Miloddan avvalgi 328 yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo'lib o'tdi. Kuchlar teng bo'lmaganidan Spitamen yengilib, tag'in cho'lga chekinadi. O'sha yerda ko'chmanchi qabilalar boshliqlari uni xoinlarcha o'ldiradilar.
O'rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarh uch yil urindi, bhoq uncha katta bo'lmagan hududni: Marg'iyona, Baqtriya, Sug'diyona va hozirgi Bekobod va Xo'janddan iborat Shdaryo bo'ylarini bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg'ona mustaqilliklaricha qolddar. Spitamen qo'zg'oloni bostirilishiga qaramay, yunon-makedon qo'shinlari birinchi bor qator mag'lubiyatga uchradilar. Yunon-makedon qo'shirdarining bosqinchilik yurishlari O'rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylanthdi, aholining katta qismi qirilib ketdi. Ko'plab shaharlar vayron etildi.
Yunon tarkcMarining yozishicha, makedoniyalik Aleksandr O'rta Osiyoda 12 ta shahar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg'iyona Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Ularning ba'zdari vayron etilgan Sug'diyona va Baqtriya shaharlari o'rnida, boshqalari esa tayanch qal'a sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedon piyoda, otliq askarlari joylashdi. Mdoddan avvalgi 324 yildan boshlab bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida quroUantirilgan Baqtriya va Sug'diyona yoshlari hisobiga to'ldirilgan.
Miloddan avvalgi IV asr oxiri - milodiy IV asrning boshlarida O'rta Osiyoning siyosiy va iqtisodiy geografiyasi
Miloddan avvalgi 323 yilda Aleksandr Makedonskiy o'lgandan keyin makedoniyalik mahallhy zodagonlar O'rta Osiyo xalqlarining siyosiy bhligini yo'qotish maqsadida mamlakatni mayda bo'laklarga bo'hb tashlayddar.
Miloddan avvalgi 312 yilda Iskandarning sarkardalaridan bhi bo'lgan Salavkaga Bobd (Mesopotamiya) va uning sharqidagi mamlakatlar topshiriladi. Oradan ko'p vaqt o'tmay, u o'zi hukmronlik qilayotgan mamlakatlarning chegaralarini kengaytirib, Sirdaryo va Hind daryosi naryog'idagi yerlarni ham egadaydi, shu tariqa salavkiylar sulolasini boshlab beradi.
Yunon-makedoniyaliklar harbiylarning Baqtriyada va Sug'dda bir yarim asr davom qilgan hukmronligi mahalliy aholi madaniyatini boyitishga yordam bermadi. O'sha zamondan bizga yetib kelgan juda kam miqdordagi yodgorliklar O'rta Osiyoda yunonlar ta'siri tarqalganligidan dalolat beradi.
Salavkiylarga qarshi xalq ommasining kurashi asta-sekin kuchayib borgardigi natijasida mdoddan avvalgi III asr o'rtalarida Yunon-Baqtriya davlati ajrahb chiqadi. Bu davlat quldorlikka asoslangan bo'lib, salavkiylarning Baqtriyadagi vorisi Diodot tarafidan asos solingan. Markazlashgan monarxiya shaklidagi Yunon-Baqtriya davlati tepasida podsho turgan. Bu davlatning asosi Baqtriya bo'hb, ba'zi hokimlar davrida (Yevtidem, Demetriy, Yevkratid) Hindistonning shimoli-g'arbiy qismi, Amudaryo va Shdaryo o'rtasidagi katta yerlar qo'shib olinadi. Davlatning poytaxti Shimohy Afg'onistondagi Baqtro shahri edi. Davlat bh necha satrapliklarga bo'lingan bo'hb, ma'lum darajada mustaqd bo'lgan. Yuksak darajadagi iqtisodi, hunarmandchiligi, shaharlari bilan mashhur bo'lgan. Ellin madaniyati va mahalliy mada-niyatning qo'shilishidan o'ziga xos madaniyat yaralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |