Mavzu: kirish



Download 0,82 Mb.
bet29/57
Sana12.01.2017
Hajmi0,82 Mb.
#281
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
8-Dars.Yusuf Xos Hojib

Reja:

1.Yusuf Xos Hojib hayoti haqida ma’lumot

2.”Qutadg’u bilig”- birinchi pandnoma doston
Yusuf Xos Hojib Sharq Uyg'onish davrining turkiy muhitdagi dastlabki yirik siymosidir.

U Quz O'rdu — Bolosog'un shahrida dunyoga kelgan. Zamonasining yetakchi fanlaridan yaxshi bilim olgan.

Taassufki, bu buyuk alloma haqida uning o'z asaridan boshqa biror yerda ma'lumotlar saqlangan emas.

Kitob muqaddimasida adib o'zi tug'ilgan yurtni eslatib o'tadi:

Munuqi turug'laq Quz O'rdu eli,

Tub-asli, nasabdin yurumish tili.

(Buning tug'ilgan eli Quz O'rdudir,

Tub-asli, nasl-nasabdan tili so'z ochdi.)

Quz O'rdu turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy shaharlardan biri. U Bolosog'un nomi bilan ham mashhur bo'lgan. Bu shahar XI asrda yaratilgan yana bir muhtasham obida — Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk» asarida bir necha marta tilga olinadi. Yusuf Xos Hojib ham Mahmud Koshg'ariyga o'xshab, ko'pgina o'lkalarni kezib chiqqan, talaygina sayr-u sayohatlarda bo'lgan. Uning quyidagi misralari buni isbotlaydi:

Bu tug'mish elindin chiqib barg'ani,

Kitabni qo'shuban tugal qilg'ani.

(Bu o'z tug'ilgan elidan chiqib borgani,

Kitobni jamlab tugal qilgani.)

Adib asarini yozishga bir yarim yil vaqt sarflaydi.

Tugal o'n sakkiz ayda aydim bu so'z,

O'durdum, adirdim so'z evdim tera.

(Bu so'zlarni tugal o'n sakkiz oyda aytib bo'ldim,

Tanladim, farqladim, terib so'z yig'ib to'pladim.)

O'n sakkiz oy, tabiiyki, asarni bevosita yozish uchun sarflangan muddat. Adibning unga katta tayyorgarlik ko'rgani va ko'p kuch sarflagani aniq. Har holda asarning Qashqarda tugatilgani maxsus qayd etiladi:

Barusi bitilmish, yeturmish nizam,

Bu Qashg'ar elinda qo'shulmish tamam.

(Borini yozdim, tartib berdim,

Bu kitob Qashqar elida tamom yozildi.)

«Qutadg'u bilig»da dostonning yozilish sanasi ham qayd etilgan:

Yil altmish eki to'rt yuz bila,

Bu so'z so'zladim men tutib jan sura.

(To'rt yuz oltmish ikkinchi yil edi,

Men jonni koyitib ushbu so 'zni so 'zladim.)


-64-
To'rt yuz oltmish ikkinchi — hijriy yili. Uni milodga aylantirsak, 1069-1070- yillarga to'g'ri keladi.

Adibning ismi Yusuf ekanligi haqida asar so'ngidagi qasidalardan birida o'qiymiz:

E Yusuf, kerak so'zni so'zla qo'ni,

Keraksiz so'zug kezla, qilg'a qo'r-a.

(Ey Yusuf, kerak so 'zni ro 'yi rost so 'zla,

Keraksiz so'zni yashir, (chunki u) ziyon qiladi.)

Kitob Qashqar eligi — hukmdori Tavg'ach ulug' Bug'roxonga tortiq qilinadi. Buning evaziga esa u Xos Hojiblik lavozimi bilan taqdirlanadi. Asardagi nasriy muqaddimada shunday deyiladi: «Ammo bu kitobni Qashqarda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg'achxon uskinga kekurmish, malik ani ag'irlab, uluglab o'z Xos Hojibliki anga bermish turur, aning uchun Yusuf Ulug' Xos Hojib teb ati-javi yazilmish turur» — (Ammo bu kitobni Qashqarda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg'achxon dargohiga keltiribdi. Malik uni yorlaqab, ulug'lab, o'z (saroyida) Xos Hojiblik (lavozim)ini unga beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulug' Xos Hojib deb mashhur nomi tarqalibdi).

Dostonda adibning yoshi borasida ham ayrim ishoralar mavjud:

Tegurdi menga algi ellik yashim,

Qug'u qildi quzg'un tusi tesh bashim.

(Ellik yoshim menga qo'l tegizdi,

(Qora) quzg 'un tusidek boshim(ni) oqqush(dek) qildi,

ya 'ni sochim oqardi.)

Yoki:


O'tiz yig'mishin yandru aldi elig,

Neku qilgay altmish tegursa alig?

(O'ttiz (yosh) yiqqanlarini ellik (yosh) qaytarib oldi,

Agar oltmish (yosh) qo’l tegizsa, nimalar qilar ekan ?)

Bulardan ko'rinadiki, adib asar yozilgan paytda ellik bilan oltmish orasida bo'lgan.

«Qutadg'u bilig»ning uch qo'lyozma nusxasi mavjud.

Ulardan ikkitasi: Namangan va Qohira nusxalari arab, Hirot (Vena) nusxasi esa uyg'ur yozuvida ko'chirilgan.

«Qutadg'u bilig» — Qut (saodat, baxt) ga eltuvchi bilim demakdir. Bu asarning maydonga kelishi kuchli hayotiy zarurat va ma'naviy ehtiyoj bilan aloqador.

Aslida uni vatan, el-yurt madhiyasi deb atash mumkin. Zero, asar to'laligicha turkiy xalqlarning davlat tuzilishi, el-yurt farovonligini ta'minlashga qaratilgan omillarning badiiy tahlilidan iboratdir. Ana shu fikrlar jarayonida Yusuf Xos Hojib o'z vatanining tolmas oshig'i, o'z elining sadoqatli va fidokor farzandi sifatida namoyon bo'ladi. U asarda goh olam sirlaridan yaxshi xabardor mutafakkir, goh qadim moziy sarhadlariga nazari yetgan muarrix, goh zamonasining turli sohalariga oid fanlardan puxta xabardor bo'lgan zukko olim va, tabiiyki, inson qobiliyatining turli-tuman manzaralarini inkishof etuvchi hassos shoir sifatida ko'rinadi.

-65-
Xalq XI asrda «budun», — «bo'dun» atamalari bilan yuritilgan. Mamlakatning daxlsizligi, uning ravnaqi faqat budun bilanginadir.

Shuning uchun ham:

Kimung davlati bash ko'tursa o'ru,

Qamug' ezgu qilg'u budunqa to'ru.

(Kimning davlati ziyoda bo'lsa,

U xalqqa mutlaq ezgu siyosat yuritishi kerak.)

Xalqning qanday bo'lishi mamlakat boshlig'iga to'la bog'liqdir. «Qutadg'u bilig»da mamlakat boshlig'i, hukmdor «elig» yoki «bek» deb yuritiladi:

B

egi ezgu bo'lsa budun barcha tuz,



Bo'lur qilqi ezgu, yo'riqlari uz.

(Agar begi yaxshi bo 'Isa, barcha xalqi soz bo 'ladi,

Uning qiliqlari yaxshi, fe 'l-u raftori go 'zal bo 'ladi.)

Yusuf Xos Hojib nazarida Vatanga xizmat bu dastlab xalqqa, el-u yurtga xizmat qilishdir. Faqat shu yo’l bilangina Vatanning ozodligini, uning iqtisodiy, harbiy va siyosiy qudratini ta'minlash mumkin. Shu maqsadda adib XI asrdagi juda ko'plab ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif beradi, ularning jamiyat va yurt oldidagi mas'uliyat va burchlariga alohida to'xtab o'tadi.

Yusuf Xos Hojib nazarida har bir shaxs jamiyatning og'irini yengillatishga urinmog'i kerak. Buning uchun esa har bir kishi o'z ishi bilan shug'ullanmog'i, halol, pokiza yashamog'i, o'z ining tor shaxsiy manfaatlari doirasida biqinib qolmasdan el- yurt manfaatlarini ustun qo'ya oladigan darajaga ko'tarilmog'i shart. Buning yo'li o'qish, o'rganishdir:

Yula-ul uqush, ko'r, qarag'uka ko'z,

O'lug tanga jan-ul, ag'in tilqa so'z.

(Uquv-idrok bir mash 'aldir, ko 'rgin, nobinoga ko 'zdir.

O’lik tanlarga jon va lol tillarga so'zdir.)

Uquv-idrok kishi ko'nglini boyitadi. Ko'ngli boy kishi esa himmat-muruvvatli, sofdil, odil bo'ladi. Aksincha, bilimsiz, uquv-idroksiz kishilarni tiriklar qatoriga qo'shish qiyin. Shuning uchun ham bilimga intilish, o'zini bilim bilan poklashga urinish chin insoniy fazilatdir.

El-yurt taqdiriga kuyinish aslida kishilarning shaxsiy xislat- fazilatlariga bog'liq. Ko'zi och odam el manfaati, yurt taqdiriga befarq bo'ladi, u faqat o'zinigina o'ylaydi.

Chig'ay qilsa kimni ko'zi suqliqi

Bayutmas ani bu ajun to'qliqi.

(Kimni ko'zi suqligi qashshoq qilsa,

Uni bu dunyo to'qliklari boyitmaydi.)

Aksincha, boshqalar tashvishi bilan yashaydigan, mehr- muruvvatli kishilar elga ko'p naf keltiradi:

Bag'irsaq kishi ul kishi o'zrumi,

Bag'irsaqni bek tut, ey er ko'zrumi.

(Kishining sarasi mehribon (bag'irdosh) kishidir,

Bag 'irdoshni bek o'rnida tutgin, ey kishilar afzali.)


-66-

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish