Tog`ay ustki pardasi - perihondriy. Tog`ay ustki pardasi zich biriktiruvchi to'qimadan tarkib topgan bo`lib, organizmdagi tog'aylar ustini qoplab turadi. Uning tarkibiy qismi asosan kollagen va elastik tolachalardan va ular orasida joylashgan duksimon shakldagi fibroblastlarga o`xshagan hujayralardan iborat. Mikroskopik tuzilishi yaqqol chegaraga ega emas, ikki qavatdan tashkil topgan: 1) tashqi (qattiq) atrofidagi to'qimalarga bevosita tutashib ketgan qavat, 2) ichki (yumshoqroq) qavati. Bevosita tog`ay to'qima ustiga yopishib turadi, unga xondrogen qavat deyiladi. Mana shu xondrogen hujayralari ko'payib tog'ay to'qimani o'stiradi. Tog'aydagi regenerasiya jarayoni ham shu vaqtda sodir bo'ladi. Xondroblast bo’linishi natijasida xondrositlar hosil bo'ladi. Kollagen va elastik tolachalar hech qanday chegara hosil qilmasdan to'qimaning hujayralararo moddasiga qo'shilib ketadi. Perixodriyda qon tomirlari bilan nerv tolalari ko`plab uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |