REJA :
1. Kirish.
2. «Tuproq bonitirovkasi» fanining maqsadi, vazifalari va asosiy masalalari.
3. Tuproq bonitirovkasining tarixi, o‘rganish obyekti, usuli va ravnaqi.
4. O`zbekiston Respublikasi Yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga yerishishi, mustaqil davlat deb e’lon qilinishi va huquqiy jamiyat qurishi, o‘z hududida Yer munosabatlarini tartibga solishda va rivojlantirishda to‘la mustaqillikka yerishganligi, uning yyerlardan oqilona foydalanish, meliorativ holatini yaxshilash va muhofaza qilishning huquqiy asosini yaratish va takomillashtirishning imkonini beradi.
Mamlakatimizda agrar sohada islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri” qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2000 yildagi O‘zbekiston Respublikasi “Yer monitoringi to‘g‘risida”gi nizomi va boshqa hujjatlarda yer munosabatlarini huquqiy asosida rivojlantirish va tartibga solish, yyerlardan oqilona foydalanish, unumdorligini saqlash, oshirish, yer tuzish ishlarini olib borish, yerning sifat bahosi, qiymat bahosini aniqlash, xo‘jalik faoliyatiga baho berishga va hokazolarga qaratilgan.
«TUPROQ BONITIROVKASI» FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA ASOSIY MASALALARI
Respublikamizning Yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini aniqroq rejalashtirish, yyerlarni har tomonlama sifatini baholashni taqazo etadi.
Tuproq bonitirovkasining asosiy maqsadi ham tuproq unumdorligini belgilovchi xususiyatlarga qarab Yerni sifat jihatdan aniq baholash, bonitirovka qilish, ya’ni yerning eng muhim agronomik xususiyatlariga ko‘ra unga ball bilan solishtirma baho qo‘yishdir.
Bonitirovka so‘zi lotincha bonitas - saxiylik, ya’ni tuproqlarni, ularni ishlab chiqarish qobiliyatiga ko‘ra nisbiy baholash demakdir.
Yyerlarni baholash uchun esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazish zaruriyati ham tug‘iladi, bu ishga kadastrlash deyiladi. Kadastr so‘zi frantsuzcha - cadastre dan olingan bo‘lib, ro‘yxatga olmoq demakdir. Tuproq bonitirovkasi Yer kadastrining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tuproq bonitirovkasi fani-tuproqshunoslik va agrokimyo fanlari bilan bevosita bog’liq va ushbu fanlarning negizida rivojlanadi. Tuproqlarni baholash ishlarida tuproqlarning xossa va xususiyatlari albatta hisobga olinadi. Tuproqdagi gumus miqdori, ozuqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar tuproq unumdorligini belgilashda muhim ma’lumotlardan biri hisoblanadi.
Tuproq bonitirovka xaritalarini tuzishda yer kategoriyalari, shartli belgilar kabi ko‘rsatkichlardan bevosita foydalaniladi, bu esa ushbu fanning yer tuzish va yer kadastri fanlari bilan bevosita bog’liqligini ko‘rsatadi. Tuproq bonitirovkasi o‘tkazish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrotexnikasi ham hisobga olinadi. Bonitet ballarini hisoblashda o‘rtacha agrotexnik sharoit uchun hisob-kitob qilinadi. Demak, tuproq bonitirovkasi fani dehqonchilik fani bilan uzviy aloqadadir.
Tuproq bonitirovkasi yer kadastrining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Kadastr so‘zi fransuz tilida “cadastre”- ya’ni ro‘yxat degan ma’noni bildiradi. Yer kadastri deb, mahsuldorligi bo‘yicha ro‘yxatga olish va baho berish kategoriya, sinflariga bo‘lish tushuniladi.
Mamlakat Yer resurslarining miqdori va sifatini hisobga olish, shuningdek, bir viloyat, tuman, xo‘jalik yerlarini boshqa viloyat, tuman xo‘jalik yerlariga taqqoslash - Davlat kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Yerlarni baholash ikki turi bo‘yicha farqlanadi: xususiy va umumiy. Xususiy baholashda ayrim ekinlar uchun tuproq bonitirovkasi o‘tkaziladi. Chunki, ba’zi ekinlar uchun unumdor bo‘lgan tuproqlar boshqa ekinlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Masalan, sholi va kartoshka ekinini ko‘raylik, sholi uchun mexanik tarkibi o‘gir bo‘lgan, suvni sekin o‘tkazadigan tuproqlarni yoqtirsa, kartoshka uchun esa mexanik tarkibi yengil bo‘lgan, ayeratsiyasi yaxshi bo‘lgan tuproqlar ma’qul hisoblanadi. Umumiy baholashda esa umumiy ekin strukturasi uchun yerlar baholanadi.
V.V.Dokuchayev tuproqlarni bonitirovka qilishda eng avvalo shu tuproqning o‘zidagi tabiiy xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish kerak, shundan so‘nggina ularning nisbiy bahosini ishlab chiqish, ya’ni bonitirovka o‘tkazish kerak deb hisoblagan. Bu ma’lumotlar tuproqshunoslik, tuproq geografiyasi, meliorativ tuproqshunoslik, tuproqni xaritalash fanlari bilan aloqadadir.
Tuproqlar bonitirovkasining asosiy maqsadlaridan biri tuproq unumdorligini ballar bilan o‘lchash, tuproqlar genetik ishlab chiqarish tasnifi bahosini tuzishdan iborat. Bunday maxsus tasniflar tuproqlarning o‘z tabiiy unumdorlik qobiliyati bo‘yicha boshqa tuproqlardan yaxshi yoki yomonligini, ya’ni tuproqlarning sifatiga qarab taqqoslash imkonini byeradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |