3. Boshlang`ich tashkilotning huquqlari quyidagilardan iborat:
Yosh harbiy xizmatchilarni harbiy qism (muassasa)dagi Yoshlar ittifoqining boshlang`ich tashkiloti a`zoligiga qabul qilish;
Boshlang`ich tashkilotni obrosizlantirishga olib kelgan salbiy hatti-harakatlari uchun yosh harbiy xizmatchilarni Ittifoq a`zoligidan chiqarish;
Harbiy jamoalar, shuningdek, jamiyat hayotining turli masalalari bo`yicha tashabbus ko`rsatish, yuqori qo`mondonlik va boshqaruv organlariga, Ittifoqning yuqori tashkilotlariga takliflar kiritish;
Harbiy qism boshlang`ich tashkiloti va Ittifoqi hududiy Kengashining yoshlar masalasiga oid chora tadbirlar hamda ish rejalarining ishlab chiqilishida o`rnatilgan tartibda ishtirok etish;
harbiy qismdagi yoshlar masalalari bilan bog`liq komissiyalar ishida, yig`lishlarda yosh harbiy xizmatchilar nomidan ishtirok etish va ularning manfaatlari borasida takliflar kiritish;
Ittiqof a`zosi hisoblangan yosh harbiy xizmatchilarga nisbatan harbiy qism qo`mondonligi, bo`linma komandirlari tomonidan intizomiy jazo choralari qo`llanilishi oldidan hamda jazoni faol xozmat jarayoniga yo`llantirish va otliqqa olish bo`yicha takliflar bildirish;
Harbiy qism bo`linma komandirlaridan yosh harbiy xizmatchilarga taalluqli (harbiy xizmatchi ma`lumotnomasi va faoliyati, oilasi, yaqin qarindoshlari to`g`risida) ma`lumotlarni olish;
O`z faoliyatiga doir ma`lumotlarni harbiy qism va muassasa hududida tarqatish va targ`ib etish;
Belgilangan maqsad va vazifalarni to`laqonli bajarishga erishish uchun turli tadbirlar ( yig`ilish, anjuman, seminar, davra suhbati, tanlov, musoqaba va boshqalar) o`tkazish;
Faoliyatga to`sqinlik qiluvchi holatlarda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Umumharbiy Nizomlari talablariga muvofiq yuqori qo`mondonlikka murojaat qilish;
Mavjud imtiyozlardan foydalanish uchun yosh harbiy xizmatchilarga belgilangan tartibda tavsiyanomalar berish.
4. Boshlang`ich tashkilot majburiyatlari quyidagilardan iborat:
O`zbekiston Respublikasining qonun va qonunosti hujjatlari, O`zbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi, Qurolli Kuchlar Umumharbiy nizomlari talablariga hamda harbiy qism va muassasalarda qabul qilingan ichki tartib qoidalariga va belgilangan kun tartibiga rioya qilish;
Harbiy qismda sog`lom ma`naviy-ruhiy muhit, qonuniylik, huquq-targ`ibot, yuksak-axloq va madaniyat saqlanishini ta`minlash sohasida qo`mondonlikka yaqindan ko`maklashish;
Harbiy jamoalarda ichki tartib va harbiy intizomni mustahkamlash, sog`lom axloqiy-ruhiy muhitni shakllantirishda jonbozlik ko`rsatish;
Harbiy qismda o`tkazilayotgan tadbirlarda O`zmbekiston yoshlar ittifoqi vakillarining ishtirok etishi uchun belgilangan tartib asosida imkoniyat yaratish;
Faoliyati yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo`yicha bevosita bo`linma komandirlariga (harbiy qism komandiri yoki muassasa boshlig`iga) belgilangan vaqtda axborot berish, hisobot taqdim etish hamda harbiy qism qo`mondonligining mazkur Nizom talablariga zid bo`lmagan tavsiya ko`rsatmalarni bajarish;
Harbiy qismning quyi bo`g`inlari bo`linmalarida tuzilgan boshlang`ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini ta`minlash.
|