Yadro bog’lanish energiyasi.
Yadro bog’lanish kuchlari tufayli A nuklondan, ya’ni Z proton va N=A-Z
neytrondan tashkil topgan sistemadan iborat. Agar yadroni uni tashkil qiluvchi
nuklonlarga ajratmoqchi bo’lsak, bog’lanish kuchining ta’siriga qarshi ish bajarish
kerek. Bu ishning kattaligi bog’lanish energiyasi yoki yadro barqarorligining
o’lchamidir.
Bog’lanish energiyasi deb, nuklonlarga kinetik energiya bermasdan
nuklonlar orasidagi bog’lanishni( o’zaro aloqani)uzish uchun kerak bo’lgan
energiyaga aytiladi.
Bu energiyani yadrodagi nuklonlarning o’zaro ta’sir (yadro kuchlari)
qonuniyati hozircha no’malum bo’lsa ham, energiyaning saqlanish qonuni va
nisbiylik nazariyasining massa bilan energiya orasidagi bog’lanish ifodasi E=mc
2
dan foydalanib topish mumkin.
Agar yadroning massasi – M(A,Z)ni, uni tashkil qilgan nuklonlar massa
soniga to’g’ri keluvchi massalar yig’indisi [Zm
p
+Nm
n
]ga solishtirsak, birinchi
massa ikkinchisidan biroz ∆m ga kichik ekanligini ko’ramiz. Bu massalarning farqi
massa defekti deyiladi.
∆m=[Zm
p
+(A-Z)m
n
-M(A,Z)]
Bu yerda Zm
p
-protonlar massasi,(A-Z)m
n
-neytronlar massasi,M(A,Z)-
yadroning massasi. Massa defektiga to’g’ri keluvchi energiya nuklonlarni
birlashtirib,yadro hosil qilishga mos keluvchi energiyani, ya’ni bog’lanish
energiyasini ifodalaydi:
E
bog’l
=∆mc
2
=[Zm
p
+(A-Z)m
n
-M(A,Z)]c
2
.
Hozirgi vaqitda yadro massasini yuqori aniqlikda o’lchashlik defect
massani, ya’ni yadro bog’lanish energiyasini katta aniqlikda hisoblash imkoniyatini
yaratadi.
9
Yadro massasini o’lchash metodlari.
Atom massalarining aniq qiymati mass-spektrometrik texnika yordamida
tajribada aniqlanadi. Mass-spektrometrlarning har xil turlari mavjud. Odatda musbat
zaryadlangan iyonlarning zaryadi ularning massasiga bo’lgan nisbati e/m, magnit va
elektr maydonlarining umumiy ta’siri natijasida ionlar dastasining og’ish kattaligi
orqali aniqlanadi.
Hozirgi
zamon
mass-spektrometrlari
vodoroddan
tortib
hamma
elementlarning massalarini millionning 0.02 ulushi qadar aniqlikda o’lchash
imkonini beradi.
Atom yadrolari massasini boshqa usullarda ham yuqori aniqlikda o’lchash
mumkin masalan, yadroviy reaksiyalar, radioaktiv yemirilishlarda energiya
balansini tahlil qilishlik va radiospektoroskopik mikroto’lqin va boshqa usullar.
Ionlar manbaida
m
massasi o’lchash zarur bo’lgan atomlarning musbat ionlari hosil
bo’ladi. Zaryadi q
i
bo’lgan ionlar tirqish orqali IM va D
1
jrasida qo’yilgan U
potensiallar farqi natijasida hosil bo’lgan elektr maydonga kelib tushadi. Ushbu
elektr maydondan o’tgandan keyin quyidagi kinetik energiyasiga ega bo’ladi
𝑚𝑉
2
2
=qU
Zarracha induksiyasi B bo’lgan bir jinsli magnit maydonga V tezlik bilan kirib
keladi. Magnit maydon induksiya vektori chizma tekisligiga perpendikulyar bo’lib,
biz tomonga yo’nalgan. Magnit maydonda ionga Lorens kuchi tasir qiladi:
F=qVB
10
Ushbu kuch O nuqtaga yo’nalgan markazga intilma tezlanishhosil qiladi, natijada
ion radiusi R bo’lgan aylana bo’ylab harakat qiladi. Shunday qilib, quyidagi
tenglikni hosil qilamiz:
𝑚𝑉
2
𝑅
=qVB
Munosabatlaridan V tezlikni yo’qotib, ion massasining absolyut qiymati quyidagiga
teng ekanligini topamiz: tezlik
m=
𝑞𝑅𝐵
2
2𝑈
D
1,
D
2,
va
D
3
diafragmalar vaziyati (o’rni) bo’yicha zarur bo’lgan aylana radiusi
beriladi. U va B kattiklarni tanlab olish orqali ionlar dastasini K kallektorga
tushishiga erishiladi. Kolleltorda ionlar maksimal toki bo’yicha qayd qilinadi.
Shunday qilib, ion radiusi R bo’lgan aylana harakatlanayotganligi aniqlaniladi va
ion massasi hisoblab topiladi.
11
Xulosa
Ushbu referatni yozish davomida juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Xususan, yadro tarkibi va uning zaryadi, bog’lanish energiyasi, massani o’lchash
metodlari bilan tanishdim.
Ernest Rezerford va uning shogirtlari atom tuzilishini
o’rganish uchun turli element atomlarini o’sha vaqtda eng kuchli va eng tez uchar
atom snaryadlari bo’lgan alfa-zarralar bilan bombardimom qiladi. Alfa zarralarning
oltin folgada sochilishiga qarab E. Rezerford atom markazida massasi katta bo’lgan
yadro borligini aniqladi. U ayrim zarralarning katta burchaklarga sochilishini
kuzatadi. Bundan ko’rinib turibdiki zarralar o’z yo’lida o’z massasidan ham katta
bo’lgan zarra bilan to’qnashadi va o’z harakat yo’nalishini o’zgartiradi.
Atom yadrosi nuklonlardan protonlar va neytronlardan tashkil topgan atom
o’zagi. Atom yadrosini xususiyatlarini o’rganishda yadro kuchlari katta ahamyatga
ega bo’ladi. Atom yadrosida gravitatsion va elektromagnit kuchlar tasiri kam bo’lsa
ham atom yadrosi xossalariga tasiri bo’ladi. Yadro kuchlarining tasir radiusi juda
kichik 10⸞13 sm. Atom yadrosining butun xususiyatlarini o’z ichiga oladigan
yagona nazariya yaratilgan emas, chunki yadro strukturasi va kuchlari to’la
o’rganilmagan. Atom yadrosini xossalarini o’rganishda turli modellar tatbiq
qilinadi. Har qaysi model atom yadrosining ma’lum xossalarini aks ettirgan xolda
ba’zi xossalarini tushuntirishda qarama qarshilikka olib keladi. Shuningdek yadro
tuzilishi va xossalarini tajriba yordamida o’rganish uchun xilma xil yadro hodisalari:
zarralarning atom yadrosidan elastic va elastikmas sochilishi, yadro reaksiyalari,
tabiiy va sun’iy radioaktiv nurlanish, yadro yemirish va hokozolardan foydalaniladi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda ham atom yadrosini o’rganishga doir ilmiy
tadqiqot ishlari olib borilyapti. Toshkentda R.B.Bekjonov, A.I.Mo’minov,
T.I.Mo’minov, Q.SH.Azimov va boshqalarning mos tushishlar, gamma nurlarining
doplercha kengayishi, gamma chiziqlarining shakl o’zgarishi, yadro xolatlarini
rezonans uyg’otish, gamma nurkarining g’alayonlangan va g’alayonlanmagan
gamma burchak korrelyatsiyalari va qutublanishi usullaridan foydalanib o’tkazgan
yadro satxlari orasidagi elektromagnit o’tishlar ehtimolliklariga oid tajribaviy
tadqiqotlari atom yadrosining tuzulishi haqida keng ma’lumotlar olishda juda
12
samarali bo’ldi. Natijada yadro holatlarining 10⸞6-10⸞17 s oraliqdagi yashash
vaqtlari va tarsial kengliklari o’lchanadi, spin, juftlik, magnit va elektr momentlari,
deformatsiya parametrlari aniqlanadi.oqibatda atom yadrolarining tuzilishiga
tegishli ma’lumotlar olinadi.
13
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
S.Polvonov, E.Bozorov, Z.Kanokov “Atom yadrosi va elementar zarralar
fizikasi” Toshkent 2019.
2.
T.M.Mo’minov, A.B.Xoliqulov, SH.X.Xushmurodov “Atom yadrosi va
zarralar fizikasi” Toshkent 2009.
3.
R.N.Bekmirzaev, M.H.Samadov “Yadrosi va elementar zarralar fizikasi”
Jizzax 2015.
4.
R.B.Bekjonov “Elementar yadro fizikasi” Toshkent.
Internet saytlari
1.
www.ziyonet.uz
2.
www.edu.uz
3.
www.nuu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |