Qo’l panjasi suyaklari
Panja suyaklarya uch qismdan: bilakuzuk yoki kaft usti suyaklari, kaft va barmoq suyaklaridan iborat.
Kaft usti suyaklari 4 tadan ikki qator joylashgan 8 ta g’ovak suyaklardan iborat.
Yuqori qatorda bosh barmoq tomondan hisoblaganda qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali, no’xatsimon suyaklar.
Pastki qatorda trapetsiya shaklidagi suyak, trapetsiyasimon suyak, boshchali suyak va ilmoqli suyak lar bor.
Bu suyaklarning nomlari ularning shakliga mos keladi. Ularning yuzalarida qo’shni suyaklar bilan birlashadigan bo’g’im yuzalari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |