Referati andijon 2020 Tarixga qaytib ish ko’rmoq xayrlidir Reja



Download 27,21 Kb.
Sana10.08.2021
Hajmi27,21 Kb.
#144378
TuriReferat
Bog'liq
Tarixga qaytib


Oltinko’l tumanidagi 28-ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan

maktab-internati 7-B sinf o’quvchisi



Atabayeva Muxlisaxonning

Tarix fanidan yozgan




REFERATI

Andijon 2020

Tarixga qaytib ish ko’rmoq xayrlidir

Reja:


  1. Tarix millatlarning o'tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzuli sabablarini o'rganuvchi bilimdir

  2. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar

  3. Turkiy so’zlar lug’atining ahamiyati

Insoniyat uzoq asrlar davomida erishgan sivilizatsiya, moddiy va ma'naviy madaniyatning bugungi darajasi jahon xalqlari qobiliyati, zehni, tadbirkorligi, matonati, tinimsiz mehnatining mahsulidir.

Tarix odamzodning hayot uchun kurashini, bu jarayonda uning takomillashuvini, yuksalishini, kamolotga intilishini aks ettiruvchi xotira daftaridir. Demak, jahon tarixining tarkibiy qismi bo'lgan Vatanimiz o'tmishi ajdodlarimiz turmush tarzi, ma'naviy-ruhiy kechinmalari, sodir bo'lgan voqea-hodisalar haqidagi fandir. Tarix ajdodlaming keyingi avlodlarga qoldirgan noyob merosi, xalqimizning intellektual mulkidir.

Abdurauf Fitrat "Tarix millatlarning o'tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzuli sabablarini o'rganaturg'on bilimdir”, degan edi. O'tmishning murabbiyligini inobatga olib Abdulla Qodiriy moziyga qarab ish qilmoqqa da'vat etadi. Mahmudxo'ja Behbudiy esa tarix kelajak tarozusidir, deb uqtiradi. Tarixda sodir bo'lgan har bir voqea, hodisa o'tmishga mansub. Shul sabab ularni keyingi avlod o'zgartirolmaydi.

Jahonning bir qancha davlatlarida fuqarolik huquqini olmoqchi bo'lgan har bir kishi davlat tili, mamlakat konstitutsiyasi va tarixini o'zlashtirish bo'yicha davlat imtihoni topshirishi shart ekan. Zero, o’z tarixini bilgan kishigina mamlakat fuqarosi, deb hisoblanadi. Bunday udum ko'pgina mamlakatlarda tan olinib, u xalqaro huquq amaliyoti bo'lib bormoqda. Bu holat ham tarixning tarbiyaviy kuchi va murabbiylik mohiyatidan dalolatdir. Ko'p insonlar tajribasidan ma'lumki, o'z tarixini bilish o'zga xalqlar o'tmishiga, ularning turmush tarziga, madaniyatiga, urf-u odati, qarashlariga hurmat bilan yondashish imkoniyatini beradi.

Demak, yurtimizning uzoq va boy o'tmishi haqida ko'plab moddiy va madaniy manbalar mavjud. Bular orasida turli janrlarda, qolip-andozada yozilgan tarixiy adabiyot, shu jumladan solnomalar, sarguzashtlar, qissalar, qasidalar alohida o'ringa ega. Bu manbalarni shartli ravishda bir necha guruhga (turkumga) bo'lish mumkin. Bundan ming yil muqaddam 27 yoshli Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari uzoq o'tmishimizni tasavvur etishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu asar 1957 va 1968-yillarda Toshkentda o'zbek va rus tillarida chop etilgan. Muallif so'g'diylar, xorazmliklar, yunonlar, hindlar, nasroniylar, yahudiylar va boshqa elatlarning islomiyatgacha bo'lgan ijtimoiy va madaniy hayoti hamda tarixini bayon etadi. Al-Beruniyning "Xorazm haqida suhbatlar" va Hindistonga bag'ishlangan asarlari ham muhim tarixiy voqealarga boydir.

O'zbekiston tarixi manbalari ustida so'z borar ekan, XI asrning ikkinchi yarmida yaratilgan Mahmud Qoshg'ariyning turkiy tillarga bag'ishlangan mashhur asarini tilga olish joizdir. Uning "Devonu lug'atit turk" ("Turkiy so'zlar lug'ati") asari keng mintaqadagi turk qabilalari va urug'larining tili, lahjalari, etnik tarkibini o'rganishda qimmatli manbadir. Muallif turk tilining boshqa tillar orasidagi o'rni va ahamiyati, uning xususiyatlari haqida muhim ma'lumotlar beradi. Uch jildlik kitobda X -XI asrlarda turkiy xalqlar orasida iste'molda bo'lgan sakkiz mingdan ortiq so'zlar atroflicha izohlangan. "Lug'at"da yigirmadan ortiq qabilalar, ularning belgilari, turar joylari hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o'rni batafsil ko'rsatilgan. Asarda turli shevalardagi uch yuzga yaqin maqollar, yetti yuz satrdan ortiq she'rlar keltirilgan. Qisqasi Qoshg'ariy asari turkiyzabon xalqlar o'tmishini, shu jumladan, o'zbek xalqining etnik tarixini keng va xolisona tiklashda katta o'rin egallaydi. Bu asar turli davrlarda bir nechta tillarda chop etilgan, faqat XX asr davomida arab, o'zbek, usmonli turk, ingliz, uyg'ur tillarida nashr etilgan.

Demak, o'lkamizda uzoq asrlardan buyon tarixga qiziqish mavjud bo'lgan. Moziydagi muhim voqealar bayonini qog'ozga tushirish, ya’ni tarixini yozishga qodir, mulohazakor insonlar talaygina bo'lgan. Ular sa’y-harakati tufayli yuzlab tarixiy asarlar vujudga kelgan. Bu nomalardan ayonki, xalqimiz faxrlansa arzigudek sermazmun va ibratli tarixga ega.

Zero, tarix - munavvar ko'zgu, tafakkur bulog'i. Uni idrok etib ish qilmoq xayrli va kelajakka umid bilan qarab samarali mehnat qilish kafolatidir. Xullas, tarixni o'rganish ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini idrok etgan komil inson omili desak o'rinli bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Abdunabiyev A. Tarix - munavvar ko‘zgu: Darslik, Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. - 80 b.

Download 27,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish