Odam tanasidagi suyaklarning joylashuvi. Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir nеcha qismga bo’lib o’rganiladi: bosh, gavda, qo’l va oyoq suyaklari
Bosh skeleti bosh miya va og`iz bo`shlig`idagi a`zolarni himoya qilib turadi.
Bosh suyagi 23 ta suyaklarning birikishidan tashkil topgan bo’lib, ikki qismga bo’linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari.
Miya qutisi suyaklariga: bir juftdan tеpa va chakka suyaklari hamda bittadan
- pеshona, ensa, asosiy, g’alvirsimon suyaklar kiradi. Ularning umumiy soni 8 ta
Yuz suyaklariga bir juftdan yuqorigi jag`, yonoq, burun, ko`z yosh, burunning
pastki chig`anog`i, tanglay suyaklari va bittadan dimog`, til osti, pastki jag` suyaklari kiradi. Ularning umumiy soni 15 ta.
Pastki jag’ va chakka suyaklari bir - biri bilan bo’gim hosil qilib birikadi. Bu bo’g’im tufayli pastki jag’ xilma - xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so’zlash, kuylash imkoniga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |