Birinchisi, sistemalar nazariyasi, modellashtirish, komp`yutyer grafikasi, mul`timediya va h.k.da yerishilgan yutuqlarni hisobga olishga tayanadigan nazariy ishlar. Ikkinchisi, virtual reallik muammosining falsafiy va psixologik jihatlari hamda uning insonga, odamlar guruhi va butun jamiyatga ta`siri haqidagi ishlar. Uchinchisi, virtual reallikka tegishli sistemalarni inson faoliyatining texnik sohalarida, ta`limda, ilmiy tadqiqotlarda, biznesda va h.k.da foydalanish muammolariga bag`ishlangan ishlar. To`rtinchisi, virtual reallikning axloq, siyosat, madaniyatshunoslik bilan bog`liq muammolari bo`yicha ham ishlar olib borilmoqda.
I.A.Karimov BMTning 2010 yil 20 sentyabrda bo`lib o`tgan “Mingyillikning rivojlanish maqsadlari” sammitining plenar majlisida so`zlagan nutqida “Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida ta`kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o`limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to`siqlar bo`lib qolmoqda”, – deb ta`kidladi. SHundan so`ng davlatimiz rahbari “asosiy muammo va ziddiyatlar bo`yicha o`zaro murosa asosidagi echimlarni topish” zarurligini va bu murakkab, chigal, ziddiyatli vaziyatlardan chiqishning asosiy yo`llaridan biri ekanligini qayd etib o`tdi. SHu munosabat bilan tolyerantlikni va uning odamlar ongiga ta`siri darajasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Keyingi paytlarda dunyoda murosasizlik, zo`ravonlik, terrorchilik, tajovuzkor millatchilik, xalqlarning bir-biridan uzoqlashuvi, kam sonli milliy, etnik guruhlarni kamsitish holatlarining tez-tez yuz byerayotganligi mintaqaviy va xalqaro miqyosda barqarorlikka va xavfsizlikka tahdid solmoqda va ijtimoiy rivojlanish yo`lidagi to`siqlardan biri bo`lib qolmoqda. YUNESKOning1995 yil 16 noyabrda bo`lib o`tgan Bosh konfyerentsiyasi tolyerantlik tamoyillari Deklaratsiyasini qabul qildi, zyero tolyerantlik tinchlikni saqlashning, insoniyatning har tomonlama rivojlanishining eng muhim tamoyili bo`libgina qolmay, balki uning zarur sharti hamdir.
Ijtimoiy rivojlanishda yuz byerayotgan o`zgarishlar va ularning tendentsiyalarini tahlil qilish global ijtimoiy ongda va muayyan inson hayoti va taqdirida tolyerantlik muammosi naqadar dolzarb ekanligini ko`rsatadi. Tolyerantlik bugungi kunda zaruratga va madaniy me`yorga aylanib, atrofimizni o`rab turgan dunyo bilan munosabatlarimizning zarur sharti sifatida namoyon bo`lmoqda.
Ma`lumki, globallashuv ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tizimlar va ijtimoiy birliklarning intensiv integratsiyasi, kommunikatsiyaning innovatsion usul va vositalariga tayangan holda kechayotgan, kompleks xaraktyerga ega ob`ektiv voqea va hodisalarda o`z aksini topmoqda.
SHuningdek, mazkur sharoit mavjud huquqiy normalarning qayta ko`rib chiqilishi, mintaqa va hududlardagi iqtisodiy tizim xaraktyerining o`zgarishi, mamlakatlar siyosiy hayotiga xalqaro omil ta`sirining kuchayishi, turli madaniy tizimlar, xususan, dinlar o`rtasidagi muloqot intensivligining kuchayishini keltirib chiqarmoqda..
Globallashuv jarayoning hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sabablari xususida gapirganda 1-Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganlaridek “ ... shuni ob`ektiv tan olish kyerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog`lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”.
Mutaxassislar zamonaviy global rivojlanish jarayonidagi ba`zi tendentsiyalarning tahlili asosida bu borada ko`p hollarda aksiomadek qabul qilinadigan ayrim xulosalarga tanqidiy yondashish zarurligini ta`kidlashayotganini alohida qayd etish lozim. Jumladan, ular globallashuv sharoitida dunyodagi yirik kompaniyalar olayotgan foyda o`sish emas, balki pasayish tomon ketayotgani, hukumatlar hali hamon gigant korporatsiyalar faoliyatiga ta`sir ko`rsatish imkoniyatini saqlab turgani va ko`p hollarda ularni o`z rejalarini o`zgartirishga majbur qila olayotgani haqida yozmoqdalar. Bu esa, davlat chegaralari ahamiyatining keskin darajada pasayib ketayotgani haqida gapirayotgan mutaxassislarning qarashlarini bir yoqlama ekanidan dalolat byeradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |