Fibroz membrana. Fassiya aponevrozlar, diafragmaning payli qismlari, ichki organlar kapsulalari , tog'ay va suyak usti pardasi, moyak va tuxumdonning oqsil pardasi kiradi. Fibroz membranadagi kollagen tutamlar cho'zilmaydi. Tolalar va tutamlarning oralig'ida fibroblast va ko'proq fibrosit hujayralar joylashadi. Ko'p organlarda fibroz membranalar yuqorigi va pastki qavatdagi tutamlarga qo'shilib ketishi mumkin.
Plastinkasimon biriktiruvchi to'qima. Fibroz membrananing bir turi bo'lib, ayrim ichki organlar devoriga yoki ularning ustki qoplamida uchraydi. Nerv o'zini qoplab turuvchi to'rsimon parda yoki urug'donning egri - bugri kanalchlari devoridagi zich biriktiruvchi to'qima tarkibida bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |