborat uch bosqichli milliy tizimning shakllanishiga asos bо‘ldi. Natijada sport, jismoniy tarbiya yoshlar dunyoqarashiga ijobiy ta’sir etib, jismoniy-intelektual resurslar rivojining yangi bosqichga kо‘tarilishini tahminlamoqda.
Shuningdek, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportning ta’limdan tashqari tizimi ham shakllanmoqda. Bu о‘quv maskanlari, mahallalar qoshida turli sport tо‘garaklari faoliyatlarini yо‘lga qо‘yish, sport maydonchalari va majmualarini barpo etish ishlarida yaqqol namoyon bо‘lmoqda. Bularning barchasi yurtimizda har bir о‘g‘il-qiz sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy baquvvat bо‘lishi, shu tariqa sog‘lom turmush tarzini о‘z hayotining mahno-mazmuniga aylantirishi haqidagi fikrlar amalga tobora kо‘proq о‘z aksini topayotganidan darak beradi.
Sport bilan doimiy ravishda shug‘ullanadigan bolaning jismi ham, ruhi ham tetik bо‘ladi, uning butun vujudi uyg‘un tarzda kamol topadi.
О‘zbekistonda voleybolning rivojlanishi
О‘zbekistonda voleybolning rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumot. Voleybol о‘yini haqida tushuncha. Maktab о‘quvchilari о‘rtasida voleybolning rivojlanishi. О‘zbekiston Respublikasi maktab о‘quvchilari uchun voleybol bо‘yicha о‘tkaziladigan musobaqalar. Bolalar organizmiga voleybol bilan shug‘ullanishning ta’siri.
Asbob-anjomlar va jihozlar. Voleybol о‘ynash uchun zarur bо‘lgan jihozlar, ularni saqlash. Zalda va ochiq havoda о‘tkaziladigan mashg‘ulot joyini jihozlash.
Gigiyena, tibbiy nazorat, shikastlanishning oldini olish, birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish. Voleybol bilan shug‘ullanuvchilar uchun о‘yinning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda umumiy gigiyenik talablar. Kun tartibi, ishlash tartibi, dam olish, uxlash gigiyenasi. Payafzal va kiyim gigiyenasi. Organizmni chiniqtirish uchun tabiatning tabiiy (quyosh, havo, suv) omillaridan foydalanish. Tibbiy nazorat. Voleybol bilan shug‘ullanganda shikastlanish va uni oldini olish tadbirlari. Shilinish, chо‘zilish, qon oqish. Shikastlanganga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish, qon oqishini tо‘xtatish usuli.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik
Jismoniy tayyorgarlik haqida tushuncha. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning vazifasi: jismoniy sifatlarni (tezlik, epchillik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik) rivojlantirish, harakat malakalarini takomillashtirish, shug‘ullanuvchilarni «Alpomish» va «Barchinoy» test mehyorini topshirishga tayyorlash. Umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi: gimnastika va yengil atletika mashqlari, sport va harakat о‘yinlari, suzish va boshqalar.
Sakrovchanlikni rivojlantirish uchun beriladigan mashqlar
CHо‘qqayib о‘tirish, chо‘qqayib о‘tirgan holatdan yuqoriga sakrash, yarim chо‘qqayib о‘tirish, turgan joyda bir oyoqda, ikki oyoqda va harakatda yuz bilan oldinga, yon tomonga, orqa bilan oldinga sakrash. Gimnastik kondan pastga qarab sakrash, osib qо‘yilgan tо‘pga, bir va ikki oyoqda depsinib sakrab qо‘lni tegizish. Arg‘amchida sakrash. Estafetalar.
Tо‘pni uzatishda qatnashadigan, mushaklarni mustahkamlash uchun beriladigan mashqlar. Qо‘l panjalarini mustahkamlash va uning harakatchanligini oshirish. Kо‘krakda tо‘ldirma tо‘pni ikki qо‘llab otish (oldinga, bosh ustida) va ilib olish, tо‘ldirma tо‘pni uzoqqa otish. Basketbol tо‘pini kо‘p marta uzatish va ilib olish, basketbol tо‘pini maydonga urib olib yurish.
Tо‘pni о‘yinga kiritishni bajarishda qatnashadigan mushaklarni mastahkamlash uchun beriladigan mashqlar. Bosh orqasida ikki qо‘llab tо‘ldirma tо‘pni otish. Bir qо‘l va ikki qо‘lda yuqoridan va pastdan tо‘ldirma tо‘pni otish.
Hujumkor zarba berishda qatnashadigan, mushakning tez qisqarishi va kuchli rivojlantirish uchun beriladigan mashqlar. 1 kg li tо‘ldirma tо‘pni ikki qо‘llab tо‘r ustidan oshirib otish, turgan joyda va sakrab ikki qо‘llab tо‘ldirma tо‘pni boshdan oshirib otish. Turgan joyda, yugurib kelib tennis koptogini uloqtirish, sakrab tо‘r ustidan oshirib uloqtirish.
Akrobatik mashqlar. G‘ujanak bо‘lib oldinga va orqaga, yon tomonga dumalash. Kurakda tik turish. Umbaloq oshish, tayanib о‘tirgan va asosiy tik turgan holatdan yugurib kelib umbaloq oshish. Bir necha umbaloq oshishni birga qо‘shib bajarish.
Voleybol о‘yini texnikasi va taktikasi asosi
Voleybol о‘yini texnikasi haqida tushuncha. Voleybolning asosiy texnik usullari: turish, siljish, tо‘pni о‘yinga kiritish, tо‘pni uzatish, hujum zarbasi, tо‘siq qо‘yish. О‘yin taktikasi haqida tushuncha. Himoyada, hujumda yakkama-yakka harakatlanish, himoyada va hujumda guruh bо‘lib harakat qilish.
Amaliy mashg‘ulot. Voleybol о‘yini texnikasini о‘rgatish. Turish holati. Voleybol о‘yini uchun xos, har xil siljishlar, tо‘pni о‘yinga kiritish bilan qabul qilish. Ikkinchi uzatishni bajarish uchun dastlabki holatni qabul qilish. Siljish. О‘ngga, chapga, oldinga, orqaga, yonlama qadam tashlab, ikki qadam sakrab, siljishning har xil usullarini birga qо‘shib bajarish, siljishdan keyin tо‘xtash. Tо‘pni uzatish. Tо‘pni ikki qо‘lda yuqoridan uzatish.
Tо‘pni tagiga chiqish. Tо‘pni uzatishda oyoq, qо‘l, gavda holati va harakatining bir-biriga mosligi. Turgan joyda va harakatda bosh ustidan tо‘p uzatish. Qatorda qarama-qarshi tomonga tо‘p uzatish. Juft-juft bо‘lib siljish bilan tо‘p uzatish. Shit va devor oldida tо‘p uzatish, 6- zonadan 3- zonaga, 3- zonadan 4- zonaga yoki 6- zonadan 3- zonaga, 3- zonadan 2- zonaga tо‘p uzatish. «Tо‘p havoda», «Tо‘p kapitanga» harakatli о‘yinlari, tо‘pni uzatish bilan bajariladigan estafetalar. Tо‘pni pastdan uzatish (tanishtirish), qо‘l va oyoq, gavda holati. Tо‘p bilan bajariladigan tayyorgarlik mashqlari. Tо‘pni о‘yinga kiritish. Tо‘pni pastdan о‘yinga kiritish: tо‘g‘ridan va yon tomondan (yon boshdan). Tо‘pni yuqoridan tо‘g‘ri о‘yinga kiritish. Tik turish, tо‘pni yuqoriga otish, gavda, oyoq, qо‘l holati. Tо‘pni yuqorida va ikki qо‘llab pastdan qabul qilish.
Hujum zarbasini berish. 4 va 2- zonalarda tо‘g‘ridan zarba berish. Tо‘r ustidan (balandligi 140- 200 sm.) sakrab tо‘ldirma tо‘pni ikki qо‘llab otish. Yugurib kelib va turgan joyidan tо‘r ustidan tennis koptogini uloqtirish, yugurish, sakrash, qо‘lni siltash va qо‘shish. Rezinali amortizatorga о‘rnatilgan tо‘pga zarba berish. Sherigi tomonidan tashlangan tо‘pga tо‘r ustidan zarba berish.
Tо‘siq qо‘yish. 3, 2, 4- zonalarda (tо‘rni balandligi 2 m-2.20 sm.) bir kishilik tо‘siq qо‘yishga tayyorgarlik va yordamchi mashqlar berish. Tо‘rni yuqori chekkasiga olib qо‘yilgan tо‘pga (tо‘ldirma yoki voleybol) tо‘rni oldida siljib, tо‘xtab va sakrash bilan tо‘pga qо‘l panjalarini tegizish. Tо‘r ustiga qо‘yilgan yengil rezinali tо‘pga tо‘siq qо‘yish.
Voleybol о‘yini taktikasini о‘rganish
Hujumda yakkama-yakka taktik harakat. Birorta harakatni bajarish uchun dastlabki holatni egallashni bilish, tо‘r ustidan tо‘pni qaytarish usulini tanlash, tо‘pni tо‘r ustidan raqib maydonchasining mag‘lum zonasiga yо‘naltirish, tо‘pni pastdan va yuqoridan о‘yinga kiritishni almashlab borish. Himoyada yakkama-yakka taktik harakat, tо‘pni uchish yо‘nalishini imkoni boricha aniqlay bilish va о‘z vaqtida tо‘pni qabul qilib olish uchun chiqish, о‘yin sharoitiga mos ravishda tо‘pni yuqoridan va pastdan uzatishni qо‘llash, hujumda guruh bо‘lib harakat qilish. Tо‘pni о‘yinga kiritgandan keyin qabul qilish va birinchi uzatishni 3- zonaga, 3- zonadan 4- zonaga yoki 2- zonaga zarba berish uchun uzatiladi. 5,4,6 -zonadan tо‘pni 3- zonaga birinchi uzatish va 2- zonaga ikkinchi uzatish, 2-zonadan tо‘r ustidan oshiriladi. Tо‘pni 6- zonadan 2- zonaga, 2- zonadan 3- zonaga, 3- zonadan tо‘r ustidan oshiriladi.
Himoyada guruh bо‘lib taktik harakatlanish
Zarba berayotgan о‘yinchini muhofaza qilish. Noqulay sharoitda tо‘pni uzatishni bajarayotgan yoki raqibdan tо‘pni qabul qilib olayotgan о‘yinchini muhofaza qilish.
Texnika va taktika bо‘yicha о‘tilgan materiallar asosida mag‘lum topshiriqlar bilan о‘quv mashq о‘yini.
Nazorat о‘yini, musobaqani borib kо‘rish. Nazorat о‘yinlari oldidan о‘yinchilarga kо‘rsatma berish va о‘tkazilgan о‘yinni taxlil qilish. Bо‘ladigan о‘yinga topshiriq berish, jamoa о‘yinini taktik rejasi va alohida о‘yinchilarga vazifa berish. О‘tkazilgan о‘yinni va taktik reja bajarilishini tahlil qilish. О‘yindan xulosa qilish.
Amaliy mashg‘ulot. Boshqa maktab о‘quvchilari, bolalar va о‘smirlar sport maktabining boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari bilan nazorat о‘yinlarini о‘tkazish. Tuman, shahar, viloyat birinchiligi musobaqalarini borib kо‘rish.
“Alpomish” va “Barchinoy” test meyorlarini bajarish.
Voleybol bо‘yicha namunaviy dars ishlanmalar
Mashg‘ulot mavzusi: Voleybol texnikasini о‘rganish
Mashg‘ulotning maqsad va vazifalari: voleybol texnikasiga oid mashqlar bajarish.
Joy almashishlardan keyin tо‘pni yuqoridan uzatishga о‘rgatish.
Tо‘pni pastdan va tо‘g‘ridan uzatishga о‘rgatish.
Birinchi va ikkinchi uzatish taktikasiga о‘rgatish.
Mashg‘ulotning davomiyligi: 40 daqiqa.
Jihozlar: voleybol tо‘plari.
Tayyorlov qismi: 8-12 daqiqa.
1. Saflanish. Safda yugurish.
2. Tezkor joy almashish 15-mashq.
3. Voleybol tо‘pini devordan kо‘p marta oshirish va ilib olish.
Tо‘ldirma tо‘pni yuzi oldidan ikki qо‘llab (voleybolchi turish holatidan) uzoqqa otish (uloqtirish).
Polga tiralib yotish. Aylana bо‘ylab qо‘lida о‘ngga (chapga) aylanish, oyoq kafti joyida turadi. Xuddi shu, biroq о‘ngga va chapga siljish paytida qо‘l va oyoqlar bilan “yonlama” qadam tashlash.
Polga tiralgan holda qо‘llarni bukib yoyish (kaftlar, barmoqlar oldinga, ichkariga, tashqariga kiritilgan) xuddi shu mashq, biroq barmoqlarga tiralib bajarish.
Qо‘llar yonda, tizzada turgan holatdan oldinga egilgan qо‘llarga tayanib, itarilgancha dastlabki holatga qaytish.
Boshlang‘ich holatdan о‘ng oyoqda orqaga turib, oyoqni bir paytning о‘zida chapga burib oldinga siltash; shu mashq chap oyoqni о‘ngga burib bajarish (har bir tomonga ketma-ket bir necha martadan).
Kо‘krakka yotgan boshlang‘ich holatdan qо‘llarni ochib va oyoqni bukib, oyoq kafti bilan bosh orqasiga teginishga urinib, bukilish.
10. Chalqancha yotgan boshlang‘ich holatdan oyoqni tо‘g‘ri tutib yuqoriga kо‘tarish, uni qо‘llari bilan ushlab, prujina kabi о‘ziga tortish.
.
Asosiy qism: 25- 30 daqiqa
Tо‘pni yuqoridan uzatishga о‘rgatish – 12-15 daqiqa
Juftliklarda tо‘p uzatish – oldingi darslardagi topshiriqlar. О‘z ustidan oshirib uzatish, 360 ga burilish va sherikka uzatish.
О‘rtada – joyida turib olgan kirituvchi bilan va yonlama qadam tashlab, uzatish.
“Devor oldidagi estafeta” о‘tkazish.
О‘yinchilar 5-darsdagi 5-mashg‘ulotdagidek joylashadi. Mashq xuddi о‘shanday, biroq maydonning har ikkala yarmida bajariladi. 4 zonada о‘yinga tо‘pni tо‘r ustidan 6-zonaga yо‘naltiriladi, bu yerda о‘yinga tо‘pni qabul qilib, 3-zonaga yо‘llaydi va sherikka tо‘r ustidan oshirilgandan keyin о‘yinchi qarama-qarshi maydonchaga 6-zonaga о‘tadi.
Yuqoridan tо‘g‘ri uzatishga о‘rgatish: 12-15 daqiqa.
Yon chiziqdan qoidaga amal qilgan holda, tо‘pni maydon doirasida о‘yinga kiritish (oshirishni 5 sekund) davomida bajarish.
О‘yinchilar о‘qitish joyiga chiqishda murabbiy yoki ustoz xushtagidan keyin (maydonning boshqa yarmida yordamchilar) uzatishni bajaradi. Bо‘sh о‘yinchilar maydonchada joylashib, tо‘pni qabul qiladi. Yuqoridan ikki qо‘llab oladi, keyin navbat kutayotganlarga kelib qо‘shiladi va keyin uni о‘z navbatida maydonda navbat kutayotganlarga beradi.
IV. Yakunlovchi qism: 3-5 daqiqa.
Saflanish,sekin yugurish.Nafasni rostlash va taranglashgan mushaklarni bо‘shashtiruvchi mashqlar.Mashg‘ulotni yakunlash. Uyga vazifa.
Joy almashinib tо‘p uzatish
Do'stlaringiz bilan baham: |