O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ta’lim-tarbiya masalalari. VII – VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o’yib bitilgan «Urxun-Enasoy» bitiglarida ham bolalarni vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Qultegin bitigida turk xalqini uzoqni ko’ra olmaganligi natijasida Tabg’ach eliga qaram bo’lib qolganligi, kelgusi avlodlar bunday xatoliklarni takrorlamasliklari zarurligi quyidagicha uqtiriladi: «So’zimni tugal eshitgil, keyindagi inim, urug’im, xalqim….. bu so’zlarni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla…. Tabg’ach xalqining so’zi shirin, ipak kiyimi nafis….ekan. Shirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu holda birlashtirar ekan… Yaxshi dono kishini, yaxshi alp kishini yo’latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug’i, xalqi, uyi, yopinchig’igacha qo’ymas ekan. Shirin so’ziga, nafis ipagiga aldanib, ey turk xalqi, o’lding».
Do'stlaringiz bilan baham: |