Chiqib ketish bilan voleybol
O‘yinga tayyorlanish. Ikki jamoa voleybol maydonchasida o‘z tomonida (voleybol o‘yinidagi kabi) joylashadi.
O‘yin tasnifi. Rahbar signali bo‘yicha voleybol o‘yini boshlanadi. Jamoalardan birining o‘yinchisi uchinchi xatoga yo‘l qo‘ysa, uni hakam o‘yindan chiqaradi. Kamchilik bo‘lib qolgan jamoa o‘yinni qaytadan tiklab, to‘pni raqib tomoniga oshiradi. Agar o‘yin davomida jamoa yana xatoga yo‘l qo‘ysa (xato hisob bo‘yicha oltinchisi bo‘lsa), unda o‘yinchilar soni yana bittaga kamayadi.
Ikkala tomon ham o‘yinchilarini “yo‘qotganida” ham o‘yin davom etadi, biroq navbatdagi, uchinchi xatoga yo‘l qo‘ygan jamoa (taktik tushunishdan kelib chiqib, o‘yinchini o‘yindan chiqarish yoki oldingi tarkibda qoldirishni, qarama-qarshi jamoa o‘yinchisining maydonchaga qaytib kelishini hal etadi (bu qoidani iloji boricha qo‘llamaslik zarur. O‘yin 3-5 partiyadan iborat. Har bir jamoa, ulardan birining so‘nggi o‘yinchisi maydonni tashlab chiqib ketganidan so‘ng o‘yin tugaydi. Har bir partiya vaqti-12-15 daqiqa. Har partiyada ko‘proq o‘yinchisi qolgan jamoa g‘olib hisoblanadi.
O‘yin qoidasi. 1. Xato voleybol o‘yini qoidalari bo‘yicha qayd qilinadi. 2. O‘yin qatnashchisi o‘yindan chiqqanidan keyin, to‘pni xatoga yo‘l qo‘ygan jamoa o‘yinga kiritadi. 3. O‘yin qatnashchilari o‘yinga qaysi ketma-ketlikda chiqib ketgan bo‘lsa, shu tartibda qaytib keladilar. 4. O‘yinchilar navbat bilan, maydonda to‘pni soat mili bo‘ylab o‘yinga kiritadilar (voleybol o‘yinidagi kabi).
Devorga to‘p tepish o‘yini
O‘yinga tayyorlanish. Maydoncha o‘rtasidan chiziq o‘tkazib ikkiga bo‘linadi. Devorning old tomonidan 1,5 m balandlikda chiziq o‘tkaziladi. Poldan to chiziqqacha bo‘lgan bo‘shliq yoki zona darvoza vazifasini o‘taydi. O‘yinchilar 5-8 kishidan bo‘lib ikki jamoaga bo‘linadilar. Har bir jamoa o‘z maydonining istagan tomonini tanlaydi.
O‘yin tasnifi. Ikki o‘yinchi o‘rtasiga to‘p tashlanadi. Maydonchaning bir tomoniga o‘tgan to‘pni, o‘yinchilar bir-biriga oshirib, qulay vaqt poylab nishonga zarba beradilar. To‘psiz jamoa to‘p qaerda bo‘lsa, o‘sha zonaga qarshi himoyani tashkil etadi, “devor” qo‘yiladi, yakkama-yakka to‘pni ushlash qo‘llanadi. Agar hujumchilar to‘pni darvoza zonasiga yo‘naltira olsalar (maydonning old chizig‘iga) ular ochko oladilar. Shundan keyin raqib o‘z navbatida to‘pni bir-biriga oshirib, hujumni yakunlashga harakat qiladi. To‘pni oyoq, gavda bilan ushlash, boshda qaytarish mumkin. O‘yin 10 daqiqa davom etadi, shundan so‘ng jamoalar maydon tomonlarini almashadilar. 20 daqiqa ichida eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi. O‘yinni ikkita to‘p bilan o‘ynasa ham bo‘ladi.
O‘yin qoidasi. 1. O‘rta chiziqdan o‘tish, to‘pni qo‘l bilan ushlash man etiladi. 2. Zarba beruvchi jamoa tepgan to‘pi devordan sapchib qaytib maydonga tushsa, (himoyachilarga tegmasa), to‘p raqibga qaytarib beriladi. 3. Qo‘l bilan to‘pga tegilsa yoki uch marta “darvoza” chizig‘i bitta o‘yinchi bilan himoya qilinayotgan, shartli darvozaning o‘rta chizig‘idan zarba beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |