Fuqarolik huquqi va huquqning unga yaqin sohalari.
Argentinada amal qilib kelayotgan Fuqarolik kodeksi 1869 – yilning 29 – sentyabrdagi qabul qilinib , 1871 – yilning 1 – yanvaridan kuchga kirgan. Ungacha bo’lgan davrda La – Plata vitse – qirolligining ispan qonunlari 1680 – yildagi “Hindu qirolliklari qonunlari” to’plami , Goro qonunlari , turli Fuero , shuningdek “Yetti partida” qoidalarida belgilangan ustuvorliklarga mutanosib holda subsidiar ravishda qo’llanib kelingan edi . Argentinada Fuqarolik kodeksi 1869 – yilda Kordova shahri universitetining professori Dolmasio Beles Sarsfeld tomonidan ishlab chiqilgan . Professor o’z ishida ko’proq 1804 – yildagi Fransiya Fuqarolik kodeksi FFK ga tayangan , fransiyalik hamda boshqa mualliflarning ko’plab asarlaridan foydalanildi.
Fuqarolik kodeksining nikoh – oila normalari konservativ roman an’analariga asoslangan . Er oilada butunlay otalik hukmronligiga ega bo’lib , 1926 – yilgacha turmushga chiqqan ayol qisman muomalaga layoqatsiz hisoblanardi . Argentina Fuqarolik kodeksining dastlabki tahririda Fransiya Fuqarolik bo’lgani kabi nikohning dindan holi ekanligi va uni ajratish orqali bekor qilish mumkinligi e’tirof etilmadi . Bu sohada diniy huquq hukmronlik qilgan 1889 – yilga kelib nikohni fuqarolik tartibi bo’yicha ro’yxatdan o’tkazish majburiy tarzda kiritildi , ajratish borasida esa , bu tartib XX asrning anchagina vaqtigacha amal qilib keldi. 1954 – yilda 14394 – sonli Qonun bilan nikohni bekor qilishga ruhsat berilganligiga qaramay , 1956 – yilda bu Qonunning amal qilishi to’xtatildi . Fuqarolik kodeksini yangilash maqsadida Fuqarolik nikohi to’g’risidagi 1888 – yil , ayollarning fuqarolik huquqi to’g’risidagi 1926 – yil , Qishloq xo’jaligi ijarasi va dehqonchilik haqidagi 1948 – yil , voyaga yetmaganlarni farzandlikka olish to’risidagi va boshqa qator qonunlar qabul qilindi . 1994 – yil tahriridagi Konstitutsiya ham muhim fuqarolik – huquqiy qoidalarga egadir . 1993 – yilda Argentina tarixida birinchi marta Iste’molchilarni himoya qilish to’g’risida Qonun qabul qilindi .
Savdo huquqi.
Savdo huquqi Argentinada 1859 – yilda Buenos – Ayres viloyati Savdo kodeksining qabul qilinishi bilan paydo bo’ldi . U paytgacha mustamlakalarda chiqarilgan 1737 – yildagi Bilbao savdosi haqidagi ordonanslar , 1778 – yildagi Erkin savdo reglamenti va o’rta asrlardagi Kataloniyaning Dengiz kodeksi amal qilib kelardi . Iqtisodiyotga doir qonun hujjatlari Prezident X.D.Peron davlatni boshqargan yillari ya’ni 1946 – 1955 – yillarda rivoj topdi . Uning siyosatiga ijtimoiy moslashuvchanlik bilan harakat qilish ,millatchilik , keng qamrovli natsionalizatsiya qilishni nazarda tutuvchi “uchinchi yo’lga” tarafdorlik , davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kabi xususiyatlar xos edi .
Argentinaning mehnat huquqi Konstitutsiyada to’g’ridan – to’g’ri belgilab qo’yilganiga qaramay hozirgi vaqtgacha kodifikatsiya qilinmagan . Mamlakatda 1920 – yillarda jadal shakllana boshlagan mehnat qonunlari X.D.Peron rejimi davrida o’zining cho’qqisiga chiqdi . Bu vaqtda mamlakat Prezidenti ishchilar sinfiga bir vaqtda kasaba uyushmalari ustidan qattiq nazoratini o’rnatdi . 1974 – yilda Mehnat shartnomalari huquqiga doir qonunlarda ish tashlash , jamoa shartnomalarini tuzish , 8 soatlik ish kuni , 48 soatlik ish haftasi nazarda tutilgan . 1967 – yildagi Fuqarolik – protsessual Kodeksi , Fuqarolik - protsessual huquqining asosiy manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |