76. Andalib bir savt ila bo‘ldi giriftori qafas. (Hamza)
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nodoshini toping.
A) to‘ti
B) qumri
C) sa’va
D) bulbul
77. 1. Doka ro‘molin dol qo‘ygan, O‘ng betiga xol qo‘ygan.
2. Ertasiga haligi she’r gazetaning ikkinchi beti boshida bosilib chiqdi.
3. Yer ketmonning betini qayiradigan darajada tosh-metin bo‘lib muzladi.
Ushbu gaplarda qo‘llangan bet so‘zi haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang.
A) Barcha gaplarda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan.
B) Barcha gaplarda shakldosh so‘zlar qo‘llangan.
C) Birinchi va uchinchi gapda shakldosh so‘zlar qo‘llangan
D) Birinchi va ikkinchi gapda shakldosh so‘z qo‘llangan
78. Ma’lumingiz, ulardan Azizbek bilan Yusufbek Toshkentda bilfe’l isyon chiqarib yotadirlar. (A.Qodiriy) Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) muntazam
B) bamaslahat
C) o‘zicha
D) kutilmaganda
Do'stlaringiz bilan baham: |