O’quvchining “ishlab chiqarishdagi ish joyi ” – bu parta, sinf, maktab; faoliyati – o’qish bo’lib, bunda ta`lim muassasasi rahbari va har bir o’qituvchining vazifasi – o’quvchini maktabda bo’lgan vaqtida jismoniy va ruhiy jihatdan unga shikast etkazishi mumkin bo’lgan omillardan asrashdir. Ana shunday faktorlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. ekologik-gigienik omil (atrof-muhit); 2. tashkiliy-pedagogik omil; 3. pedagogik-psixologik omil. Salomatlikni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni amalda qo’llashni esa vazifa-optimum deb qarash mumkin bo’ladi. Bu texnologiya salomatlikni muhofaza qilish bilan birga o’quvchilarda sog`lom turmush tarzi odatlarini tarkib toptiradi va salomatligini mustahkamlaydi, ularda salomatlik madaniyatini shakllantiradi, shu bilan bir qatorda o’qituvchilarning ham salomatligini asrab, ularda ongli ravishda o’zi va atrofidagilarning salomatligiga g`amxo’rlik qilish madaniyatini shakllantiradi
7. Muhofaza qiluvchi va mashq qildiruvchi strategiyaning uyg`unligi printsipi. Bunda maktab o’quvchilarning salomatligi bilan bog`liq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: o’quvchilarning charchab qolishiga olib keladigan o’quv yuklamalarini olib tashlash o’quvchilarning jismoniy faolligini ta`minlash, profilaktika ishlari maktabda bo’lgan vaqtlarida o’quvchilarning to’g`ri ovqatlanishlarini ta`minlash o’quvchilarning salomatligiga zarar etkazdigan ta`lim jarayoni bilan bog`liq omillarning oldini olish o’quvchilarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash (maktab stresslari, bolalar orasida tarqalgan zararli odatlarning oldini olish) o’quvchilarda salomatlik madaniyatini, o’qituvchilarda esa salomatlik va sog`likni asrash borasidagi kompetentlikni shakllantirish o’quvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash borasida ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilish. Ta`lim muassasalarida ta`lim oluvchilarning salomatligin muhofaza qilish borasida o’qituvchi nimalarni bilishi va bajara olishi lozim? Bunga quyidagicha javob beramiz
Salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasining printsiplari quyidagilardan iborat: 1. Zarar etkazmaslik printsipi. 2. O’qituvchi va o’quvchilarning salomatligini asorashning ustivorligi printsipi. Bu ta`lim muassasasida ro’y beradigan barcha voqea-hodisalar – ishchi o’quv reja, ish rejalarining ishlab chiqilishidan tortib to ularni bajarilishini tekshirish, darslarning tashkil etilishi, tanaffuslarning vaqtida bo’lishi, o’quvchitlarning darsdan tashqari ishlarini tashkil etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash, ota-onalar bilan ishlash va boshqalar o’qituvchi va o’quvchilar psixofiziologik holati va salomatligiga ta`siri nuqtai nazaridan o’rganilishini nazarda tutadi. 3. Salomatlik to’g`risida uchyoqlama yagona tasavvur hosil qilish printsipi (jismoniy, ruhiy va ma`naviy-axloqiy salomatlikning yagonaligi). 8 4. Uzluksizlik va vorisiylik printsipi (salomatlikni muhofaza qilish ishi ta`lim muassasasida har kuni, har bir darsda muntazam ravishda amalga oshirilishi nazarda tutiladi). 5. O’quvchilar bilan sub`ekt-sub`ekt munosabatlarini yo’lga qo’yish printsipi (bunda ta`lim jarayonining salomatlikni muhofaza qilish xususiyati o’quv dasturlari mazmuniga singdirilgan bo’lishi nazarda tutiladi). Pedagoglar ta`lim jarayonining salomatlikni muhofaza qiluvchi shart-sharoitlarini ta`minlaydi, o’quvchilarning o’zi ham ularga bu umumiy vazifani bajarishga yordam beradi. O’quvchilarda o’z sog`ligiga nisbatan mas`uliyat tarbiyalanadi. Har bir o’quvchiga individual yondoshiladi. 6. Ta`limning o’quvchilar yosh xususiyatlarini anglagan va himobga olgan holda tashkil etilishi prinrtsipi. O’quv yuklamasi hajmi va mazmunining o’quvchi shaxsiy imkoniyatlariga mos bo’lishi. Bunda predmetlararo o’zaro aloqaga kompleks yondashuv inson salomatligini asrash samaradorligining asosi sifatida qaraladi. Pedagoglar, psixologlar hamda tibbiyot xodimlari o’rtasida o’zaro kelishuv va hamkorlik asosida ish olib boriladi. Bunda ijobiy ta`sirlarning salbiy omillardan ustivorligiga amal qilinadi