TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA INSTITUTI
SIRTQI MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHI
21- 04 GURUH TALABASI
GULZODA BOYMETOVANING
UMUMIY PSIXOLGIYA FANIDAN
REFERATI
Mavzu: Yosh davrining psixologiyasi.
REJA:
Psixika materiya evolyutsiyasining natijasi sifatida
4. Hayvonlarning intellektual harakatlari 5. Inson va hayvonlar psixikasi o`rtasidagi farqlar 6. Ong haqida tushuncha
Psixika materiya evolyutsiyasining natijasi sifatida. Pisxika-ning paydo bo`lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli-inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo`lmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni ta`sirlarga javob qayta-rish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog`liqdir.
Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg`oqlarini, qoyalarni yuvishi va yemirishi, quyosh nuri-ning oynadan aks etishi (sinib qaytishi).
Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli – psixik aks ettirish paydo bo`ladi.
Materiyaning evolyutsiyada jonsiz materiyadan jonli materiyaga o`tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar.
Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko`rsatib o`tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Oqibatda koatservatlar deb atalgan faol oksil molekulalari paydo bo`lgan. Kotservatlarda hayotning asosiy belgilari – assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo`lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi «ozuqa» moddalarni tanlab o`zlashtirganlar. Ular yashash uchun zarur bo`lgan (biotik) moddalarga ma`lum darajada seskanish bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo`lmagan (abiotik) moddalarga nisbatan indefferent (befarq) munosabatda bo`lganlar.