Qo’l panjasi barmoqlari
Qo’l panjasida yo’g’on va qisqa bosh barmoq, ko’rsatkich barmoq, eng uzun o’rta barmoq, nomsiz barmoq va jimjiloq tafovut qilinadi. Barmoq suyaklari bosh barmoqda 2 tadan, qolganlarida 3 tadan bo’ladi.
Har bir falangada asosi, tanasi va boshi tafovut qilinadi. Proksimal falangalarning asosida kaft suyaklari bilan bo’g’im hosil qiluvchi chuqurcha bo’lsa, o’rta va distal falangalarda bo’g’im yuzasi bor. Distal falangalarning uchlari yassilashib g’adir-budirlik hosil qiladi.
Oyoq suyaklari ikki guruhga: Oyoq kamari, ya’ni chanoq va oyoqning erkin qismi suyaklariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |