Referati bаjаrdi: 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) taʼlim yoʼnalishi 3-1 iqt im-19


Korxonada boshqarishni tashkil etish



Download 69,36 Kb.
bet3/10
Sana07.01.2022
Hajmi69,36 Kb.
#326690
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxona O`ktam

Korxonada boshqarishni tashkil etish.

Boshqaruv jarayoni tartibga solingan bo‘lishi kerak, aks holda u samarasiz bo‘lib qolishi mumkin. Boshqaruv jarayonini tashkil etish - uni har tomonlama tartibga solishi jarayonni amalga oshirishdagi aniqlik, ketma -ketlik va ruxsat etilgan chegaralarni aniqlovchi vositadir. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv jarayonini tashkil etish bu ijtimoiy - iqtisodiy tizimda hamkorlikda mehnat qilish bitimlari talablariga asosan boshqaruv jarayonining maqsadga muvofiq vaqt va fazoda qurish demakdir. Boshqaruv jarayonini tashkil etish, umuman olganda quyidagilardan tashkil topadi:


ishlarni bosqichlar bo‘yicha taqsimlash va biriktirish, ularni ketma - ketligi va muddatlarini belgilash, me’yorlash, intizomli jazo choralarini belgilash va boshqaruv jarayonini amalga oshirish bo‘yicha majburiy talablarni kiritish;

  • boshqaruv jarayonini tashkil etishning ahamiyati va mohiyati. Agar boshqaruvni samarali takomillashuvi boshqaruv tizimi strukturalarini oqilona qurish hisobiga erishilsa, boshqaruvning takomillashuvi ko‘p jihatdan uni tashkil etish bilan aniqlanadi. Ya’ni boshqaruv tizimidagi kerakli bo‘g‘inlarni borligi, ularni belgilangan tashkiliy maqomda faoliyat ko‘rsatishi, ushbu bo‘g‘inlarni turli boshqaruv jarayonlarida ishtirok etish mezonlari o‘zgarib turishi; hozirgi vaqtda boshqaruv jarayoni xarakteri uni strukturasi emas, balki aksincha boshqaruv jarayoni strukturasi xarakterini aniqlaydi;

  • ilmiy - texnik taraqqiyot sohasida shakllanayotgan tendensiyalar boshqaruv jarayonini tashkil etish darajasini oshirishda salmoqli rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda ishlab chiqarishni boshqarishda ko‘proq kompleks xaraktyerdagi muammolar kelib chiqmoqda. Ularni yyechimi esa, tashkiliy jihatdan tarqoq tashkilot yoki boshqaruv tizimi bo‘g‘inlari ixtiyorida bo‘lmoqda. Ularning muloqotlari va hamkorliklari amaldagi nizomlarda ko‘zda tutilmagan va boshqaruvni o‘zgarmasligiga qaratilmagan; 

  • boshqaruv jarayonini tashkil etish ilmiy - texnik taraqqiyot sharoitida boshqaruv tizimi birligini ta’minlashda muhim omil deb hisoblanadi. Boshqaruv jarayonini tashkil etish boshqaruv tizimi tarkibidagi ma’lum bir kamchiliklar o‘rnini to‘ldirishga imkon beradi. Lekin boshqaruv tarkibini kamchiliklari ayrim holatlarda boshqaruv jarayonini tashkil etishdagi kamchiliklardan kelib chiqadi. 

Boshqaruv jarayoni tashkil etishni takomillashtirishga oid zamonaviy masalalar quyidagilardan tashkil topadi:

  1. boshqaruv jarayonlarini jadallashtirish, uni ilmiy tashkil etish, murakkab jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;

  2. boshqaruv jarayonini maqsadli yo‘naltirilganligini, ishlab chiqarishni rivojlantirish muammolarini hal etishda maqsadli ketma-ketlikni ta’minlash;

  3. boshqaruv qarorlarini ishlab chiqarish sikllarini boshqaruv jarayonidagi muolajalarini qisqartirish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qisqartirish;

  4. boshqaruv jarayonini axborot jihatdan tartibga solish, boshqaruv qarorini vaqt va sifat xarakteristikalar bo‘yicha tartibga solish, boshqaruvni zamonaviy texnikasidan oqilona foydalanish.


Boshqaruv jarayonini tashkil etish quyidagilarni belgilashni:

  • uni har xil sikllarini, bosqichlarini va jarayonlarini bajarish ketma-ketligini, shuningdek ayrim sharoitlarda birdaniga barobariga bir necha ishlarni baja-rish;

  • ba’zi bir turdagi ishlarni bajarish muddatlari va ularni boshqaruvini intensifikatsiyalash omillari bo‘yicha guruhlarga ajratish;

  • boshqaruv jarayoni va uni barcha jarayonlarini me’yoriy darajada va o‘z vaqtida bajarish uchun kerakli axborotlarni kelishi;

  • boshqaruv tizimining turli bo‘g‘inlarini boshqaruv jarayonini bosqichlari bo‘yicha ishtirok etish tartibini;

  • ma’lum bir ish turlari uchun zarur bo‘lgan boshqaruv jarayonining muolajalarini (kelishuv, muhokama, munosabatni bildirish, tasdiqlash, ma’lumot berish va h.k. operatsiyalar) o‘z ichiga oladi.

Ijtimoiy taraqqiyot masalalari, jumladan, mehnat intizomi sharoitlarini yaxshilash va ish vaqtining davomiyligini, mehnat jamoasi a’zolari va ularning oilalarini ijtimoiy muhofaza qilish, turmush sharoitlari va salomatligini yaxshilash masalalari mehnat jamoasi tomonidan korxona ma’muriyati bilan birgalikda hal qilinadi. O‘z mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida o‘ziga biriktirilgan ishni bajaruvchi barcha fuqarolar shu korxona mehnat jamoasini tashkil qiladi.

Korxona o‘zining nizomiga muvofiq boshqaruv strukturasi, shakli va uslublarini aniqlaydi, ish o‘rinlarini belgilaydi.

Mulk egasi bevosita o‘zi yoki o‘zi vakolat bergan idoralar orqali korxonani boshqaradi.

Korxonani boshqarish uchun rahbar yollash (tayinlash) va bo‘shatish korxona mulk egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita o‘zi yoki vakil qilgan idoralar orqali amalga oshiradi.

Korxona rahbari korxona faoliyati bilan bog‘liq masalalarni mustaqil hal qiladi. Mamlakatdagi va chet eldagi barcha korxona, firma va tashkilotlarda shu korxona manfaatlarini himoya qiladi, korxona mol-mulkini tasarruf qiladi, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonch qog‘ozlari beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, mablag‘ni tasarruf etish huquqidan foydalanadi. Korxonaning barcha faoliyat turlarini rivojlantirishga doir buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.

Korxona xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday qarorlarni qabul qilishga haqlidir.




  1. Download 69,36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish