Biologik kodning kashf etilishi.
tRNKning adaptorlik funktsiyasini tadqiq etish natijasida bu yuksak
darajadagi mexanizmning poydevori bo‘lgan biologik kod (aminokislota, oksil
kodi) tushunchasi va uning ishlash usuli haqida juda samarali yangi bir soha
dunyoga keldi. Biologik kod ta‗limotiga binoan nuklein kislotalarda har bir
aminokislotani taniydigan va tanlab tashishda vositachilik qiladigan nukleotidlar
kombinatsiyasi mavjudki, aminokislota o‘zining kodi bilan bevosita bog‘lanmasa
ham, shu kodga komplementar, antikodon deb ataladigan, nukleotidlar
kombinatsiyasiga ega nuklein kislota bilangina munosabatga kiradi. Har bir
aminokislotani o‘zi uchun maxsus kodoni mavjud bo‘lishi shart, shundagina
adashtirmay ular bilan aloqaga kiradi. Oqsil molekulasiga kiradigan
aminokislotalar kamida 20 xil bo‘lganidan kodonlar soni ham 20 dan kam bo‘lishi
mumkin emas.
13
Demak, 4 nukleotidning o‘zi, yoki ikkita nukleotidlardan hosil bo‘ladigan 16
(A) kombinatsiya ham yetarli emas. Turli tadqiqot va mulohazalardan so‘ng kod
uch nukleotiddan iborat triplet tabiatiga ega ekanligi aniqlandi. Albatta bunda hosil
bo‘ladigan kombinatsiyalar soni 64
(4
3
),
kodirlanadigan aminokislotalar sonidan
ancha ko‘p, lekin ma‗lum bo‘lishicha 20 aminokislotadan 18 tasi bittadan ortiq
(2,3,4 va 6) kodon bilan kodirlanar ekan. Bu holat kodni ayniganligi deb
belgilanadi. U informatsiyani tug‘ri o‘qishga xiloflik qilmaydi, balki replikatsiya
yoki transkriptsiya jarayonida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarni
chetlatishga yordam beradi. 64 tripletdan uchtasi
UAA, UAG va UTsA
aminokislotalarni kodirlamaydi va polipeptid zanjir sintezi tugaganidan xabar
beradi, ular terminatsiya (tugash) signalini beradilar.
Genetik kodning yukorida keltirilgan maxsus xususiyatlari orasida uning
«ayniganligi» ayniksa ajoyibdir. «Ayniganlik» suzi matematik termin bulib bu
yerda bir aminokislotaga bittadan ortik kodon muvofik kelishini kursatadi. Ammo
ayniganlik yuqorida aytilganday kodonning takomillash-ganligining kamchiligi
emas. Chunki genetik kodda bitta ham kodon yo‘qki, qaysikim unga bir nechta
aminokislota tug‘ri kelsin.
Agar aminokislotani bir nechta kodon kodirlasa, aksari bu kodonlar uchinchi
harf, ya‗ni Z'-uchidagi nukleotid bo‘yicha farqlanadi. Masalan, alaninni GTsU,
GTsTs, GTsA va GTsG kodonlari kodirlaydi; ko‘rinib turibdiki, ularning
14
hammasida birinchi ikki harf bir xil, farq faqat uchinchi nukleotidda. Z'-uchidagi
nukleotidning spetsifikligi nisbiydir.
Frensis Krik kodon-antikodon juftlarining hosil bo‘lishini har tomonlama o‘rganib
chiqib ko‘pchilik kodonlarning uchinchi asosi antikodonning tegishli asosi bilan
juft hosil qilishda ma‗lum erkinlik darajasiga ega degan xulosaga keldi. Krikning
tasviri ifodasiga binoan bunday kodonlarning uchinchi asosi «og‘ib» turadi. Og‘ish
gipotezasi nomini olgan bu tushunchaga binoan kodonning birinchi ikki asosi
antikodonning tegishli asoslari bilan doimo barqaror Uotson — Krik juftlarini hosil
qiladilar va kodirlashning spetsifikligiga katta hissa qo‘shadilar. Bir qancha
antikodonlarning birinchi asosi (5- 3- yo‘nalishda o‘qilsa) ularga shu aminokislota
uchun bittadan ortiq kodonni o‘qish imkoniyatini beradi. Agar 5- uchida Ts yoki A
bulsa, bunday tRNK fakat bitta kodonni taniydi.
Oqsillar organizmda muhim urin tutadigan va bir qator jiddiy
vazifalarni bajaradigan oziq moddalardandir. Boshqa biror bir oziq modda
oqsillarning urnini bosa olmaydi. Ularning vazifasini hech bir oziq moddasi bajara
olmaydi.
Ichaqdan qonga surilgan aminoqislotalar qopqa vena orqali jigarga erkin
kislotalar holida keladi. Jigarga keladigan qopqa vena sistemasidagi qonda
aminokislotalar miqdori yeyilgan ovqatga qarab uzgarib tursa ham qon aylanishi-
da aminokislotalar miqdori ma‘lum chegarada saqlanadi. Buning sababi, birinchi-
dan, qopqa venadan kelgan ortiqcha aminokislotalarni jigar ushlab qolishi bulsa,
ikkinchidan, boshqa a‘zolarning ham qondan aminokislotalarni uz ehtiyojiga qarab
yutishidir. Jigar aminokislotalarni ancha tez tuplash qobiliyatiga ega, bu хususiyat
a‘zoning har tomonlama metabolik faoliyati juda yuksak ekanligiga bogliq. Jigar
organizmning ―kimyoviy laboratoriyasi‖ deb bejiz aytilmaydi. Aminokislotalar bu
a‘zoda qisman parchalanadi, qisman boshqa birikmalar (plazma oqsillari, uglevod-
lar) sintezi uchun sarf buladi. Har xil aminokislotalarning qon plazmasidagi
miqdorini ularning qonga kiritilish va qondan yutilish balansi idora qilib turadi.
Aminokislotalarning plazma va tuqimalardagi miqdorining uzaro nisbati dinamik
holatdadir.
15
Peptidlar tana suyuqliklari va tuqimalarida ularning ba‘zi maxsus vakillari
(masalan, glutation) dan tashqari, deyarli uchramaydi. Ular hujayra tekisligida oziq
modda yoki oqsil sintezi uchun erkin oraliq, modda sifatida ahamiyatga ega emas.
Qon aylanishiga tushgan aminokislotalarning asosiy ahamiyati tirik hujayralarning
struktura va katalitik funkiiyalarini ta‘minlab turishdir. Bu ma‘noda ularning
birinchi funktsiyasi oqsillar, shu jumladan, fermentlar, gormonlar va boshqa mu-
him biologik ahamiyatga ega birikmalar sintezi uchun sarf qilinishidir. Agar ovqat
oqsillari, odatda bulgani kabi, bu asosiy va eng spetsifik vazifani bajarish uchun
zarur miqdordan kuproq aminokislota yetkazgan bulsa, ortiqcha qabul qilingan
aminokislotalar parchalanadi, undan energiya manbai sifatida foydalanish mumkin,
ammo bu ular uchun zarur funktsiya emas. Aminokislotalarning tula parchalanib,
oxirgi mahsulotlarga aylanadigan qismi asosan, ovqat tarkibiga bogliq. Ammo
ovqat bilan oqsil moddalar kiritilmaganda, ochlikda ham siydik bilan ma‘lum
miqdorda azotli moddalar ajratilib turadi, bunda organizm manfiy azot balansida
buladi.
Organizm bunday sharoitda nima uchun uz oqsillarining parchalanishidan
kelib chiqadigan aminokislotalarni boshqa tuqimalar uchun zarur bulgan yangi
oqsil sintezi uchun iste‘mol qilmay, azotni ―behuda‖ tashqariga chiqarib tashlaydi.
Buning sababi shuki, har bir oqsil sintezi uchun aminokislotalarning ma‘lum
tuplami kerak. Barcha oqsillar qat‘iy aminokislota tarkibiga egaligidan zarur
aminokislotalardan bittasi bulmasa ham oqsill sintezlanishi mumkin emas. Demak
qolgan hamma aminokislotalar parchalanadi. Ularning azoti siydik bilan
chiqariladi, uglerod skeleti esa energiya ajratish bilan oxirgi mahsulotlari bulmish
CO
2
va H
2
O gacha parchalanib ketadi. Bundan tashqari, bir qator aminokislotalar
turli biologik aktiv birikmalar sintezi uchun sarf buladi. Masalan, fenilalanindan
adrenalin va tiroksin gormonlari, arginin va metionindan muskullarda kreatin hosil
qilinadi. Demak, almashinmaydigan aminokislotalarning bir qismi doimo oqsil
sintezidan boshqa ehtiyojlarni qoplash uchun ishlatiladi. Natijada almashinmay-
digan aminokislotalar yetishmaganidan boshqa aminokislotalar ham oqsil sintezi
uchun kerak bulmay qoladi. Shuni ham aytib utish kerakki, soch, tirnoq, teri
16
epidermisi kabi bir qator tuqimalarning oqsillari hayot jarayonida qaytarilmay-
digan shaklda yuqolib, yangidan organizmning almashinuv reaktsiyalarida ishtirok
eta olmaydi.
Organizmning har bir tuqimasi shu tur uchun uziga xos spetsifik oqsillar
tuplamiga ega. Ularning tuxtovsiz parchalanib, yangidan sintezlanib turishi
a‘zoning funktsiyasi va hayot faoliyati bilan belgilanadi, Hujayralarda uz
oqsillarini parchalaydigan murakkab proteolitik fermentlar sistemasi bor. Ular
katepsinlar deb atalib, oqsillarga hamda peptidlarga ta‘sir etadi. Katepsinlar ta‘sir
xarakteriga qarab turt guruhga bulinadi. Bulardan ikkitasi pepsin va tripsinga,
qolgan ikkitasi aminopeptidaza va karboksipeptidazaga muvofiq keladi deb,
hisoblanadi. Bu fermentlar faqat tuqima oqsillarini parchalash qobiliyatiga ega
bulib, hozirgi tushunchalarga binoan, sintez reaktsiyalarida ishtirok etmaydi.
Tuqimalarning normal hayoti, masalan, qon bilan ta‘minlanishi, ovqatlanishi
buzilganda yoki tukima parchasi termostatda, mikrobsiz sharoitda saqlanganda
kuzatiladigan erish hodisasi — autoliz mana shu fermentlar faoliyatiga bogliq.
Ko‘p yillardan beri ma‘lumki, organizmning barcha tuqima va hujayralari
doim parchalanib, yangidan tiklanib turadi. Bu fikr Shonxaymer va Rittenberg-
larning nishonlangan aminokislotalar bilan utkazgan klassik tajribalarida
mukammal tasdiqlandi. Ular azot muvozanatida bulgan, ya‘ni ovqat bilan
beriladigan aminokislotalarga ehtiyoji katta bulmagan kalamushlarga M15 bilan
nishonlangan aminokislotalar yuborilganda ham bu aminokislotalardagi azotniig
58 protsentny tana oqsillari tarkibidan topganlar. Bu natijalar ovqatdagi ortiqcha
azot siydik bilan chikariladi, degan eski tushunchalarni rad qiladi va ovqat bilan
iste‘mol qilinadigan aminokislotalar, hatto, organizm qabul qilgan azot bilan
tashqariga chiqarilib turgan azot miqdori teng, ya‘ni hayvon azot, muvozanatida
bulgan taqdirda ham doim tana oqsillari tarkibiga kirib turadi degan fikrni
tasdiqlaydi.
Nishonlangan izotop birikmani kiritish yuli bilan ayrim tuqimalarda
oqsillarning aylanish (yangilanish) tezligini ulchash mumkin. Bu termin ma‘lum
vaqt birligida umumiy oqsilning izotop bilan almashingan protsent miqdorini
17
kursatadi. Kupincha, aylanish tezligini tekshirilayotgan modda, masalan, oqsil yoki
tukimaning yarim yashash davri, ya‘ni mavjud miqdorining yarmi yangilanadigan
vaqt bilan ifodalanadi. Turli tuqima oqsillari va hujayra elementlarining yarim
yashash davri keng miqyosda farqlanadi. Ayniqsa, jigar va plazma oqsillari tez
aylanadi, ularning yarim yashash davri 6 kunga teng. Muskul oqsillarining yashash
davri 180 kunga, ba‘zi pay oqsillariniki esa 1000 kunga teng. Demak, tuqima
oqsillarining sintezi uchun doimo tashqaridan kiritiladigan oqsillarga muhtojlik
bor. Oqsil tarkibiga yangi aminokislota kirishi buzilmagan molekuladagi
aminokislota bilan almashinuv orqali bajariladimi yoki buning uchun oqsil
molekulasi tula parchalanib, yangidan sintezlanishi kerakmi degan savol hali uzil-
kesil hal qilingan emas.
Boshqa bir tajribada hayvonga M15 bilan nishonlangan leytsin qiritilgandan
sung uning tuqimalaridan ajratib olingan oqsillar gidroliz qilinib, M15 ning
tarqalishi tekshirilgan. Analiz natijasida nishonlangan azot lizindan boshqa barcha
aminokislotalar, ortiqcha miqdorda glutamat va aspartat kislotalarda topilganki, bu
azotning dikarbon aminokislotalar tarkibiga ayniqsa katta sur‘at bilan kirishini
kursatadi. Leytsin urniga boshqa nishonlangan aminokislotadan foydalanilganda
ham shunday natija olingan. Demak, organizmda aminokislotalar orasida azot
atomlari almashinib turar ekan. Bu hodisa organizmda azot moddalarning dinamik
holati faqat tuqima oqsillarining yangilanib turishi bilan chegaralanib qolmay, azot
almashinuvining asosiy elementi bulgan aminokislotalarning ham doimo uzgarib
turishini tasdiqlaydi.
Aminokislotalar orasida azot almashinuvini ular metabolizmidagi ikki asosiy
reaktsiya yordamida tushuntirish mumkin. Ulardan biri transaminaza reaktsiyasi
aminokislotaning
aminoguruhsini
ketokislotaga
kuchirishdan
iborat.
Bu
reaktsiyada ketokislotadan yangi aminokislota sintezlanadi, aminokislota esa
ketokislotaga aylanadi. Azot almashinuvining ikkinchi imkoniyati dezaminlanish
reaktsiyasiga bogliq. Bunda aminokislota aminoguruhni ammoniy shaklida ajratib,
uzi tegishli ketokislotaga aylanadi. Natijada, ajralib chiqqan ammoniy ovqat bilan
qabul qilingan nishonlangan aminokislotaning M15 atomlariga ega buladi, endi
18
nishonlangan ammoniy oqsil molekulasida boglangan aminokislota azotini
almashtirishi ehtimoldan holi emas. Haqiqatan ham ovqat bilan kiritilgan ammoniy
aminokislota kabi, azot manbai sifatida iste‘mol qilinishi mumkin. Hayvonga N15
bilan nishonlangan ammoniy nitrat kiritilgandan sung tuqima oqsillari gidroliz
qilib olingan aminokislotalarda izotop topilishi bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Aminokislotalardagi
azot
tuqima
oqsillari
molekulasidagi
boshqa
aminokislotalar tarqibida paydo bular ekan hujayra va tuqima suyuqliklarida azot
tutuvchi birikmalar sintezini ta‘minlaydigan ma‘lum azot fondi bulishi kerak. Bu
fondning materiali aminokislotalar bulib, azot mana shu shaklda tuqimalararo
aylanib yuradi. Azot fondidan aminokislotalarning ammoniy ioni hosil qiladigan
uning boshqa analoglari iste‘mol qilinadi. Azot fondi ovqat bilan qabul qilinadigan
va tuqima oqsillari parchalanishidan paydo buladigan aminokislotalardan
bunyodga keladi. Bu ikkala manbadan kelib chiqadigan aminokislotalar bir-biridan
farqlanmasligi tushunarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |