Reja: 8-ma’ruza



Download 336,5 Kb.
Sana06.04.2020
Hajmi336,5 Kb.
#43279
Bog'liq
U

  • Reja:
  • 8-ma’ruza
  • Elektron o‘lchash asboblarining umumiy xususiyatlari va qismlari.
  • Elektron ommetrlar va elektron voltmetrlar.
  • Mikroprotsessor bilan boshqariladigan o‘ziyozar asboblar.
  • O‘lchash texnikasini mukammallashtirish istiqboli – asboblarni hozirgi zamon elektronikasi va mikroprotsessorlar asosida yaratilishidir. Elektron o‘zgartkichlar asosida tuzilgan o‘lchash asboblari elektron o‘lchash asboblari (EO‘A) deb ataladi. Chiqish o‘zgartkichi sifatida ko‘pincha magnitoelektrik asboblar, ossillograflarda elektron nurli trubkalar ishlatiladi. EO‘A elektromexanik asboblar singari analog asboblar turkumiga kiradi. Ular tezkorligi, o‘lchash doirasining kengligi, aniqligining yuqoriligi bilan elektromexanik asboblardan ustun turadi.
  • EO‘A elektrik kattaliklar (voltmetrlar, chastota o‘lchagichlar va boshqalar) ni o‘lchovchi; elektr zanjir parametrlari (qarshilik, sig‘im, induktivlik va boshqalar) ni o‘lchovchi; shuningdek, har xil elektr signallar manbalarini o‘lchovchi (o‘lchash generatori) guruhlarga bo‘linadi.
  • O‘lchanayotgan kattalik turiga qarab EO‘A asbobning nom belgisidagi harflariga ko‘ra turlarga bo‘linadi: B – kuchlanishni o‘lchovchi EO‘A; G – o‘lchash generatorlari va kuchaytirgichlari; E – elektr zanjirining taqsimlangan parametrlarini o‘lchovchi EO‘A; S – signallar shaklini kuzatuvchi va tadqiq etuvchi EO‘A; Ch – chastota o‘lchagichlar va hokazo.
  • Elektron o‘lchash asboblarining umumiy xususiyatlari va qismlari.
  • Elektron ommetrlar
  • Qarshiliklarni bevosita o‘lchashda qo‘llaniladigan elektron asboblar elektron ommetrlar deyiladi.
  • Elektron ommetrlarning ishlashi mo‘tadil (stabillashtirilgan) kuchlanish manbaining namunaviy va o‘lchanayotgan qarshiliklarda hosil qilingan kuchlanish pasayishlarini taqqoslashga asoslangan (1 - rasm). Kuchlanish manbaiga Rn va Rx qarshiliklardan iborat bo‘lgan kuchlanish bo‘lgich ulangan.
  • +
  • -
  • Qarshilikdagi kuchlanish pasayishi voltmetr bilan o‘lchanadi. Rx dagi kuchlanish pasayishi Rn ga to‘g‘ri proporsional bo‘lganligi uchun voltmetrning shkalasi Om larda darajalanadi.
  • Elektron ommetrning xatoligi namuna qarshiligining metrologik xarakteristikalariga, manba kuchlanishining mo‘tadilligiga va elektron voltmetr xatoligiga bog‘liq bo‘ladi. Elektron ommetrlar 10–4 dan 1012 Om gacha bo‘lgan qarshiliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Keltirilgan xatoligi 1,5 foizdan oshmaydi. Ishlab chiqarishda elektron ommetrlar, asosan, elektr qurilmalar izolyatsiya qarshiliklarini o‘lchashda va liniyadagi shikastlangan joylarni aniqlashda ishlatiladi.
  • Keng qo‘llaniladigan M 419 rusumli elektron ommetrda manba kuchlanishi 220 V, chastotasi 45...500 Gs, doirasi 0...5 MOm, aniqlik klassi 2,5, tashqi o’lcham(gabarit)lari 80×80×100 mm, og‘irligi 0,2 kg.
  • Elektron voltmetrlar
  • Elektron voltmetrlar (EV) o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirlarida keng qo‘llaniladigan EO‘A bo‘lib, vazifasiga ko‘ra o‘zgarmas, o‘zgaruvchan va universal voltmetrlarga bo‘linadi. O‘lchanayotgan kuchlanishni o‘zgartirish usuliga ko‘ra EV to‘g‘ridan-to‘g‘ri, muvozanatlanuvchi va aralash o‘zgartiruvchilarga bo‘linadi (2– rasm, a, b, d).
  • Тo‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) o‘zgartirishga asoslangan voltmetrlarda o‘lchanayotgan kuchlanish (Ux) bir yo‘nalishda, kirishdan chiqishga tomon, o‘zgartkichlar yordamida o‘zgartiriladi (2- a rasm).
  • Bu struktura bo‘yicha qurilma voltmetrning asosiy qismi kirish uskunasi (KU), o‘zgarmas tok kuchaytirgichi (O‘ТK) va magnitoelektrik tizimli o‘lchash asbobidan (O‘A) iboratdir. Muvozanatlanuvchi usuliga asoslangan EV ikkita – to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish va teskari bog‘lanuvchi zanjirlardan iborat bo‘ladi.
  • 2-rasm. Elektron voltmetrlarning tuzilish sxemalari
  • Agar teskari bog‘lanuvchi zanjir to‘g‘ri zanjirning bir qismini o‘rab olsa, u holda aralash o‘zgartirishga asoslangan voltmetr hosil bo‘ladi (2- d rasm).
  • Umumiy holda EV ning struktura sxemasi ketma-ket ulangan masshtab o‘zgartkichi yoki kuchlanish bo‘lgichi, kuchaytirgich va ko‘rsatish asbobi qurilmalaridan tashkil topgan.
  • Masshtab o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan kuchlanish kattaligini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi va aktiv (kuchaytirgich) hamda passiv (bo‘lgich) turlariga bo‘linadi.
  • EV da kuchaytirgichlar kuchlanishni oshirish va voltmetr kirish qismini uning boshqa qismlari bilan moslash uchun xizmat qiladi.
  • O‘zgaruvchan tok EV da o‘lchanayotgan kuchlanish passiv masshtab o‘zgartkichi orqali o‘zgaruvchan tok kuchaytirgichiga beriladi va undan kuchlanishning o‘rtacha ta’sir etuvchi yoki amplituda, qiymat o‘zgartkichiga uzatiladi. Bunday EV da kuchlanish bo‘lgichlari sifatida ketma-ket ulangan bir necha R va C dan iborat zanjir xizmat qiladi.
  • EV da o‘rtacha qiymatni o‘zgartkich vazifasini ikki yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi bajaradi (3 - rasm).
  • 3 - rasm. O‘rtacha qiymatni
  • Amplituda qiymat o‘zgartkichlar diod va kondensatordan iborat bo‘lib, u EV o‘lchash qurilmasining kirish qismasiga ulanadi.
  • Umuman olganda, EV yuqori aniqlikka ega, kam quvvat iste’mol qiladi, chastota doirasi juda keng – o‘zgarmas tokdan to 1 GGs gacha. EV o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘llanilishi mumkin.
  • Mikroprotsessor bilan boshqariladigan o‘ziyozar asboblar
  • O‘YoA ning istiqbollari mikroprotsessorlardan foydalanish bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda mikroprotsessorlar elektron nurli ossillograflarning texnik imkoniyatlarini kengaytirishda qo‘llanib kelinyapti. Ossillograflarning ba’zi konstruksiyalari mikroprotsessorlar o‘lchash jarayonini boshqarish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, boshqalaridan o‘lchash va natijalarga avvaldan belgilangan dastur bo‘yicha ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Mikroprotsessorlar asosida raqamli xotiraga ega bo‘lgan ossillograflar yaratilgan.
  • Mikroprotsessorli elektron nurli ossillograflarning barcha ishlari dasturlangan mikroprotsessor tomonidan boshqarilib turiladi, shuning uchun ulardan raqamli xotiraga ega bo‘lgan asbob sifatida foydalanish mumkin. Bir necha jarayonlarni tadqiq etish uchun ko‘p nurli ossillograflar ishlatiladi.
  • Ossillografda turli qiymatdagi kuchlanish va vaqt intervallarini o‘lchash uchun vertikal yoki gorizontal yoyish koeffitsiyentlari qayta ulagichlar yordamida tanlab olinadi.

Download 336,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish