Mavzu: kirish



Download 0,82 Mb.
bet27/57
Sana12.01.2017
Hajmi0,82 Mb.
#281
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Firdavsiy hikmatlaridan

Hamisha aqlingni rahnamo etgil,

Noloyiq ishlardan olisga ketgil.

Aqlli bo'l, bo'lgin beziyon,

Hamisha tilingga bo'lgin posbon.

Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,

Ganj topmas hech kimsa tortmas esa ranj.

Hunar birla aqling birikkan hamon,

Har ish bu jahonda yurishgan ravon.

Qudratlidir kimki bo'lsa bilimdon,

Bilimdan keksalar dili navqiron.

Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,

Nodonga yondashma, bosmasin g'aflat.

Ikki do'st turarkan yelkama-yelka,

Togiarni ham oson aylaydi tilka.

Kishiga yaxshilik qil, berma ozor,


Faqat shu yoini tutgan mard-u hushyor.

Yomonga qo'shilma, boiursan yomon,

Qarosin yuqtirar doimo qozon.

Shirin so'zli boi, ey sen bilimdon,

Tiling sovuq so'z-labulg'ama oson.

Rustam va Suhrob”

Firdavsiyning «Shohnoma»sidagi eng qayg'uli dostonlardan biri «Rustam va Suhrob»dir. Aslida qahramonlik va vatanparvarlik, mardlik va jasoratni

-60-
tarannum etuvchi bu doston urush va qabohatni, yovuzlik va jaholatni qoralaydi.

Urush shu qadar dahshatli natijalarga olib keladiki, Firdavsiy talqinida u hatto ota va bolani ham bir maydonga tushib, o'zaro kurashishga majbur qiladi.

Doston voqealarini qisqacha shunday bayon etish mumkin:

Bir kuni Rustam o'zining mashhur oti Raxsh bilan ovga chiqadi. U Turon olkasiga borib qoladi. Nihoyat, charchab dam oladi, ovlangan qulonni pishirib yeydi, so'ng uxlab qoladi.

Shu yerdan o'tayotgan turonlik sipohiylar Raxshni o'g'irlab ketishadi. Ko'zini ochgan Rustam otini topolmaydi, piyoda yo’lga tushadi va Samangan shahriga borib qoladi.

Yaqin yetdi Rustam Samangan tomon,

Xabar topdi undan a'yonlar va xon.

Kelarmish piyoda o'shal tojbaxsh,

Chamandan qochganmish tulpor oti — Raxsh.

Ulug'lar chiqishdi kutib olgani,

Tahamtan diliga mehr solgali.

... Samangan shohi uni izzat-ikromlar bilan kutib oladi va ziyofat boshlaydi. Bu orada shohning nihoyatda go'zal qizi Tahmina Rustamni yaxshi ko'rib qoladi.

Gajak soch kamand-u yana qosh kamon,

Baland qadli erdi u sarvi ravon.

Yanoqlar Yamandan olingan aqiq,

Dahan esa oshiq dilidek siqiq.

Sanam boshdan-oyoq aql-idrok edi,

Yaralgani nurdan, chunon pok edi.

Rustam ham unga ko'ngil qo'yadi va uylanadi. Oradan biroz o'tib Rustam o'z yurti — Seyistonga otlanadi. Bu paytda uning oti Raxshni ham qaytarib beradilar.

Nihoyat kamandin tashlagach quyosh,

Ufqdan qizil nur etganida fosh.

Bahodir bo'shatdi bilakdan gavhar,

Gavharkim, jahonni bezab nur to'kar.

Berib unga aytdi: «Buni ol, gill yuz,

Agar ota qilsa davron bizga qiz.

Taqib qo'y buni sen uning zulfiga,

Farog'at yeturgay dilin qulfiga.

Bilakka taqib qo'y, o'g'il bo'lsa gar,
Qo'lida sochar nur nishoni padar».

Rustam yurtiga qaytadi. To'qqiz oydan so'ng Tahminaning ko'zi yorib, o'g'il tug'iladi. Unga Suhrob deb nom berishadi:

Bir oy o'tib bir yosh ulg'aydi o'g'il,

Misoli Rustam-u Som yo Zoli zil.

Uch yoshda maydonni etdi u talab,

Beshida palangga chiqar tik qarab.


-61-
Kim bilan o'n yoshda agar qilsa jang,

Bo'ldi har pahlavon holi g'oyat tang.

Ana shunday kunlarning birida Suhrob onasidan, mening ajdodlarim kimlar, otam kim, deb so'rab qoladi.

Tahmina Rustam berib ketgan gavharni Suhrobning bilagiga taqib qo'yadi va uning Rustami doston farzandi ekanligini aytadi.

Suhrob o'z dovyurak otasini ko'rish ishtiyoqida safarga otlanadi. Safar oldidan esa o'ziga ot tanlaydi. Butun yilqilar orasidan munosib ot topilmaydi. Suhrob qaysi otning ustiga qo'lini qo'ysa, u otning beli yerga tegib qolaveradi. Nihoyat, bir cho'pon:

Dedi: «Raxsh zotidan bordir bir Qulun,

Qudratda o'tadi sherdan u butun.

Qulunkim, kelbati ulkan tog' sifat,

Uchar qush yetolmas, qoqib qo'sh qanot.

Uning zo'ridan so'z yuritmoq qiyin,

Uningdekni hech kim etolmas tayin.

Tuyog'i polatdan, ko'ksi tog' magar,

Chaqmoq chaqar, ko'kka sakragan safar.

Uchar yeldek ozod biyobonda u,

Baliqdek suzar gar ummonda u.

Uchar o'qdek u cho'l va sahro aro,

Yov boshiga solib ajab mojaro».

Suhrob xursand bo'lib otga minadi va uyiga keladi. U makkorlik bilan urush olovini qo'zg'aydi. Suhrob Eronga qarshi jangga otlanadi. Jang maydonida ota-bola bir-birini tanimasdan to'qnash keladilar.

Yana otlarini bog’lashib mahkam,

Tole’ sinamoqqa qo'ydilar qadam.

Qachonki qahr etsa gar taqdiri shum,

Qarshisida hatto xarsang bolur mum.

Qahrli cho'zildi Rustam changali,

Gardanidan oldi qonga qongali...

Olib yerga urdi narra shersiyoq,

Ammo bilar Suhrob jim yotmas uzoq.

Qindan tez chiqarib misoli ajdar,

Ota urdi o'g'il ko'ksiga xanjar!

O'limi oldidan Suhrob o'zini tanitadi. Shunday qilib turk pahlavoni «Firib qurboni» bo'ladi. Rustam dard-u hasratlar ichida qoladi.

Dostonda har ikki qahramon ham dovyurak va botir yurtsevar o'glonlar sifatida tasvirlanadi. Ular tasvirida og'zaki ijod an'analariga xos mubolag'a ko'zga tashlansa-da, real hayot hodisalarining aniq va ta'sirchan tasviri ham katta o'rin tutadi. Birgina Rustam qayg'usi ifodalangan misralarni kuzataylik:

Bunday ish tushganmi hech kimsaga, boq!

O'z o'g'lim o'ldirdim, sochga tushib oq.

Mendekni ko'rganmi diydayi jahon,


-62-
Go'dak tepasida bo'lsam zo'ravon.

Kesilsa bo'lardi har ikki qo'lim,

Qaro yer sariga yo'nalsa yo'lim.

Ne derman gar xabar topsa onasi,

Xabar bergalikim bor aftodasi?

Bu ota qalbidagi musibat, qayg'u va hasratlarning ifodisidir. Bu ifodadagi ta'sir kuchi ochiq ko'rinib turibdi. Dostonda bir necha qahramonlarning portreti berilgan. Ayniqsa, Rustam, Suhrob, Tahmina siymolari alohida e'tibor va mehr bilan chizilgan.

Firdavsiy dostonlari xalq orasida juda tez mashhur bo'ldi. Ular faqat fors-tojik emas, turkiy adabiyotning ham ravnaqiga salmoqli ta'sir ko'rsatdi. Firdavsiy «Shohnoma»si qahramonlari ko'plab adiblarimiz asarlarida tez-tez eslanishi bejiz emas. Xalq ma'naviyatiga bebaho hissa bo'lib qo'shiladigan bunday asarlar har doim avlodlarga xizmat qilaveradi.




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish