1. Pedagogik vaziyatni salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi shartsharoitlari nuqtai nazaridan tahlil qilish. 2. Sog`lom turmush tarzi asoslarini egallagan bo’lish. 3. O’quvchilar jamoasi bilan aloqa o’rnata olish. 4. Verbal va noverbal xatti-harakatlarni kuzatish va izohlash. 5. O’z o’quvchilari rivojlanishini prognoz qila olish. 9 6. O’zaro munosabatlarni salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi shartsharoitlariga moslab modellashtirish. 7. SHaxsiy namunasi asosida o’quvchilarni o’zi va atrofidagilar salomatligiga g`amxo’rlik qilishga o’rgatish. YUqorida sanab o’tilgan ko’nikmalarning barchasi o’zaro chambarchas bog`langan bo’lib, ular ta`lim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi metod, usul va vositalarini samarali qo’llashga yordam beradi. Pedagog-o’qituvchi salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishi va bolalar salomatligini mutahkamlab borishi uchun yil boshida tibbiyot xodimlari tomonidan berilgan o’quvchining sog`ligi to’g`risida ma`lumotnoma va shu asosda darslarning tabaqalashtirilishi, ota-onalar bilan hamkorlikda shifokor ko’rsatmalariga amal qilinishini ta`minlab borishning o’zi etarli emas. Eng avvalo pedagog salomatlikni muhofaza qilish masalalarida o’z tarbiyalanuvchilari uchun namuna bo’lishi kerak. Agar sog`lom turmush tarzi o’qituvchi uchun odatiy me`yorga aylansa va faqat shundagina o’quvchilar o’z o’qituvchisiga ishonadilar, unga ergashadilar va salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasini kerakli darajada qabul qiladilar. Aholi sog`ligi har qanday davlatda milliy boylikning muhim elementi hisoblanadi. O’quvchilar sog`ligini saqlash va mustahkamlash mavzusining dolzarbligi esa ular shaxsida ijtimoiy faollik, ijodiylik va samarali mexnat motivlarini tushunish, kullab kuvatlash bilan bog`liq muammolarni hal etish bilan belgilanadi Maktab o’quvchilari salomatligini muhofaza qilish va uni rivojlantirish yoshlar umumiy salomatligi diagnostikasi, profilaktikasi hamda bevosita davolanishi sohalarida amaliy ta`sirga ega muhim bir bo’g`in hisoblanadi. O’rta umumta`lim maktablarida o’quvchilarga individual yondashish o’ziga xos psixo-pedagogik jarayon bo’lib, u quyidagi asoslarda o’z aksini topadi: - o’quvchi uchun unga xos bo’lgan barcha jihatlar, albatta, shaxsiy mazmunda bo’lib, unga qo’pol aralashib bo’lmaydi; - axloqiy va huquqiy jihatdan barcha o’quvchilar, albatta, teng huquqlidir; - o’quvchilarning har biriga ularni ajratmasdan ishonch, hurmat va samimiylik bilan muomalada bo’lish; - hech kim hech qachon o’quvchidan o’z maqsadi yo’lida g`arazli foydalanishga haqqi yo’q; - har bir o’quvchi har qanday masalada erkin tanlash imkoniga ega bo’lishi kerak; 10 - maktab o’quvchisi shaxsining yuksalishiga to’siq bo’lmay uni rivojlantirishi kerak. O’quvchi salomatligini muhofaza qilish muhitini yaratishning bosh maqsadi uni tashqi salbiy ta`sirlardan (yomon axloqiy muhitdan, avtoritar munosabatlardan, ma`lum bir bezori guruh bosimidan, jinoiy xarakterdagi zo’ravonlikdan, qiziqarli, lekin salbiy axborot ta`sirlaridan, bolalarni o’ziga tortuvchi zararli odatlardan) himoya qilish zarur bo’ladi. SHu bilan birga o’quvchilarni ko’zga ko’rinmasada, lekin ular tarbiyasini va albatta sog`ligiga zarar etkazuvchi ma`naviy-ruxiy qusurlardan (xudbinlik, kibru-havo, nafs balosi, xudbinlik, jaholatparastlik, ma`naviy noqislik, axloqiy buzuqlik, laganbardorlik v.h.k.z ) himoya qilish ham, albatta, muhim ahamiyatga ega bo’ladi. O’quvchilar sog`ligi shakllanishi va rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar tabiiy, ijtimoiy, psixofiziologik, tashkiliy pedagogik va ma`muriy-boshqaruv yo’nalishlarda bo’ladi. Undagi tashkiliy pedagogik ishlar asosan o’quvchilarda sog`lom rivojlanish, sog`lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. Pedagogik faoliyatda esa u quyidagi vazifalar ijrosida amaliy namoyon bo’ladi: - tozalik, tartib-intizom va o’ziga ishonch tuyg`ularini shakllantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |