Farg’ona davlat universiteti TARIX fakulteti 19.76B guruh talabasi Abduraximova Shirinning G’arb mamlakatlari zamonaviy tarixi fanidan “2000–2020 yillarda Serbiya va Xorvatiya” mavzusida tayyorlagan taqdimoti
2000-2020 yillarda Serbiya va Xorvatiya
REJA: 1
2
3
Serbiya davlati Xorvatiya davlati Xulosa Serbiya Maydoni: 88 361 kv.km.
Aholisi: 7 milliondan ortiq (Kosovo va Metoxiyasiz).
Poytaxti: Belgrad shahri.
Tuzumi: parlamentli respublika.
Davlat boshligʻi: prezident.
Maʼmuriy tuzilishi: 3 ta hududiy statistik birlikdan iborat. Mamlakat hududi 29 ta okrug va Belgrad shahri okrugiga boʻlinadi.
Yirik shaharlari: Belgrad, Novi Sad, Prishtina, Nish.
Pul birligi: serb dinori.
Jugʻrofiy oʻrni. Janubi-sharqiy Yevropada – Bolqon yarimoroli va qisman Pannon pasttekisligida joylashgan. Serbiya konstitutsiyasiga binoan, mamlakat ikkita muxtor oʻlkadan – Voyevodina hamda Kosovo va Metoxiyadan tashkil topgan. 2008 yil 17 fevralda Kosovo mustaqilligi eʼlon qilindi, uni BMTga aʼzo 106 ta davlat tan oldi.
Serbiya shimolda Vengriya, shimoli-sharqda Ruminiya, sharqda Bolgariya, janubda Makedoniya, janubi-gʻarbda Albaniya va Chernogoriya, gʻarbda Xorvatiya hamda Bosniya va Gersegovina bilan chegaradosh. 2000 yili NATO qoʻshinlarining hujumi va BMT tinchlikparvar qoʻshinlarining kiritilishi oqibatida Serbiya sotsialistik partiyasi hukmronligiga barham berildi. 2003 yil 4 fevraldan bu davlat Serbiya va Chernogoriya deb atala boshladi. 2006 yili Chernogoriyada oʻtkazilgan referendumdan soʻng Serbiya va Chernogoriya davlatlar ittifoqi faoliyatini toʻxtatdi. Serbiya 2000 yildan BMT aʼzosi. 2012 yil martdan Yevroittifoq aʼzoligiga rasman nomzod. Iqtisodi. Iqtisodiyotining ustun jihatlari: 1. 2000-2001 yillarda chet eldan moliyaviy yordam olish va sarmoyalar kiritila boshlandi. 2. Dunay daryosi katta savdo-iqtisodiy imkoniyatlar beradi. Iqtisodiy oʻsish 2009 yili 3,5 foizga orqaga ketgan boʻlsa, 2010 yili 1 foizga, 2011 yili esa 2 foizga yuqorilashga erishildi. 2010 yili hukumat kelgusi oʻn yil ichida eksport hajmini toʻrt baravar koʻtarish, soha rivojiga mablagʻlar ajratish boʻyicha reja ishlab chiqdi.
Mamlakat rivojida sayyohlik xizmati sohasi ham alohida ahamiyatga ega. Xalqaro sanksiyalar va harbiy harakatlarga qaramasdan Serbiyada sayyohlik sohasi muntazam rivojlandi. 1990-2000 yillarda oʻlkaga keluvchilar soni 50 foizga, bu sohadan olinadigan daromad 80 foizga oshdi. 2000 yildan soʻng esa soha yangi rivojlanish bosqichiga oʻtdi. Davlat tili – serb tili. Konstitutsiyaga muvofiq, Voyevodina muxtor oʻlkasida vengr, slovak, xorvat, rumin, ukrain va rusin tillari, Kosovo va Metoxiyada serb va alban tillari ham ishlatiladi. Xorvatiya Maydoni: 56,6 ming km2. Aholisi 4,267 mln. kishi (2012).
Poytaxti - Zagreb shahri
Davlat boshligʻi: prezident, umumiy teng va toʻgʻri yashirin ovoz berish yo’li bilan 5 yil muddatga saylanadi.
Maʼmuriy tuzilishi :20 jupaniy (okrug)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi -parlamentli respublika.
Aholisining 78,1% xorvatlar. Shuningdek, serb, sloven, venger va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 56,2%. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Rasmiy til — xorvat tili. Yirik shaharlari: Zagreb, Split, Riyeka.
Xoʻjaligi - industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24%, qishloq xo’jaligining ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 64%.
Xorvatiyadagi turizm - bu eng murakkab sayyohlar uchun dam olish turlarining xilma-xilligi. Xorvatiyadagi bayramlar Birinchidan, bu kurortlar, dubovnik, PULA, Split va boshqa ko'plab odamlar bilan plyaj ta'tilidir. Xorvatiyaning shimoliy-sharqiy qismida, mamlakatning eng ekologik toza mintaqasida issiq mineral manbalari bo'lgan issiqlik kurortlari mavjud.
Etnik guruhlar o’rtasidagi nizolar tugagandan so‘ng turizm mamlakatning asosiy daromad manbayiga aylanmoqda. 2012-yil YIM miqdori 66,8 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 15,1 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI davlatlari, Sobiq Yugoslaviya Respublikalari.
2005-yili Xorvatiya YI ga kirishga rozilik oldi.
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!