Savol va topshiriqlar:
1. Pahlavon Mahmud haqidagi ma'lumotlar qaysi manbalarda mavjud?
2.” Puryoyvaliy” so'zining ma'nosi nima?
3. Pahlavon Mahmud nega shu taxallusni olgan?
4. Shoir ijodida qaysi janr yetakchilik qiladi? Juvonmardlik oqimining mohiyati nimada?
5. Uning Pahlavon Mahmud ijodida namoyon bo'lishi haqida nimalar deya olasiz?
6. «Nomard it kabidir, mard — buyuk daryo» o'xshatishi zamirida qanday axloqiy-ma'naviy qadriyatlar tilga olingan?
7. Adib ijodidagi falsafiylikni qanday tushunasiz? Shoirning badiiy mahorati nimalarda ko'rinadi? Misollar bilan izohlang.
8.Shoir ruboiylarida ko'proq qaysi obrazlar uchraydi? Nima uchun?
9. Shoir raboiylaridan uchtasini yod oling. «Pahlavon Mahmud ijodida juvonmardlik g'oyalarining aks etishi» mavzusida insho yozing.
-116-
Do'stlaringiz bilan baham: |