Iqtisodiyot
Valyuta
|
so'm
|
Moliya markazi
|
Toshkent
|
YaIM
(PPP)
|
250,33 milliard AQSh dollari (2018)
|
Aholi jon boshiga YaIM
(PPP)
|
7665,45 AQSh dollari (2018)
|
Eksport hajmi
|
14,1 milliard AQSh dollari (2018)
|
Import hajmi
|
23,5 milliard AQSh dollari (2018)
|
Turistlar soni
|
6,4 million kishi (2018)
|
To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar
|
4 205 million AQSh dollari (2019)
|
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni
|
8785 (2019 yil 1 iyun holatiga)
|
Xorijiy investitsiyalar va kreditlar eng koʻp boʻlgan iqtisodiyot tarmoqlari
|
Elektr va gaz ta'minoti (34,2%),
ishlab chiqarish (26,6%),
tog'-kon sanoati (19,6%),
tashish va saqlash (5,6%)
(2018)
|
Inflyatsiya darajasi
|
14,3 % (CPI — 2018)
|
Asosiy eksport bozorlari
|
Xitoy – 22,1%, Rossiya – 16,7%, Qozog‘iston –11,1%, Turkiya – 7,2%, Afg‘oniston – 4,9% (2018-yil)
|
Asosiy import manbalari
|
Rossiya (18,5%), Xitoy (18,3%), Janubiy Koreya (9,8%), Qozog‘iston (7,8%), Turkiya (6,5%) (2018-yil)
|
Savdo shartnomalari
|
MDH davlatlari (Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina) bilan erkin savdo toʻgʻrisidagi bitim5
|
Investitsiyalar va tashqi savdo sohasida 2022 yilga mo'ljallangan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.6
Joriy yilning 5 yanvar kuni O'zbyekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida 2021 yildagi investitsiyalar va tashqi savdo faoliyati yakunlari hamda 2022 yilda investitsiyalarni jalb etishni yanada rag'batlantirish va eksport hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, boshqa dolzarb vazifalarni muhokama qilishga bag'ishlangan bevosita va onlayn tarzida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi.
2021 yilda investitsiyalar sohasida erishilgan natijalar bo'yicha tezkor ma'lumotlar ma'lum qilindi. Jumladan, o'zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 254 trln. so'mni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 109 foizga o'sdi, shundan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar 8,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Hisobot davrida davlat Invyestiцiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,9 milliard dollarlik 318ta yirik investitsiyaviy loyiha, hududiy investitsiya dasturlari doirasida esa 7,4 milliard dollarlik 15 710 investitsiyaviy loyiha amalga oshirildi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi tufayli jami 275 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi. Investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirish va investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlarini amaliy qo'llab-quvvatlash bo'yicha mexanizmlarni takomillashtirish, shuningdek, mas'ul rahbar va xodimlarni biriktirish orqali loyihalarni amalga oshirishning doimiy monitoringini olib borish tizimini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Bo'sh turgan va to'liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalarni “sog'lomlashtirish” bo'yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari ko'rib chiqildi. O'tgan yil yakunlari bo'yicha 2040 ta shu kabi korxona faoliyati o'rganilib, tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etish bo'yicha aniq choralar ko'rildi. Natijada 1908 korxona (94 foiz) to'liq quvvat bilan ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi, bu esa mamlakatimiz sanoatiga qo'shimcha ravishda 4,1 trln. so'mlik mahsulot ishlab chiqarish, 184 mln dollarlik qo'shimcha eksportga yetkazib berish va 25 mingga yaqin ish o'rni tashkil etish imkonini berdi. 152 dona foydalanilmayotgan texnologik uskuna ham ishga tushirildi, bu esa, o'z navbatida, 1 257 yangi ish o'rni yaratish imkonini berdi. Yuzaga kyelayotgan masalalarga zudlik bilan javob berish va ularni hal qilishda amaliy yordam ko'rsatish maqsadida foydalanishga topshirilgan ishlab chiqarish ob'yektlari faoliyatini monitoring qilish mexanizmini yaratish topshirildi.
Investitsiyaviy faoliyatni rag'batlantirish va loyihalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar bo'yicha hisobotlar eshitildi. Hududiy loyiha guruhlarini shakllantirishni jadallashtirish hamda ularning tuman va shahar hokimlarining tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha har bir mahallada faoliyat yuritayotgan yordamchilari bilan yaqin hamkorligini yo'lga qo'yish topshirildi.
2022 yilda eksport salohiyatini yuksaltirish va eksport qilinadigan mahsulotlar hajmini oshirish vazifalari ko'rib chiqildi. Mahalliy eksportchilar oldida turgan masalalarni zudlik bilan hal qilish maqsadida eksport qiluvchi korxonalar, mijozlar va mahsulot hajmi ko'rsatilgan eksportga ortish bo'yicha manzilli jadvalini shakllantirish topshirildi.
Alohida tartibda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish bilan bog'liq masalalar, O'zbyekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishi bo'yicha muzokaralarning borishi, transport infratuzilmasini kyengaytirish va mamlakatda logistika salohiyatini yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar hamda boshqa dolzarb vazifalar ko'rib chiqildi.
Yig'ilish yakunida mutasaddi rahbarlar o'rtasida ijro muddatlari belgilangan vazifalar taqsimlandi va qo'shimcha manzilli ko'rsatmalar berildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Joriy yilning 10 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida vidyeokonferentsiya shaklida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyati doirasida 2022 yilga mo'ljallangan dolzarb vazifalarni muhokama qilishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.7
2021 yilda erishilgan natijalar tahlili hamda joriy yilda tizimli va samarali ishlarni tashkil etish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar yuzasidan vazirning barcha o'rinbosarlari hamda Vazirlikning tarkibiy bo'linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Vazirlikning tarkibiy bo'linmalar boshliqlari tomonidan shu oy, birinchi chorak va umuman joriy yil uchun aniq tadbirlar, ijro muddatlari va kutilayotgan natijalardan iborat aniq va manzilli ish rejalari taqdim etildi.
Asosiy hamkor mamlakatlar kesimida ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi holati, qo'shma dastur va loyihalarning amalga oshirilishi, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar chog'ida erishilgan kelishuvlarning ro'yobga chiqarilishi yuzasidan axborot berildi. Asosiy sheriklar bilan iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish bo'yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar, ishlab chiqilayotgan loyihalar va savdo bitimlari, xorijiy investorlar va savdo hamkorlarini jalb qilishning yangi mexanizmlari haqida hisobot berildi. O'zaro munosabatlarning barcha sohalarida va har bir hamkor mamlakat uchun xalqaro tadbirlarni tashkil etish hamda ikki tomonlama sheriklikni ilgari surish bo'yicha aniq vazifalar va ularni amalga oshirish muddatlari belgilangan rejalarni ishlab chiqish topshirildi.
Xalqaro moliya institutlari, donorlar va rivojlanish bo'yicha hamkorlar bilan o'zaro munosabatlarning holati ko'rib chiqildi. Jalb etilayotgan mablag'lar va grantlar hisobidan amalga oshirilayotgan qo'shma ijtimoiy va investitsiyaviy loyihalarni hayotga joriy etishni jadallashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Davlat va hududiy investitsiya dasturlarining ijrosi, ishga tushirilgan loyihalar faoliyatining monitoringi, mahalliy eksportchilarni qo'llab-quvvatlash va eksport salohiyatini yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar o'rganildi.
Har bir xodim faoliyatining samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, uning mehnat natijadorligini baholashning aniq vazifalari va mezonlarini belgilash topshirildi. Shuningdek, umumiy vazifalarni hal etishda sinergetik samaraga erishish uchun Vazirlikning turli tarkibiy bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari o'rtasida yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish zarurligi ta'kidlandi.
2022 yil 24-26 mart kunlari Toshkyent shahrida ilk marotaba Toshkyent xalqaro invyestiцiya forumi bo'lib o'tadi (TXIF).
TXIF – bu stratyegik tashabbuslarni amalga oshirishni muhokama qilish va xalqaro biznyes xamjamiyatiga O'zbyekistonning invyestiцiyaviy imkoniyatlarini namoyish etish uchun yaratilayotgan yangi maydon.
Forum O'zbyekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga intyegraцiya jarayoniga qiziqish bildirgan yirik xorijiy invyestiцiyaviy, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va korxonalar rahbar va vakillarini jalb etishga qaratilgan.
Forumda ishtirok etish uchun www.iift.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tish mumkin.8
Do'stlaringiz bilan baham: |