Mahsulot-pul munosabatlari yuksak bo'lgan. Pul tizimi kumush va bronza tangalari bo'hb, attik (tetra-draxma) tangalaridan iborat bo'lgan. Miloddan avvalgi II asrning so'nggi choragi (ba'zi manbalarda aytishlaricha, miloddan avvalgi 166 yil)da Yunon-Baqtriya podsholigi sak va yuechjilar qabdalari tomonidan istdo qilingan. Yunon manbalarining yozishicha, bu davlatga turh qabdalar tomonidan barham berilgan. Xitoy manbalarida esa Yunon-Baqtriya podsholigini faqatgina yuechji qabdalari istdo qilgan deb yozilgan. Miloddan avvalgi II asr boshlarida ko'chmanchi qabilalar Qang' davlatini barpo qdaddar. Ushbu davlatlar haqida ilk ma'lumot Chjan Szyan (mdoddan avvalgi 128 yil) yozma manbalarida uchraydi. Qang' davlati tarkibiga O'rta Osiyoning Amudaryo va Shdaryo o'rtasidagi yerlari (Baqtriyadan tashqari) kirgan. Poytaxti Bityan shahri bo'lgan. Xitoy manbalarining ma'lumot berishicha, Qang' davlati ahohsi 600000 kishini tashkd etgan. Qo'shindagi askarlar soni esa 120000 harbiydan iborat bo'lgan. Ahohsini qang'lardeb yuritishgan. Qang' davlati konfederatsiya shaklida bo'hb, unga mdoddan avvalgi I asr mdodiy I asrda 5 ta mustaqd mulklar kirgan. Bu mulklar quyidagilar: 1. Suse (Kesh, hozhgi Qashqadaryoning sharqiy qismi). 2. Fumu (Zarafshon vodiysi). 3. Yuni (Choch-Toshkent vohasi). 4. Gi (Ehtimol, Buxoro). 5. Yuegan (Urganch, Xorazm). Bu mulklar umum Qang' davlati podshosiga bo'ysungan. Ular o'zlaiining tangalarini zarb qilganlar.
Miloddan avvalgi I asr va mdodiy I asrlarda Qang' davlati iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan davlat edi. Davlatning asosiy aholisi o'troq va yarim o'troq bo'hb, uning hududida ko'chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O'troq ahoh asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog dorchilik va hunarmandchilik bilan shug'udanib kelgan. Vohada yashovchi o'troq ahoh dehqonchilik bilan bh qatorda chorvachdik bilan ham shug'udangan. Yozma manbalarda qan-g'arlarning sut-qatiqlari mo'lhgi va ko'plab zoth otlari borhgi alohida ta'kidlab o'tiladi. Qang'arlarning eng ashaddiy dushmanlari usun qabdalari edi. Mdoddan avvalgi II-I asrlarda usunlar Xitoy imperatorlari bilan yaqinlashib, xunnlarva. qang'arlarbilan kurash boshlaydilar. Lekin qang'arlar ularni o'z hududlariga yaqin yo'latmaganlar. Mdodning III asriga kehb Qang' davlati bh necha mustaqd mulklarga bo'linib, davlat sifatida barham topdi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Xitoy manbalarida keng, boy va ko p aholili deb eslatilgan Dovon davlatini tarixchdar Farg'ona deb hisoblayddar. Bu davlat haqidagi ilk ma'lumotlar Chjan Szyan (miloddan avvalgi 128 yil) yozma manbalarida uchraydi. Dovon, shubhasiz, Farg'onaning xitoycha talafruzidir. Davlatning poytaxti Ershi shahri bo'lgan. Davlatning hududlari Toshkentgacha borib, davlat boshida hukmdor turgan. Davlat boshqaruvida yoshi ulug' kishdarning yig'ini katta ahamiyatga ega bo'hb, ular hatto hukmdorlarni ham o'zgartirishlari mumkin bo'lgan.