Birinchi markaz 60-70 yillarda Yaqin Sharq mamlakatlarida neft qazib chiqaruvchi sanoatining taraqqiy etishi unga bog‘liq ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlanishi bilan tarkib topgan. Bu mamlakatlarda ishchi kuchiga bо‘lgan talabning keskin oshishi asosan chet el fuqarolarini jalb qilish hisobiga qondirishi mumkin edi xolos. Shu davrdan boshlab bu mintaqada jadal migratsiya jarayonlari boshlandi. Ishchi kuchlarining sonida xorijiy ishchi kuchining ulushi (Pokiston, Hindiston, Koreya, Filippin va boshqa mamlakatlardan) BAAda 90%ga yaqin, Qatarda 80% dan yuqori, Quvaytda 70% ga yaqin, Saudiya Arabistoni va Baxreynda 40% ga yaqinni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |