Tabibiy Soqiynomasi
Mumtoz adabiyotning rang-barang lirik janrlari ichida soqiynoma janri alohida o’rin tutadi.Soqiynomalarda soqiy, ya’ni may quyuvchiga murojat vositasida ijtimoiy-hayotiy, ahloqiy-ta’limiy va diniy-irfoniy fikr qarashlar o’z ifodasini topadi.
Tabibiy soqiynomasi tarkibi 5ta mustaqil she’rdan tashkil topgan bo’lib, ushbu asarni shoir “Masnaviyi soqiynomai Tbibiy’’ deb nomlagan.5bandning har birida alohida sarlavha mavjud bo’lib, ular:
“Masnaviyi soqiynomai Tabibiy I”
“Masnaviyi soqiynomai Tabibiy II”
“Masnaviyi soqiynomai Tabibiy III”
“Masnaviyi soqiynomai Tabibiy IV”
“Masnaviyi soqiynomai Tabibiy V”
nomlari bilan atalgan.Garchi har bir band alohida sarlavha bilan ajratilgan bo’lsada, ammo ular mavzu va mazmun jihatidan bir birining davomi hisoblanadi.
I Band
Soqiynomaning dastlabki bandida may, boda, jom, soqiy obrazlari va ularning ta’rifi haqida so’z yuritiladi.
Bu timsollar orqali Tabibiy insonlarga umrning o’tkinchiligi, uni qadrlash, qadriga yeta bilish kerakligi, o’tayotgan har bir fursatni g’animat bilish lozimligini alohida ta’kidlab, tushuntirishga harakat qilgan.
I band 47-baytdan tashkil topgan.
II Band
Soqiynomaning II bandi shoh madhiga bag’ishlangan.Aksariyat soqiynomalarda an’ana hisoblangan shoh madhini keltirishda Tabibiy Navoiyni o’ziga namuna qilib olgan, unga izdosh bo’lgan.Navoiy o’z soqiynomasida Husayn Boyqaroni madh etadi va uni ezgulikka intilib yashashga da’vat etadi.Talmeh san’atidan o’rinli foydalanib o’tmishda o’tgan tarixiy va afsonaviy shaxslarni unga namuna qilib ko’rsatadi.Tabibiy ham xuddi shu yo’ldan borib Anushervon, Aflotun kabi mashhur shaxlarni yodga oladi. “Adolatda Anushervondan ortiq”, “ Agar so’rsa fasohat birla mazmun, Qoshida mazlum o’lg’usi Falotun” deb Muhammad Rahimxon II ya’ni Feruzni madh etadi. Shuningdek, “Saxovatta oncha adog’i yo’q”, “Fazilat ahlining boshi”, “ Salotini jaxongir” degan ta’riflarni ham berib o’tadi.
Shu bilan birga Tabibiy mazkur bandda o’zining shohga xurmati cheksiz ekanligini ta’kidlab, ayni paytda shohning ham unga xurmati cheksiz ekanini aytadi va Tabibiy taxallusi ham aynan shohning o’zi tomonidan unga berilganini aytib o’tadi.
Inoyatlar bila aylab tafaxxus,
Tabibiy deb manga qo’ydi taxallus.
Shoh madhiga bag’ishlangan II band tarkibi 48 baytni tashkil qiladi.
Shu tariqa soqiynoma mavzusi shoirning falsafiy qarashlari bilan davom etadi.Asar jami 246 bayt, ya’ni 500 misradan tashkil topgan.
I band 47 bayt
II band 48 bayt
III band 52 bayt
IV band 51 bayt
V band 50 bayt
Soqiynoma aruzning sari musaddasi matviyi mavquf vaznida bitilgan:
Soqi(y) ketur ul qadahi xushguvor
--VV-- --VV-- -V-
Kim , manga g’olib erur asru xumor .
--VV-- --VV-- -V-
Darhaqiqat , soqiynomada falsafiy mushohadalar , axloqiy – ma’rifiy qarashlar badiiy san’atlar vositasida yanada jonli va ta’sirchan ifodalangan.Jumladan , Tabibiy inson umrining o’tkinchiligi , bu olamda hech bir narsa abadiy qolmasligi , yaratilish bor ekan , uning intixosi , yakuni ham bor ekanligini tazod va qaytarish san’ati orqali ifodalagan.
Har nakim mavjud esa navbahor,
Oxir anga bodi xazon xavfi bor. (tazod)
Kimga vafo ayladi bu charxi dun,
Kimga emas shiddat zulmi funun. (qaytarish)
Tabibiy ishq – muhabbat tuyg’ulari, ruxiy kechinmalarni, qalb iztiroblarini ta’sirchan ifodalash uchun ko’proq takrir san’atiga murojaat qilgan.
Bu holimni ko’rub ayla taraxxum,
Taraxxum qil, taraxxum qil, taraxxum.
Tarse:
Hama davridadur mamnunu axsan,
Hama ayyomidadur shodu xandon.
Ta’did:
Topib bir lahza tokim shodlig’ini,
Azobu qayg’udin ozodlig’ini.
Do'stlaringiz bilan baham: |