Referati yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hamshiralik parvarishi, Psixik rivojlanish. Reja



Download 1,09 Mb.
bet1/9
Sana13.05.2022
Hajmi1,09 Mb.
#603057
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
22-mavzu


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA INSTITUTI
SIRTQI MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHI
21- 04 GURUH TALABASI
GULZODA BOYMETOVANING
UMUMIY PSIXOLGIYA FANIDAN
REFERATI

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hamshiralik parvarishi,


Psixik rivojlanish.

Reja:



  • Ko‘krak suti bilan boqish (shifoxonalarda bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish tashabbusi (shbdmt)

  • Chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish



Yangi tug‘ilgan bolalar-chaqaloqlar gavda tuzilishi va funktsional xususiyatlari bilan kattaroq bolalardan va katta yoshli kishilardan farq qiladi. Yangi tug‘ilgan bolalarda ko‘p organ va sistemalar jumladan markaziy nerv sistemasining taraqqiyoti tugamagan bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola organizmining to‘qimalari sersuv funksional jihatdan to‘la yetilmagan, oson jarohatlanadigan, noqulay ta’sirlarga chidamsiz bo‘ladi. Ayniqsa chala tug‘ilgan bolalarda termo regulyatsiya takomillashmagan. Oy kuni yetib tug‘ilgan chaqaloqning belgilari:

    1. Bo‘yi o‘rtacha 50 sm (48–57 smgacha) vazni 3200–3400 gr (2600–5000 gr gacha).

    2. Yetilgan homilaning ko‘krak qafasi qavariq, kindik halqasi to‘sh suyagining xanjarsimon o‘sig‘i bilan qov o‘rtasida bo‘ladi.

    3. Yetilib tug‘ilgan bolaning terisi och pushti rang, teri osti yog‘ qatlami yaxshi rivojlangan, terisida pishloqsimon surtmasi bor, boshidagi sochi 2 sm ga etadi, tirnoqlari barmoqlarining uchlaridan oshib turadi.

    4. Quloq va burun tog‘aylari elastik

    5. O‘g‘il bolalarning moyaklari yorg‘oqqa tushgan, qiz bolalarning katta jinsiy lablari kichik jinsiy lablarni va klitorni berkitib turadi.

    6. Yetilib tug‘ilgan bola aktiv, harakat qiladi, baralla chinqiradi, yetilgan bolalar 37–42 haftalik muddatda tug‘iladi.

Homila tug‘ilgach uning og‘zidagi shilimshiq elektrootsos yoki rezina baloncha yordamida so‘rib olinadi. Sog‘lom boladan agressiv va uzoq vaqt nafas yo‘llaridan shilliqni so‘rish bir tekis nafas olishni boshlanishini kechiktirishi va uzoq bronxospazmga olib kelishini unutmaslik kerak. Kindikni kesish tug‘ilgandan keyin bir daqiqa o‘tgach yoki pulsasiya to‘xtagach amalga oshiriladi. Kindik halqasidan 10–15 sm masofadan Koxer qisqichi qo‘yiladi, ikkinchisi 2 sm yuqorida qo‘yiladi, qisqichlar orasidagi kindik 96 % spirt bilan artilib, qaychilar yordamida kesiladi. Onaga bola jinsi ma’lum qilinadi. Ikkilamchi ishlov berishda kindik halqasidan 2–3 sm qochirib kindik kesilib, Rogavin skobkasi qo‘yiladi yoki uchburchak shakldagi salfetka bilan bog‘lanadi. Kindik cho‘ltog‘i 5% kaliy permanganat bilan artilib, ustiga doka bog‘lab qo‘yiladi. Kindik yarasi parvarishi tozalikka rioya qilgan holda qurituvchi moddalardan foydalanmasdan ochiq usulda olib boriladi.
Yangi tug‘ilgan sog‘lom chaqaloqlar parvarishi – chaqaloqni tug‘ilgan zahoti issiqlik yo‘qotilishini oldini olib, issiqlik zanjiri tamoyillariga amal qilgan holda tezda artib quritiladi va ona qorniga qo‘yiladi. Onasi bilan birga issiq ko‘rpa (odeyal) bilan yopiladi, boshiga qalpoqcha kiydiriladi. Bolaning sovuq qotishiga, sababsiz onasidan ajratilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Teri – teri bevosita aloqasi – bolani ona terisi bilan bevosita aloqasi uchun ko‘kraklari orasiga yotqiziladi va issiqlikni saqlash uchun ona – bola birga ko‘rpaga o‘raladi. Bu usul sianoz va asab buzilishlari belgilari aks etmagan, bir tekis nafas olayotgan bolalar uchun mos keladi.
Chaqaloqni birinchi ikki soat davomida teri – teriga aloqa o‘tkazil gandan so‘ng (antropometriya, tana haroratini o‘lchash, gonoblenoreyani oldini olish uchun ko‘zlariga, qizlarni jinsiy a’zolarini 1% li eritromisin, u bo‘lmasa 1% tetrasiklin malhami bilan ishlov beriladi. Bolaga yaktakcha yoki ko‘ylakcha kiydirish kerak, chunki qattiq yo‘rgaklash diafragma harakatiga qarshilik qiladi, to‘satdan o‘lim sindromi xavfini oshiradi, issiqlikni saqlashga yordam bermaydi, asab – mushak kordinatsiyasini buzadi, qon aylanishini buzadi.
Chaqaloq bilagiga qo‘yidagi ma’lumotlar yozilgan kleyonka bilakuzuk taqiladi: unga onasinig ismi, familiyasi va otasining ismi, tug‘ilgan kuni va soati, jinsi, tana og‘irligi, bo‘yi, onasining tug‘ruq tarixi raqami va chaqaloq raqami yoziladi.
Barcha chaqaloqlarni birlamchi ko‘rikdan Ballar shkalasi bo‘yicha yetilganlik darajasini aniqlash maqsadida baholash va ma’lumotlarni chaqaloqlar rivojlanish tarixiga yozib qo‘yish kerak. Bola ahvolini aniq lash uchun tug‘ilgandan keyin bir va besh daqiqalarida Apgar shkalasi bilan baholanadi. Perinatal davrda hamshiralik parvarishi mavzusiga qaralsin.
Chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlash – agar homila 38 haftaga yetmay tug‘ilsa, u chala tug‘ilgan hisoblanadi va bo‘y o‘lchami hamda og‘irligi normal bo‘lmaydi. Agar ona qornidagi homila muddatdan ilgari tug‘ilgan bo‘lsa, quyidagi belgilar namoyon bo‘ladi:

