Reja : “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va o‘rni


“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa



Download 73,58 Kb.
bet13/22
Sana30.12.2021
Hajmi73,58 Kb.
#90218
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
asm 1

1.1. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa

fanlar bilan bog’liqligi va o’rni

“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Har qanday davlatning iqtisodiyoti ma’lum tarmoq, soha va xizmatlar yig’indisidan iboratdir. Ushbu tarmoq, soha va xizmatlar ichida agrosanoat majuasi eng asosiy sohalardan biri bo’lib, insoniyatning hayoti, turmush darajasi ko’p jihatdan uning rivojlanishi bilan belgilanadi. Agrosanoat majmuasida insonlar uchun hayot manbai hisoblangan oziq-ovqat, kiyim kechak, sanoatning ko’plab tarmoqlari uchun xomashyo mahsulotlari ishlab chiqariladi. Boshqacha qilib aytganda, insonlarning hayoti bilan bevosita bog’langan soha hisoblanadi. Ushbu sohaning insonlar hayoti bilan bevosita bog’liqligi uni rivojlantirish bilan bog’liq qator zaruratlarni keltirib chiqaradi. SHu tufayli agrosanoat majmuasini rivojlanishini ta’minlaydigan bilimlarni o’rganish zarurati tug’iladi. Natijada boshqa iqtisodiy fanlar qatorida agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti fani ham shakllanib, rivojlanib kelmoqda.

“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o’z o’rganish ob’yektlari va predmetiga ega. Fanning predmeti ob’yektiv iqtisodiy qonunlarning agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarida amal qilishining o’ziga xos tomonlarini o’rganish hisoblanadi. Doimiy rivojlanishda bo’lgan ushbu fan agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotida yuz berayotgan o’zgarishlar, ulardagi ishlab chiqarish omillari: mehnat resurslari, yer va suv fondi, asosiy ishlab chiqarish vositalari va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo’llarini o’rganadi. Fan agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning o’ziga xos xususiyatlarini, ularda ishlab chiqarishni samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar va ularning ta’sirini ham o’rganadi. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani agrosanoat majmuasi tarmoqlari taraqqiyotidagi ijobiy va salbiy tendentsiyalarni o’rganadi va mutaxassislarga ularni yaxshilash yo’nalishlari to’g’risida zarur bilimlarni beradi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning agrosanoat majmuasi tarmoqlarida amalga oshirish jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni o’rganadi hamda ularning yechimlari to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassam etadi.

“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o’z predmetini quyidagi tartibda o’rganadi: dastlab agrosanoat integratsiyasi, majmuaning shakllanish qonuniyatlarini, agrosanoat majmuasining mohiyati, uning tarkibini o’rganadi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlariga ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning tarkibi, hozirgi holati, ularni rivojlantirish jarayonida vujudga keladigan muammolar va ularni yechish yo’nalishlarini belgilovchi iqtisodiy bilimlar bilan mutaxassislarni (talabalarni) tanishtiradi.

Agrosanoat majmuasi tarkibida muhim o’rinni qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlar egallaydi. Agrosanoat majmuasining 3-sohasini tashkil etuvchi bu tarmoqlarning tarkibini, hozirgi rivojlanish darajasini, ulardagi kamchilik va muammolarni tartibga solib ko’rsatadi va ularni yechish yo’llarini o’rganadi.

Agrosanoat majmuasi tarkibida infratuzilmaning ahamiyati katta. Infratuzilma agrosanoat majmuasining 4-sohasi hisoblanadi. Bu fan infratuzilmani ikkiga bo’lib o’rganadi. Birinchi qismga agrosanaoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasi, ikkinchi qismga majmuaning ijtimoiy infratuzilmasi kiradi. Infratuzilmaning (ishlab chiqarish va ijtimoiy) mohiyatini, ahamiyatini, vazifalarini, tarkibini, uning rivojlanish tendentsiyalarini tartibga solib o’rganadi. Keyingi mavzuda agrosanoat majmuasining 2-sohasi bo’lgan qishloq xo’jaligi tarmog’ining tarkibi, hozirgi holati, tarmoqda mavjud bo’lgan yutuq va kamchiliklar va sohani rivojlantirish yo’nalishlarini o’rganadi. Agrar sohaning ishlab chiqarish omillaridan foydalanish darajasi va ulardan foydalanishni yaxshilash yo’llarini tartibga solib o’rganadi. Qishloq xo’jaligi marketingi alohida bir mavzu sifatida yoritiladi. Mamlakatimiz moliya va kredit siyosatining agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotidagi o’rni beqiyosligini hisob olib, ularni alohida mavzu sifatida o’rganadi. O’zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonining tezlashib borayotgani o’z navbatida xorijiy davlatlarning agrar siyosatini o’rganish katta ahamiyatga egaligini e’tiborda tutib, yevropa hamjamiyati davlatlarining yagona agrar siyosati to’g’risida ham qisqacha ma’lumotlar beradi.

“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani qishloq xo’jaligi, sanoat va xizmat ko’rsatish sohalarini iqtisodiyotini o’rganishda asosiy e’tiborni agrosanoat majmuasi manfaatlaridan kelib chiqgan holda o’rganadi. SHu sababli qishloq xo’jaligi, sanoat va xizmat ko’rsatish sohalarning resurslaridan foydalanishning darajasi va samaradorligini aniqlash usullariga katta e’tibor bermaydi. Balki tarmoq iqtisodiyotini o’rganuvchi fanlarning yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish dinamikasini o’rganadi va tegishli xulosalar chiqaradi.

“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani moddiy ishlab chiqarishning iqtisodiy masalalari bilan bog’liq bo’lganligi sababli boshqa iqtisodiy fanlar kabi quyidagi amaliy masalalarga javob izlaydi va ularni mo’’tadil yechimini topadi.




        1. Mamlakat agrasanoat majmuasi nima ishlab chiqarishi kerakligini aniqlashi va uning eng mo’’tadil tarkibini topishi lozim. Respublika tabiiy-iqlim, mehnat va ishlab chiqarishning moddiy resurslari hamda bozor talablarini hisobga olgan holda nima yetishtirish kerakligini belgilashi kerak. Bu juda muhim va qiyin masala bo’lib, ushbu fan nima ishlab chiqarish lozim degan masalaning yechimini topish ustida fikrlar yuritadi. Bu masalani hal etishda mamlakatning mahsulotlarga bo’lgan talabi aniqlaniladi. Ushbu talabni qondirish uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi o’rganiladi. Respublika uchun qaysi mahsulotlarni yetishtirishning absolyut va nisbiy ustunlik jihatlari o’rganiladi. SHundan so’ng nima yetishtirish kerak degan savolga javob beradi. Bu doimiy rivojlanishda bo’lib, davrlar o’tishi bilan ishlab chiqarishning tarkibi o’zgarib boradi.


        2. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ne’matlardan qancha va qanday ishlab chiqarish kerak degan savolga ham javob izlaydi. Bu masala juda muhim bo’lib, qancha ishlab chiqarish kerak degan savolga javob berish uchun mamlakatning ushbu ne’matlarga bo’lgan talabi va uni ishlab chiqarish uchun imkoniyatlari aniqlanadi. Qanday ishlab chiqarish kerak degan savolga javob berish uchun yetishtirilayotgan mahsulotlar qanaqa texnologiyalar yordamida amalga oshirilishi belgilanadi. Bu savolga javob topish uchun mamlakat o’z resurslarining qancha qismini ushbu ne’matlarni yaratishga ajrata olishini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun mos keladigan ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish katta amaliy ahamiyatga ega.


        3. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani majmua mahsulotlari kim uchun ishlab chiqariladi degan savolga javob topishi lozim. Bu bir ko’rinishda oddiy masaladek ko’rinsa-da, aslida juda murakkab masala hisoblanadi. Bu masala qanchalik murakkab, tez o’zgaruvchan bo’lmasin unga doimo javob topib turish zarurati mavjud.


“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani har bir tarmoq iqtisodiyotini alohida-alohida emas, balki ulardan har biriga tegishli ma’lumotlar asosida oxirgi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, uning tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulotlar sifatini yaxshilashni ta’minlovchi mexanizmni yaratish nuqtai nazardan o’rganadi.

“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani “Iqtisodiy nazariya”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Menejment”, “Iqtisodiy statistika”, Iqtisodiy geografiya”, “Mintaqa iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi huquqi” , “Korxona iqtisodiyoti”, “Mehnat iqtisodiyoti” kabi qator fanlar bilan uzviy bog’liq. SHu bois u o’z predmetini ko’plab fanlar yutuqlaridan foydalangan holda o’rganadi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani juda ko’plab iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi va ularda erishilgan yutuqlar bilan boyib boradi, o’z navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning rivojiga ham salmoqli hissa qo’shadi.

Bu fanning rivojiga bizning mamlakatimizda akademiklar, Jalilov X.M., Usmanov S.N., Kim V.V., Xusanov R.X., G’ulomov S.S., Lapkin K.I., i.f.d., professorlar Qayumov F.Q., Abdug’aniev A.A.., Xasanjanov Q.S., Jo’raev A., Xusanov M., Shokirov A., Yusupov E., Xushmatov N., Hamdamov Q.S., Zokirov O., dotsentlar Maxmadiev U., Gavrilyuk L., Ogureeva G.A., Ziyavutdinov SH., Ismailova F., Xolbotirova U., Galiev B., Kim V.M., Tursunxo’jaev T.L., To’raxo’jaev T.I., Raximov B.R., Raximov S.B., Abdullaev B.M., Mirzajonov M.Q., Murtozaev O., Mamatvaliev T., Aripov M., Aripov I.M., O’roqov N.I., Xudoyberdiev O’., kabi ko’plab agrar iqtisodchilar katta hissa qo’shdilar.




Download 73,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish