1.2. Kasbiy zo`riqishni keltirib chiqaruvchi omillarni xorij va O`zbekiston psixologlari ishlarida tahlili. Zo`riqish mehnat faoliyatining bajarish jarayonida ish qobiliyatining pasayishi omilidir. U faoliyatga normal reaksiya hisoblanadi. Bunda mehnat yuqori va past toliqtiruvchi bo`lishi mumkin. Zo`riqish quyidagi hollarda ifodalanadi. Qo`zg`alish tez g`azablanadigan, g`ashi keladigan, achchiqlanadigan bo`lib qolish, bezovtalik, muskullarni zo`riqishi, tananing turli joylaridagi qismlar, nafas va yurak urishini tezlashishi tez toliqish va boshqa individual belgilarni namoyon bo`lishi mumkin. Kasbiy zo`riqish bu uzoq davom etadigan va to`xtamaydigan o`rtacha intensivdagi stresslar (stressga olib keluvchi) ta`sirida paydo bo`ladi. So`nggi tadqiqotlarda shuni ko`rsatadiki, kasbiy zo`riqish asosan intellektual, kommunikativ kasblarning vakillarida kuzatiladi. Bular o`qituvchilar, shifokorlar, jurnalistlar, raxbarlar. Kasbiy zo`riqishni tashxislash va davolash mumkin.[ 8 , 15]. Buning uchun muntazam dam olish mutaxassislar bilan maslaxatlashish va stresslar bilan kurashish kerak. Amerika psixologi Freydenber tomonidan 1974-yilda psixologik amaliyotga “emotsional zo`riqish” termini kiritilgan. Bu tushuncha ish va kollektiv bilan bog`liq bo`lgan holda stressga olib keladigan salbiy kechinmalarini umumlashtiradi. Asosan insonlar bilan doimiy muloqatda bo`lishga majbur qiladigan kasb vakillari zo`riqishga uchraydilar. Bu kasalliklar belgilari quyidagicha: - Ishga va atrofdagi insonlarga befarqlik. - Avval ijobiy munosabatda bo`lgan xamkasblarga nisbatan ham keskin negativ munosabat bildirish. - O`ziga bo`lgan ishonchini yo`qotish. Kasbiy faoliyatni psixologik holatlarga ta`siri juda katta ekanligini ko`pgina tadqiqotlarda e`tirof etilgan. Bu ta`sirning namoyon bo`lishi shakllaridan biri bu kasbiy vazifalarini bajarish jarayonidagi emotsional zo`riqishdir. Kasbiy zo`riqish jarayoni turli natijalarga olib kelishi mumkin. Kasbiy faoliyat ob`ektlariga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllanishi, o`z faoliyatiga nisbatan befarqlikni paydo bo`lishi va kasbiy faoliyatni qadrsizlanish xissi paydo bo`lishidir. Ammo eng xavotirli va achinarli muammolari shundaki bu fenomen qaytarilmasdir. Qisqa muddat kasbiy mehnatdan chekinish ham kasbiy zo`riqish ta`sirini vaqtinchalik pasaytirib turadi, ammo kasbiy vazifalarni yana bajarib boshlanishi bilan birga zo`riqish belgilari to`laligicha qayta tiklanadi. Bu holatda kasbiy zo`riqishni profilaktika qilish masalalarini dolzarbligi ortadi. U.Agresni ma`lumotlariga ko`ra pedagogik faoliyat stresogen kasblardan hisoblanib uni stressga beriluvchanlik darajasi menejer faoliyatidagi professional
fotobolist faoliyatlaridan ham stressga beriluvchanlik ustundir. Psixolog
kasbini stresssogenligi diplomat, kotiba, yurist va bankir kasbidagi
strassogenlikdan ustundir. P.S.Ergashev o`z ishida pedagog-psixolog
mutaxassislarda kasbiy zo`riqish muammosini tahlil qilgan va profilaktika
yo`nalishlarini belgilab bergan. Asosan psixologik fanlarni o`qitadigan
pedagoglar nazarda tutiladi. O`z kasbiy faoliyatimizdagi yutuq va
kamchiliklarni taxlili hamkasblar bilan professional muammolarni
muhokamasi ustozlar tajribasini o`rganish bizlarga pedagog-psixologlar
faoliyatidagi xos bo`lgan kasbiy zo`riqishni xususiyatlarini ko`rsatish
imkonini beradi. Bu xususiyatlar amaliyotchi psixolog va pedagog fan
o`qituvchilariga xos bo`lmagan holatlardir. O`qituvchilar boshqa
pedagoglarga qaraganda psixolog-pedagoglarga katta talab qo`yadilar va
shaxsiy rivojlanishi va shaxslararo munosabatlari sohasidagi rivojlanishi
va shaxslar muammolarini tushunishni kutadilar.
Agar o`quvchi pedagog-psixologdan malakali mutaxassislar sifatida
yordam so`rasa amaliyotchi psixologlar farqli ravishda pedagog-psixolog
o`quvchiga nisbatan o`zi munosabatini qayta qurish muammosiga ro`paro
bo`ladi. Pedagog-psixolog qisqa vaqtda o`quvchidan uzoqlashib uni mijoz
sifatida idrok qilish muammosiga ro`paro bo`ladi. Hozirgi davrga kelib
aniqlanishicha kasbiy zo`riqish sindromi asosan kasbiy va vakolatlariga
asosan o`zgalar bilan ko`p miqdorda intensiv aloqa o`rnatishga majbur
bo`lgan mutaxassislarga uchrar ekan. Emotsional zo`riqishni 3 ta
darajasini ajratish mumkin.
1-daraja asosan ixtiyoriy hulq-atvor funksiyalarini bajaradi
namoyon bo`ladi. Alohida paytlarni unutib qo`yish xotiradagi to`xtashlar.
Harakat va hakozo. Bunday dastlabki simptomlar uncha e`tibor ularni
xazillashib “skleroz” deb qo`yaverishadi. Mutaxassisni xarakteri ruhiy
ta`sirlarga qarab bu darajadagi zo`riqish 3-5 yil davomida shakllanishi
mumkin.
2-daraja ishga bo`lgan qiziqish va muloqotga bo`lgan ishtiyoq
pasayadi (uydagilar, do`stlar bilan) faoliyat yuzasidan muloqot qiladigan
insonlarni ko`rishni istamaydi. Payshanba-juma kuniga o`xshamaydi, hafta
cheksiz davom etayotganga o`xshaydi, xaftaning oxiriga qarab apatiya
holatini paydo bo`lishi kuch va g`ayrat yo`qligi asosan xafta oxirida kechki
vaqtda boshni og`rishi qattiq chuqur uyqu shamollash kabi kasalliklarni
ko`payishi jahldor va tez g`ashi keladigan bo`lib qoladi. Kasbiy zo`riqishni
bunday darajada shakllanishi 5 yildan 15 yilgacha bo`lgan muddatda
yuzaga keladi. 3 – daraja shaxsning mutloq toliqishi ishga va hayotga qiziqishi
yo`qoladi. Emotsional befarqlik aqliy to`xtash doimo o`zini kuchsizday
sezish odam o`zini boshqalardan olib qochadi, muloqotdan olib qochadi,
muloqotga intilmaydi, yolg`izlikka moyil bo`lib qoladi. 10 yildan 20
yilgacha bo`lgan muddat kasbiy zo`riqishni mazkur darajasi hisoblanadi.
Tadqiqot tajribasi shuni ko`rsatadiki “Kasbiy zo`riqish simptomlarini va
zo`riqishni profilaktikasi samaregulyasini ya`ni o`z-o`zini boshqarish, o`zo`zini tiklashi bu ko`p muloqot va aloqalarda bo`ladigan kasb
mutaxassislari uchun o`ziga xos texnika xavfsizligidir.”
Inson organizmi tabiatan kolfortga bartaraf qiladi intiladi, yoqimsiz
xissiy holatlarni bartaraf qiladi. Bu sponton (o`z-o`zidan ravishda
organizmni ishga tushib keladigan tabiiy mexanizmlaridir). Mutaxassislar
esa organizmni emotsional psixik holatlarini boshqaradigan usullari deb
nomlanadi. Organizmni tabiiy boshqarish usullari biz albatta intuztish
ravishda qo`llab qilamiz. Bular uzoq uyqu, mazali ovqat, tabiat va
hayvonlar bilan muloqotda bo`lish, massaj, harakat, raqs, musiqa tinglash
va hakozo. Afsuski bu usullarni ishda zo`riqish yuzaga kelganda qo`llab
bo`lmaydi, ammo ish sharoitiga qo`llash mumkin bo`lgan usullar ham bor.
Odatda odamlar ulardan cheklangan-cheklanmagan holda foydalanadilar.
Shuning uchun quyidagilarga ahamiyat berish kerak. Siz toliqish va
zerikishni kamaytiradigan va bo`shashadigan qanday usullarga ega
ekanligingizni aniqlang. Bu usullarga ega ekanligiga aniqlang bu usullarni
sponton (tasodif o`z-o`zidan) qo`llashdan ongli qo`llashga o`ting.
O`z-o`zini boshqarish usullarini mazmunli tashkil qiling. O`z-o`zini
boshqarish usullarni o`zlashtirib olish zo`riqishning psixologik
ko`rinishlariga quyidagilar kiradi:
1. Kuchsizlanishni his qilish, inson pedagogik faoliyati vaqtida ham
o`zining ishi, qobiliyati pasayayotganini sezadi.
2. Diqqat buzilishi bo`lib o`tadi. Insonga diqqatini biron-bir narsaga
to`plash qiyin bo`lib qoladi. Uning diqqati tez xato yo`nalishda bir
ob`ektdan boshqasiga ko`chadi.
3. Sensar sohada buzilishi sezgirlikning pasayish ko`rinishida
kuzatiladi. Bular shu faoliyat yuqori darajada ishlatiladigan analizatorlarda
paydo bo`ladi. Agarda odam to`xtovsiz o`qisa unda ko`zida yozuv qatori
to`lqinlanadi, uzoq vaqt qo`l bilan ishlash taktil va kanstezik pasayishga
olib keladi.
4. Mator sferada zo`riqish harakatlari sekinlashishida va tartibsiz
shoshqaloqliklar harakatlarida ularning ritmi buzilishida ularning
avtomatik boshqarish buzilishida ko`rinadi. 5. Xotira va tafakkur buzilishida ularning avtomatik boshqarish
buzilishida ko`rinadi.
6. Zo`riqishda qaror qabul qilish o`zini tuta bilish o`zini nazorat
qilish pasayadi matonatlilik pasayadi, irodaviy jarayonlar buziladi.
7. Aktivlik pasayadi, himoya qiluvchi tormozlanish sifatida uyqu
paydo bo`ladi. Zo`riqishning keltirib o`tilgan belgilari uning kuchiga
bog`liq ravishda ko`rinadi.
Odatda zo`riqishning 3 bosqichda ajratiladi
1 – bosqichdagi zo`riqishning nisbatan yengil sezilishi paydo
bo`ladi. Bunda mehnat ishlab chiqarish pasaymasligi mumkin, yoki
bilinmas daraja pasayadi. Senor va motorifarada xotira va tafakkur
jarayonlarida bilinmas darajada diqqat buziladi va faoliyat bajarilishi
jarayonida epozotik bo`lib o`tadi. Buning natijasida ish sifati amaliy jihati
pasaymaydi.
2 - bosqichda ishlab chiqarishning pasayishi bilanoq bilib boradi va
yana ko`proq tashabbuskor bo`ladi. Bu pasayish ishlab chiqarish sohasiga
emas sifatiga ta`sir qiladi. Bu yerda qo`pol kuzatishlar diqqat miqyosiga
sensor va mator harakatlarda xotira va tafakkurda bo`lib o`tadi. Ammo
irodaviy kuchlar bilan inson ularni kompensatsiyalashga intiladi lekin unga
to`liq erisha olmaydi.
3 – bosqichda zo`riqish shaklini oladigan toliqishni o`tkir kechirish
bilan xarakterlanadi. Bunga mazkur bosqichda tezlashadigan lekin turg`un
bo`lmagan ishning kerakli tempini saqlashga insonning urinishlarini aks
ettiradi. Oxirida ishchi harakatlar shunday tashkil qilishi buziladiki ishni
davom ettirish mumkin emasligini sezadi. Bu yerda og`ir holatlarni
kechiradi. Kishining mehnat faoliyati vaqtidagi shuningdek turmush
sharoitidagi nerv psixik holati dinamikasi uning to`laqonli hayot
kechirishiga ta`sir ko`rsatadi. Olimlar bir qator psixologik va fiziologik
metodlar yordamida ayrim mehnat tarmoqlarining turlicha kasbiy zararini
tekshiradilar. Kasbiy zo`riqishni keltirib chiqaruvchi omillar va ularni
namoyon bo`lishi pedagoglardagi emotsional zo`riqish fenomenini
psixologik determenantlari zamonaviy pedagoglar psixologiyani eng
dolzarb muammolaridan biri. Bu o`qituvchilarni emotsional zo`riqish
fenomenini o`rganish katta ahamiyatga ega. Emotsional zo`riqish bu
ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassisning sog`ligi va
faoliyatining samaradorligiga negativ ta`sir ko`rsatadigan omildir.
Pedagog faoliyatini M.B,Borinova tomonidan tadqiq qilish uni
ko`rsatadiki bu kasbni potensial, emotsiogen kasb sifatida ko`rsatishimiz
mumkin bo`lgan qator xususiyatlari mavjuddir. O`qituvchi ishi doimo stressga olib keluvchi emotsional zo`riqishni keltirib chiqaruvchi omildir.
Bu faoliyatni quyidagi xususiyatlaridir yuqori dinamikali (katta sur`atdagi
harakati), vaqtni yetishmasligi, ishdagi yuklama ortiqchaligi yuzaga
keladigan pedagogik vaziyatlarni murakkabligi, pedagoglarda yuzaga
keladigan doimiy stress, tushkunlik, xavotirlanish, qattiq asabiy holatlar,
ish yuklamasining me`yoridan oshib ketishi, ishdan tashqari me`yoridan
ortiq ishlash, qattiq toliqish, ishning murakkabligining rollardagi
noaniqlik, ijtimoiy baholash, tez va intensiv kontakt o`rganish ehtiyoji,
turli ijtimoiy guruhlar bilan aloqada bo`lish zaruriyati va hakozolar.
Pedagog faoliyatini emotsiogen xususiyatlari o`qituvchilarda emotsional
zo`riqishni paydo bo`lishiga va rivojlanishiga olib keladi. Hozirgi davrga
kelib salbiy zo`riqish fenomeni ijtimoiy emotsional va aqliy zaiflashishni
holati sifatida tavsiflanadi. Bu fenomen ijtimoiy soha kasblarida kuzatiladi
bu tarkibiga 3 omilni oladi.
1. Emotsional zo`riqish (zaiflashish). Ortiqcha mehnat nagruzkasiga
paydo bo`ladigan hissiy bo`shliq va charchash odamning emotsional
zahiralari sarflangan bo`lib, u adekvat reaksiyalar bildira olmay qoladi.
2. Depersonalizatsiya (Insonga nisbatan negativ munosabatni
shakllantirish) atrofdagi odamlarga ob`ekt sifatida yoki befarq idrok qilish
shu yo`l bilan o`zini kuchli emotsional ta`sirlardan himoya qilish.
3. Kasbiy yutuqlarni reduksiyasi o`z yutuqlarini baholay olmaslik
o`zini malakasi past va muvoffaqiyatsiz mutaxassis sifatida idrok qilish.
Zo`riqish fenomenini tadqiqotlari xorij psixologiyasida juda kengdir.
Ammo bu fenomenini paydo bo`lishi va rivojlanishini mexanizmlari
hozirgi kungacha yetarli darajada tadqiq qilishmagan. Mavjud bo`lgan
nazariy yondashuvlar zo`riqish holati olib keladigan psixologik omillarni
yagona tizimi ajratib olish imkoniyatini bermaydi. Masalan: Insonlarda
interpensanol yondashuv vakillari emotsional zo`riqishni sabablari sifatida
ish muhtemi omillari belgilaydi. (boshqaruv uslubi faoliyat kuchini tartibi)
va hakozolar. Individual yondashuv vakillarishaxsning matevatsion va
emotsional xususiyatlari bilan bog’laydilar. Shun fikrlardan kelib chiqqan
holda emotsional baholash ko`p komponentli dinamik o`rganishi lozimdir.
Emotsional zo`riqish pedagog faolyatidan kelib chiqadi va unda namoyon
bo`ladi. Pedagoglarni emotsional zo`riqishni asosiy delerminantlari
individual psixologik va ijtimoiy psixologik omillarni tizimli tahlili
natijasida belgilab olindi. Nazariy va amaliy emperik ma`lumotlarini tahlili
emotsional zo`riqishni olib keladi.
2. Pedagogik faoliyatni tashkil qilishdagi kamchiliklar haddan
tashqari reglamentlashganligini o`qituvchi mehnati yuklamasini noqulay ravishda taqsimlanganligini o`qituvchi mehnatini yetarli darajada
rag`batlantirilmasligini kasbiy o`sishdagi perspektivalarni (yuqori maqsad,
marralarni) noaniqligi pedagogik o`quv muassasalarini boshqarishdagi
ishlar sub`ektiv omillar sifatida quyidagilar belgilanadi.
1. Nevrotizm darajasini yuqoriligi. U quyidagilarda ifodalanadi:
- individual emotsional beqararorligida (muvozanatsizligida)
- emotsional sabillikda
- nerv psixik jarayonlarni muvozanatsizligi
- negativ emotsional holatlarni ustunligi
2. Qadriyatlar tizimida nomuvofiqlikning borligi, bu holat asosan
o`qituvchi tomonidan pedagogik faoliyatga hayot mazmuni bo`lgan
maqsadlarni ro`yobga chiqara olmaslikka ustivor xulq-atvor shakllarini
yoki o`zi ma`qul ko`rgan hatti-harakat turlarini namoyon qila olmaslikka
o`z shaxsini ahamiyatli bo`lgan qirralarini pedagogik faoliyatda yuzaga
chiqara olmaslikda kuzatiladi.
3. Xulq-atvor va emotsiyalarni ongli boshqarishi individual tizimini
past darajada shakllanganligi tashqi va ichki omillari emperik o`rganilishi
emotsional zo`riqishni individual psixologik va sotsial psixologik
determinantlari bilan bog`liqligini aniqlash imkonini beradi. Psixolog
Ayzenkning “Negotizm Ekstraversiyasi”, Psixotizm so`rovnomasining
moslashtirilgan varianti”, “Emotsional qo`zg`aluvchanlik shkalasi”
nevrotizm xususiyatini sifat jihatidan baholash uchun g`azab, tortinchoqlik
va o`z emotsiyalarini nazorat qila olmaslik. “O`z xulq-atvorini
so`rovnomasi shaxsni o`z-o`zini boshqarish ko`nikma va regulyasiya
xususiyatlari egiluvchanlik va mustaqillik”. M.Bohurning “Qadriyatlar
yo`nalganligi so`rovnomasi” pedagoglarning qadriyatlar yo`nalishini
o`rganish uchun O.I.Muhalyuk va X.YU. Shalatalar tomonidan taklif
qilingan. “Mehnat jamoalarida ijtimoiy hulqiy va politiv
komponentlarining o`rganish uchun M.Borisovaning mualliflik metodikasi
ham qo`llanildi. Mazkur metodika pedagog faoliyatini tashkiliy omillarini
tahlil qilishga qaratilgandir. Muallif bu metodikani maqsadga muvofiq
bo`lgan volilar yo`qligi uchun ishlab chiqqan nazariy ma`lumotlarga
tayangan holda va pedagogik faoliyatni murakkabligini hisobga olib
M.V.Borisova pedagog uchun ahamiyatli bo`lgan emotsional xarakterga
ega bo`lgan oltita faktorni ajratgan [10, 65].
Amerikalik psixolog olim R.Lazures hissiy zo`riqish va stress
tushunchalari mohiyatini to`la anglab olish uchun fiziologik stress
tushunchalarini farqlashni taklif qiladi. Uning fikricha mazkur holatlar bir
biridan ta`sir etayotgan qo`zg`aluvchining tabiatiga paydo bo`lish mexanizmiga va javob reaksiyasi tipiga ko`ra farqlanadi. U. Kennon
(1297) hissiy zo`riqishlarni tashqi muhitning o`zgarishi natijasida
organizmning energetik mobilizatsiyasi kuchayishi endoksin, vegetativ
harakat va boshqa funksiyalardagi o`zgarishlarda namoyon bo`ladigan
holat deb baholaydilar.
Kanadalik olim G.Se`lening fikricha har qanday normal faoliyat u
yoki bu darajada hech qanday zarar yetkazmaydigan stressni yuzaga
keltirishi mumkin [12, 63]. O`zbek psixologlaridan E.G`oziyev emotsional
holatlarni turli psixologik yo`nalish vakillari tomonidan o`rganilganligini
tahlil qilib, psixik holatlarni tabiati va xarakterli xususiyatlari haqida o`z
qarashlarini ifoda etgan. V.M.Karimova ishlarida psixik zo`riqishlarni
inson salomatligiga ta`siri muammosini nazariy va eksperimental jihatidan
tadqiq etar ekan, asosiy e`tiborni o`smirlar xulq-atvorida namoyon
bo`ladigan o`zgarishlarni o`rganadi.
N.G.To`laganova, N.G.Kamilova tomonidan o`smirlik davrida
kuzatiladigan turli psixik holatlar shaxslararo munosabatlar jarayonidagi
emotsional kechinmalar, tajovuzkorliklar, xavotirjamliklar, xavotirlanish
kasbi kabi zo`riqishlarni o`rganishning psixodiagnostik metodikalari
o`rganilgan va modifikatsiya qilingan.
XX asrning 80-yillarigacha tadqiqotchilar zo`riqishlarni tahlil
qilishda vaziyat va ta`sir etayotgan qo`zg`atuvchilar ta`siri bilan
bog`lashgan. Bunday yondoshuv tadqiqotchilarning dastlab atrofmuhitning hissiy zo`riqishining vujudga keltiruvchi sifati, ta`sir etuvchi
omillari tomonidan vujudga keltirishga olib keladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki psixologik zo`riqishlar
organizmning turli funksional tizimlardagi o`zgarishlarda namoyon bo`lsa
uning jadalligi kayfiyatning buzilishidan ortib yurak infarktigacha olib
kelishi mumkin. Ko`pchilik tadqiqotchilar aynan stress xavotirlanish
holatini yuzaga keltiradi deb hisoblaydilar bundan tashqari xavotirlanish
va boshqa emotsional holatlarning faollashuvida konnektiv omillar hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Uzoq davom etadigan stresslar yoki tez-tez uzoq
davom etadigan hissiy zo`riqishlar inson xarakterini o`zgartirib turishi
xatto yangi xarakter sifatlarini vujudga keltirishi mumkin. Bu sifatlar inson
xarakterining sifatlarini ochadi. Yuqoridagi ma`lumotlarga asoslangan
holda pedagoglardan emotsional zo`riqish avvalo individual va shaxsiy
xususiyatlar bilan bog`liq ekanligi aniqlandi. Bu birinchidan qadriyatlar
tizimidagi nomuvofiqlik bo`lib hissiy faoliyatida muhim hayotiy
qadriyatlarni namoyon qila olmaslik. Ikkinchidan yuqori darajada nevrotizm shaxsning psixodinamik
xarakteristikalaridan bo`lishi emotsional beqarorlik o`z emotsional
holatlarini nazorat qila olmaslik.
Maqsadga erishish yo`lidagi sharoitlarni rivojlantirishlarni o`zo`zini boshqarish tizimlarini o`z ichiga oladi. O`zbekiston va chet el
psixologlarini kasbiy zo`riqish masalalari bo`yicha tadqiqotlarni o`rgandik
va o`z xulosamizga ega bo`ldik. Zo`riqishni keltirib chiqaruvchi omillarni
o`rgandik.