  • terisi va shilliq qavatlar ko‘kargan;

  • yig‘isi zaif;

  • harakati unchalik faol emas;

  • teri osti yog‘ qatlamlari yaxshi rivojlanmagan;

  • bosh suyaklari yumshoq, liqildoq va bosh miya choklari normadan katta;

  • quloq suprasi yumshoq;

  • kindik halqasi to‘sh suyagining o‘simtasi tomon siljigan;

  • tirnoqlari barmoq uchlarini qoplamagan;

  • qiz bolalarda katta jinsiy lablar kichik jinsiy lablarni qoplay olmaydi, o‘g‘il bolalarda tuxumdon moyak xaltasiga tushmagan.

Bolaning chala tug‘ilganligini va qanchalik chalaligini aniqlashda anamnez, akusherlik tekshirishning ma’lumotlar, hammadan muhimi – bolan i tekshirish malumotlari hisobga olinadi. Chala tug‘ilgan bolalar bo‘shang, uyquchan bo‘lib, chinqirganda ovozi past chiqadi. Ko‘ pincha bir tekis nafas olmaydi, reflekslar susayganligi qayd qilinad i. Bola ancha chala bo‘lsa sut emish va yutish reflekslari yuzaga chiqmaydi. Chala tug‘ilgan bolalarda immunitet susaygan bo‘ladi, shuning uchun ular infektsiya bilan bog‘langan kasallar (gripp, pnevmoniya, piodermiya, sepsis) ga moyilroq bo‘ladi. Chala tug‘ilgan bolalarning omon qolishi va rivojlanishi asosan parvarishga bog‘liq. Chala tug‘ilgan bolalar badanini sovuqdan ehtiyot qilinadi, birinchi tozalash avaylab tez o‘tkaziladi. Chala tug‘ilgan bolalarni issiq tutish uchun kuvez va grelkalar taklif qilingan. Chala tug‘ilgan bolani ayolning ko‘krak suti bilan, yaxshisi onasining suti bilan boqish g‘oyatda muhimdir. Chala tug‘ilgan bolalarni boqish usuli, ularni nechog‘lik chalaligiga, umumiy ahvoliga, sut so‘rish va yutish qobiliyatiga bog‘liq. Chala tug‘ilgan bolani tug‘ruqdan 4–6 soatdan keyin birinchi marta emizgan ma’qul. Sut so‘rish va yutishga ojiz bo‘lgan juda nimjon bolalarga sut zond orqali beriladi.
Jadal jonlantirishga muhtoj chaqaloqlarni aniqlash uchun oddiy va tez baholash tizimini qo‘llash kerak, ya’ni nafas olishi va yurak urishiga e’tibor berish kerak.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish