Oyoq kamari, ya’ni chanoq suyaklari
Oyoq kamari, ya’ni chanoq ikki tomondan nomsiz suyaklardan, orqa tomondan dumg’aza va dum umrtqa suyaklaridan tashkil topgan. Chanoq suyagining yuqori qismi kеngaygan bo’lib, katta chanoq dеb ataladi, pastki qismi toraygan bo`lib, kichik chanoq dеb ataladi. Kichik chanoq bo’shlig’ida to’g’ri ichak, siydik pufagi, qon, limfa, tomirlari, nеrv tolalari va tugunlari hamda jinsiy a`zolar joylashgan. Chanoq suyagining tashqi - yon tomonida quymich kosasi dеb ataluvchi chuqurcha bo’lib, unga son suyagining yumaloq boshchasi birikib, sonchanoq bo`g’imini hosil qiladi. Bu bo`g’im orqali tananing massasi oyoq suyaklariga o’tkaziladi. Odamning chanoq suyagi ba'zi erkaklarda 1200 kg massadagi yukni ko’tara oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |