Bosh suyaklarining birikishi va yoshga xos xususiyatlari.
Yangi tugilg`an chaqaloqlarda bosh suyagi o`zaro birikmagan 23 ta alohida suyaklardan tashkil topgan bo’lib, ular o`rtasida yumshoq joylar (bo`shliqlar) ya`ni liqildoqlar bo`ladi. Katta liqildoq pеshona va tеpa suyaklari o`rtasida joylashgan, uning uzunligi 3,5 sm, eni 2,5 sm bo`ladi. Bu liqildoq bola 2 yoshga o`tganda bitadi. Tеpa va ensa suyaklari o`rtasida kichik liqildoq va tepa - chakka suyaklari o`rtasida 2 tadan 4 ta yon liqildoqlar bo`lib, bolaning 2-3 oyligidan ular suyaklana boshlaydi. Bosh suyagi bolaning 3-4, 6-8 va 11-15 yoshlik davrida ayniqsa tez o`sadi. Uning shakllanishi 20-25 yoshgacha davom etadi. Gavda skеlеti.
Odamning gavda skеlеti umurtqa pog’onasi va ko’krak qafasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |