Pastki jag` suyagi kalla suyaklari ichida faol harakatchanligi, ya`ni chakka suyaklari bir juft bo`g`im hosil qilib qo`shilishi bilan farq qiladi. Pastki jag` suyagining tishlar o`rnashgan gorizontal qismi, tanasi va ikkita vertikal joylashgan shoxi bor, u ana shu shoxlar vositasida bo`g`im hosil qiladi va chaynov muskullari yordamida harakatlanadi. Chaynov muskullarining vazifalariga va yoshga qarab, pastki jag` burchagi o`zgarib turadi. Yangi tug`ilgan bola pastki jag`ining burchaklari taxminan 150є bo`lsa, o`rta yoshli odamniki 130 - 110є gacha kamayadi.Yoshi ulg`aygan qari odamlarda esa tishlari tushib ketishi munosabati bilan chaynov muskullari bir muncha bo`shashadi. Natijada pastki jag` burchagi asta – sekin yassilashib, chaqaloqning pastki jag`iga o`xshab qoladi.
Til osti suyagi pastki jag` bilan hiqildoq o`rtasida (til ostida) joylashgan. U taqa kabi bukilgan bo`lib o`rta qismi, tanasi va katta-kichik ikki juft shoxi tafovut qilinadi. Bular tanasi bilan tog`ay orqali birikadi. Faqat 50 yoshdan keyingina suyaklanib birlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |