302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash. Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o`z xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo`lishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, - uch yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo`lsa, - uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |